Мундарижа
Malakaviy ishning tarkibiy tuzilishi
Download 1.01 Mb. Pdf ko'rish
|
ozbekiston iqtisodiyotida qimmatli qogozlar bozori rolini oshirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- I BOB. IQTISODIYOTNI TARKIBIY OZGARTIRISH
Malakaviy ishning tarkibiy tuzilishi, kirish, 3 bob, xulosa va takliflar,
hamda foydalanilgan adabiyotlar ruyxatidan iborat.
6
JARAYONLARINI CHUQURLASHTIRISH SHAROITIDA QIMMATLI QOG'OZLAR BOZORINING IQTISODIY AHAMIYATI VA NAZARIY ASOSLARI 1.1. Milliy iqtisodiyotda qimmatli qog'ozlar bozorining o'rni va ahamiyati Bozor mexanizmining samaradorligi ko'p jixatdan iqtisodiyotning tovar-pul munosabatlari bilan kanchalik tulik kamrab olinganligiga boglik. Bu tovar bozorlari bilan bir katorda moliya bozorini, jumladan, qimmatli qog'ozlar bozorini shakllantirish zarurligini anglatadi. 2008 yil 22 iyulda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasining "Qimmatli qog'ozlar bozori to'g'risida"gi qonuniga muvofiq "qimmatli qog'ozlar – hujjatlar bo'lib, ular bu hujjatlarni chiqargan yuridik shaxs bilan ularning egasi o'rtasidagi mulkiy huquqlarni yoki qarz munosabatlarini tasdiqlaydi, dividendlar yoki foizlar tarzida daromad to'lashni hamda ushbu hujjatlardan kelib chiqadigan huquqlarni boshqa shaxslarga o'tkazish imkoniyatini nazarda tutadi. Qimmatli qog'ozlarning qiymati O'zbekiston Respublikasi milliy valyutasida ifodalanadi". Yuqorida qayd etilgan qonunga ko'ra, qimmatli qog'ozlarga aktsiyalar, obligatsiyalar, xazina majburiyatlari, depozit va jamg'arma sertifikatlari, veksellar, shuningdek, hosila qimmatli qog'ozlar kiradi. Horijiy davlatlarning me'yoriy hujjatlarida qimmatli qog'ozlar "hujjat egasining bunday hujjatni chiqargan shaxsga nisbatan mulkiy huquqlarini yoki qarz munosabatlarini tasdiqlovchi pul hujjati sifatida" ancha qisqa ta'riflanadi. Huquqiy nuqtai nazardan, an'anaviy tarzda qimmatli qog'ozlar ancha keng ma'noda ko'rib chiqiladi–ya'ni bular "mulkiy huquqlarni belgilangan shaklga va majburiy rekvizitlarga amal qilgan holda tasdiqlovchi hujjatlar bo'lib, ularni taqdim etgan taqdirdagina mazkur huquqlarni amalga oshirish yoki boshqa shaxslarga berish mumkin bo'ladi". Bu ma'noda qimmatli qog'ozlarga "quyidagilar kiradi: obligatsiyalar, veksellar, cheklar, depozit va jamg'arma sertifikatlari, bankning 7
taqdim qiluvchiga pul beriladigan jamg'arma daftarchasi, qonosament hamda qonun hujjatlari bilan qimmatli qog'ozlar jumlasiga kiritilgan boshqa hujjatlar". Shunday qilib, turli manbalarda, jumladan "Qimmatli qog'ozlar va fond birjalari to'g'risida"gi qonun hamda "Fuqarolik kodeksi"dagi qimmatli qog'ozlarning ta'rifi bir – biridan jiddiy tarzda farq qiladi 2009 yilning oktyabrida yurtimizga tashrif buyurgan Xalqaro valyuta jamg'armasi ijrochi direktorlari missiyasining bayonotida, jumladan, shunday deyiladi: «O'zbekiston hukumati jahon iqtisodiy inqirozi sharoitida iqtisodiy o'sishni ta'minlash uchun zarur bo'lgan ko'plab resurslarni jamlagan holda, jahon moliya bozorlarida oqilona siyosat olib bordi. Bunday puxta o'ylangan siyosat mamlakatning global iqtisodiy inqiroz ta'siriga samarali qarshi tura olishida muhim omil bo'ldi». Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling