Мундарижа
Download 1.01 Mb. Pdf ko'rish
|
ozbekiston iqtisodiyotida qimmatli qogozlar bozori rolini oshirish
2
Xar kanday bozor makonini ikki kutbga bulish mumkin. Ulardan birida kapital etkazib beruvchilar-bush pul mablaglariga ega bulgan va ularni saklash xamda ko'paytirishni istovchi yuridik va jismoniy shaxslar, shunigdek, davlat turadi. Ikkinchisida esa-yangi ishlab chiqarishni boshlash, ishlar, xizmatchilar, xizmat ko'rsatish yoki ishlab turgan kuvvatlarni zamonalashtirish, kengaytirish, kayta ta'mirlash uchun zarur bulgan boshlangich yoki kushimcha kapitalga muxtoj bulgan bozor sub'ektlari turadi. Kapitalning iste'molchilari sifatida korxonalar, tashkilotlar, axoli, shunigdek, davlat xam ishtirok etishi mumkin. Rivojlangan moliya bozoriga ega bo'lgan ko'pchilik mamlakatlarda fond bozoriga chiqish yo'li bilan investitsiyalarni jalb qilish ko'lami tobora ortib borayotgan biznesni uzoq muddatli moliyalashtirish yo'llaridan biri hisoblanadi 3 . Mablaglarni jalb etish maksadida kapital iste'molchilari qimmatli qog'ozlarni muomalaga chikaradi va ularni sotish natijasida ishlab chiqarish (savdo-sotik, moliyaviy faoliyat va x.k.) jarayonini amalga oshirish uchun mablag oladi. Kapital iste'molchilari (emitentlar) va etkazib beruvchilari (sarmoyadorlar)
2 Prezident Islom Karimovning 2009 yilning asosiy yakunlari va 2010 yilda O'zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muxim ustuvor yo'nalishlariga bog'ishlangan VM ning majlisidagi ma'ruzasi 29.01.2010 3 Tolipov K., Abdusamatov M. Qimmatli qog'ozlar bozori: barqaror faoliyat. / Bozor, pul va kredit. 2008. № 8, - B. 32-34. 8
urtasidagi munosabatlar kaytarilish, tulovlilik yoki mol-mulkka egalik kilish xukukini utkazish shartlari bilan amalga oshiriladi. Birok emitentlar bilan sarmoyadorlar bir-birlarini "topishlari" uchun ushbu jarayonda muxim rol uynovchi emitentlar, sarmoyadorlar, shuningdek, investitsiya institutlari va yakka tadbirkorlarning okilona uzaro munosabatlarini ta'minlovchi, infratuzilma, deb nomlanuvchi yordamchi sub'ektlarning ancha murakkab muassasaviy (institutsional) tizimi zarur. Qimmatli qog'ozlar bozorining muassasaviy infratuzilmasi umumiy va maxsus tabakalarga bulinadi. Umumiy infratuzilmani namoyon kiluvchi tashkilotlarga qimmatli qog'ozlar bilan operatsiyalar kilishda umumiy yordamchi vazifani bajaruvchi, muassasalar kiradi. Ularsiz qimmatli qog'ozlar bozori ishtirokchilarining faoliyat ko'rsatishi mumkin bulmagan yoki murakkablashgan bular edi. Bularga axborot agentliklari, nashriyot, gazeta va jurnallar (matbuot), tele-radiokompaniyalar, tijorat banklari, auditorlik tashkilotlari, notarial, yuridik xamda advokatlik idoralari, sugurta kompaniyalari kiradi. Qimmatli qog'ozlar bilan tuzilidigan bitimlarga xizmat ko'rsatishga kumaklashuvchi vazifalarni bajarish uchun ularga qimmatli qog'ozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshirishga ruxsat beruvchi maxsus litsenziyalarning zarurati yuk. Ayni paytda bunday tashkilotlar davlat boshkaruvi organlarining, xususan, Markaziy bank (tijorat banklari), Moliya vazirligi (auditorlik va sugurta kompaniyalari), Adliya vazirligi (advokatlik, yuridik va notarial idoralar), Davlat matbuot kumitasi (nashriyotlar, gazetalar, jurnallar)ning maxsus faoliyat turini amalga oshirish uchun litsenziyalariga ega bulishi kerak. Mazkur sub'ektlarning faoliyati ushbu xolatda qimmatli qog'ozlar bozori ishtirokchilariga kredit-xisob-kitob xizmatlari ko'rsatish, emitentlar xisobi va moliyaviy xisobotlarining ishonchliligi xamda umumiy belgilangan me'yorlarga mos
kelishini tasdiklash, qimmatli qog'ozlarning oldi-sotdisi, almashuvi, sovga kilinishi shartnomalarini tasdiklash, ular bilan bajariladigan operatsiyalarni sugurtalash, sarmoyadorlarni va fond boyliklari bilan professional faoliyat yurituvchi shaxslarni bozordagi vaziyatdan xabardor kilish va xokazolardan iborat buladi.
9
Qimmatli qog'ozlar bozori - bu jismoniy va yuridik shaxslarning qimmatli qog'ozlarni chiqarishi, ularning muomalada bulishi va sundirilishi bilan boglik munosabatlari tizimidir Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling