Мундарижа
-BOB. “RAK AVIATION SERVICES” MCHJda pul mablag’lari va pul
Download 1.04 Mb. Pdf ko'rish
|
pul mablaglari va pul ekvivalentlari hisobi
3-BOB. “RAK AVIATION SERVICES” MCHJda pul mablag’lari va pul
ekvivalentlari auditining holati va uni takomillashtirish yo’nalishlari 3.1. “RAK AVIATION SERVICES” MCHJda pul mablag’lari va pul ekvivalentlari auditining holati
Amalga oshirilayotgan iqtisodiy isloxotlar natijasida respublikamizda yalpi ichki mahsulot hajmi sezilarli darajada oshib bormoqda, davlat byudjetining daromad qismi ham shunga mutanosib ravishda oshmoqda. Mamlakatda makroiqtisodiy barqarorlikka erishmoqda, pul – valyuta va to’lov intizomi mustahkamlanib bormoqda. Shular bilan birgalikda pul – valyuta resurslaridan samarali foydalanishda, to’lov intizomini bozor talablariga moslashtirishda ma’lum kamchiliklar, bu soxada to’liq foydalanishmagan ichki imkoniyatlar bor. Shular jumlasiga pul mablag’lari, valyuta muomalalarini uzluksiz tartibda hisobga olib borish, ularni nazoratini doimiy ravishda takomillashtirish kiradi. Pul mablag’larini auditorlik tekshiruvidan o’tkazishning asosiy maqsadi – kassadagi milliy va xorijiy valyutadagi naqd pul mablag’lari, bankdagi hisob – kitob schyoti, valyuta schyotlari va boshqa maxsus schyotlarga doir muomalalarni auditorlik tekshiruvidan o’tkazib, moliyaviy hisobotning «Pul mablag’lari» bo’limi bo’yicha ma’lumotlarning ishonchliligi va bankdagi schyotlarda pul mablag’larini hisobga olish uslubiyotining O’zbekiston Respublikasida amal qilayotgan me’yoriy hujjatlarga muvofiqligi to’g’risida xulosa shakillantirish, ular saqlanishi va ishlatilishining maqsadga muvofiqligi, samaradorligi hamda qonuniyligini ta’minlash, shuningdek hisobga olishni takomillashtirishdan iborat. Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalarni hal etish zarur:- pul mablag’lari, pulli hujjatlar, valyuta operatsiyalarining hisob ma’lumotlariga muvofiqligini tekshirish; - kassa ho’jaligi, o’zaro hisob – kitoblarning qabul qilingan qoida va tartiblarga mosligini tekshirish; -pul – valyuta mablag’larining maqsadli sarflanishi va uning qonuniyligini tekshirish; - pul – valyuta mablag’larining buxgalteriya hisobida to’g’ri yuritilishini tekshirish; - pul –
valyuta mablag’lari to’g’risidagi hisobotning joriy hisob ma’lumotlariga mosligini tekshirishdan iborat 24 . Shu o’rinda pul mablag’lari bilan bog’liq muomalalar auditining xususiyatlariga ham to’xtalib o’tishimiz zarur. Chunki auditor pul mablag’lari va valyuta muomalalari auditini amalga oshirayotgan vaqtda ushbu xususiyatlarni chuqur bilishi va tekshirish jarayonida hisobga olib borish kerak. Pul mablag’lari va valyuta muomalalari auditi xususiyatlari quyidagilardan iborat: - faoliyat yurituvchi sub’ektning pul mablag’lari turli manbalardan tashkil topadi (o’z mablag’lari manbalari, bank kreditorlari, investor va ta’sischilar manbalari va boshqa manbalar); - korxonaning pul mablag’lari turli yo’nalishlar bo’yicha sarf qilinadi; - pul mablag’larining sarfi naqd pul va naqd pulsiz amalga oshiriladi; - korxonalarda pul mablag’lari O’zbekiston valyutasida va xorijiy valyutalarda yuritiladi; - pul mablag’lari naqd pullar, pul hujjatlari (pul ekvivalentlari) orqali muomalada bo’ladi; - pul mablag’lari buxgalteriya hisobining turli schyotlarida yuritiladi; - korxona kassasida ham milliy pul, ham chet el valyutasi bo’ladi; - pul mablag’lari bo’yicha kompensatsion qoldiq (yaxlit kerak bo’ladigan pul mablag’i) belgilangan. Audit jarayonida eng muhim o’rinlardan birini audit manbalari to’g’ri aniqlash egallaydi. Pul manbalari bilan bog’liq muomalalar auditini amalga oshirish mobaynida audit manbalari sifatida hisob yuritish schyoti to’g’risidagi buyruqning pul mablag’lari hisobiga doir bo’limi, bankdagi hisob – kitob, valyuta va boshqa maxsus schyotlar bo’yicha muomalalarni amalga oshirishni va ushbu muomalalarni buxgalteriya hisobida aks ettirishni tartibga soluvchi asosiy me’yoriy hujjatlar, buxgalteriya hisobotlari (buxgalteriya balansi va pul oqimlari
24 H.N.Musaеv. Audit. –T.: Moliya? 2003 yil. 76-bеt. to’g’risidagi hisobot), soliq hisoboti (so’mdagi va chet el valyutasidagi schyotlar to’g’risida ma’lumot, bankdagi schyotlar bo’yicha muomalalarni hisobga oladigan sintetik hisob
registorlari, bankdagi schyotlarga doir
muomalalarni rasmiylashtiradigan dastlabki hujjatlar, bankdagi schyotlarga doir muomalalarni aks ettirish uchun qo’llaniladigan ishchi schyotlar rejasi, buxgalteriya hisobining korxonada qo’llaniladigan shakli va bankdagi schyotlardagi mablag’larni hisobga olishga doir registorlar ro’yxati, bankdagi schyotlardagi pul mablag’larini hisobga olish bilan bog’liq bo’lgan dastlabki hujjatlarning aylanish grafigi, bankdagi schyotlarga doir muomalalar bo’yicha pul va hisob – kitob hujjatlarini imzolash huquqiga ega shaxslar ro’yxatini, pul mablag’lari schyotlaridan pul mablag’lari ma’lumotlari, kassa kirim orderlari, kassa chiqim orderlari, oylik tarqatish uchun tuzilgan vedomstlar, deponentlashtirishga oylik haqlar ma’lumotlari, kassa kitobi, bosh kitob ma’lumotlari va boshqa shu kabi ma’lumotlar registrlaridan foydalaniladi. Pul mablag’lari bilan bog’liq bo’lgan muomalalarning maqsadi, vazifalari va ma’lumot manbalarini o’rganish bilan birga ularni nazorat qilish turlariga ham to’xtalib o’tsak maqsadga muvofiq bo’ladi. Chunki bozor iqtisodiyoti sharoitida pul mablag’larini saqlash kirim qilish va sarfining usitdan qattiq va tizimli nazorat o’rnatish lozim. Ular tez harakat qiladigan va o’g’irlanishi nisbatan oson bo’lgan mablag’lardir. Shuning uchun ularni saqlash, kirim va sarflanishini nazorat qilishning quyidagi usullarini qo’llash mumkin. Pul mablag’larining ichki nazorati. - pul mablag’larini alohida saqlash va alohida hisobini yuritish; - naqd pulga amalga oshirilgan barcha muomalalarning hisobini yuritish; - kassada faqat zarur bo’lgan naqd pulning qoldig’ini saqlash; - kassadagi nakd pul qoldig’ining doimiy tekshiruv hisoblarini amalga oshirish; - daromad keltirmaydigan pul mablag’larining qaytarilishini ta’minlash; - pul mablag’larini jismoniy nazorat qilish (vaqti vaqti bilan kassadagi naqd pullarni inventarizatsiya usuli yordamida tekshirib turish). Pul mablag’larining kelib tushishini nazorat qilish quyidagi tartibda amalga oshiriladi. Hamma sub’ektlarda pul mablag’larining tushishishining ko’p manbalari va har xil nazorat muomalalari mavjud. Amalda quyidagi muomalalar ko’proq ishlatiladi: pul mablag’larini to’lash, naqd pulga amalga oshiriladigan muomalalarni aks ettirish va kassadagi qoldiqlarni taqqoslash bo’yicha majburiyatlarni ta’minlash. Bu tartib o’g’irlikni qalbaki hujjatlar bilan berkitish va o’g’irlik tavakkalchiligini kamaytiradi; pul mablag’larining bankdagi schyotlarga tushishidan boshlab, doimiy va to’xtovsiz pul olish uchun har bir alohida xodimga majburiyatni belgilash. Bu nazorat o’z navbatida quyidagilarni talab etadi: a) kechiktirilmagan hisob-kitoblar, ya’ni hisob-kitoblarni belgilangan vaqtda amalga oshirish; b) kechiktirilmagan yozuvlar, muomala yozuvlarini o’z vaqtida amalga oshirish; v) olingan barcha pul mablag’larini o’z vaqtida deponentlash, ya’ni tegishli maqsadlar yoki majburiyatlarga yo’naltirish. Kassa muomalalarini yuritish O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 1998- yil 24-yanvardagi 376-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yuridik shaxslar tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish qoidalari” bilan tartibga solinadi. Ushbu qoidaga muvofiq, barcha yuridik shaxslar mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, o’zlarining pul mablag’larini bank muassasalarida saqlashlari shart. Kassa operatsiyalarini tekshirishda ma’lumot manbai quyidagilar hisoblanadi: - naqd pullarni kirim qilish va berish bo’yicha dastlabki hujjatlarni rasmiylashtirish (kirim va chiqim kassa orderlari KO-1, KO-2); - kassa daftari, kirim va chiqim kassa hujjatlarini ro’yhatga olish daftari; - kassa hujjatlariga oid dastlabki tasdiqlovchi hujjatlar. Kassadagi pul mablag’larini hisobga olish auditi ob’yektlarini quyidagi 4-jadval ma’lumotlari asosida guruhlashtirish mumkin. |
ma'muriyatiga murojaat qiling