Magistrlik dissertatsiyasining metodologik va nazariy asoslari bo'lib,
mahalliy va xorijiy olimlar – iqtisodchilarning amalga oshirgan ishlari,
mutaxassislarning fond bozorini rivojlantirish borasidagi ishlanmalari va ilmiy
maqolalari, O'zbekiston Respublikasining ijro etuvchi organlari va statistika
organlarining hujjatlari hisoblanadi. Shuningdek, muallifning fond bozorining
ko'rsatkichlariga asoslanib amalga oshirgan tadqiqotlari.
Malakaviy ishning amaliy ahamiyati. Ishda asoslangan takliflar, xulosa va
takliflar yaxlit samara keltirishga qaratilgan bo'lib, ularni fond bozori amaliyotida
qo'llash, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishda foydalanish, investorlarni jalb
etishda ularning risklarini kamaytirish, ularning iqtisodiyotga samaradorligini
oshirish, qimmatli qog'ozlar bozorida axborot oshkoraligini ta'minlash, fond
bozorida nazorat qiluvchi institular faoliyat yuritishini takomillashtirish shu
jumladan, o'zini-o'zi muvofiqlashtiruvchi tashkilotlar rolini oshirish, xorijiy
investorlar uchun sharoitlarni yaratishda barcha tomonlarga inobatga olish, ularni
respublika iqtisodiyoti uchun samaradorligini oshirish xisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |