Mundrij a kirish I. Bob. “Bioinformatika” faniga kirish


Download 0.56 Mb.
bet1/12
Sana23.09.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1685202
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
“BIOINFORMATIKA” faniga kirish


M U N D R I J A


Kirish……………………………………………………………………………... 3
I.Bob. “Bioinformatika” faniga kirish…………………………………………...5
I.1 Bioinformatika fanining rivojlanish tarixi va fandagi asosiy
tushunchalar …………………………………………………………………5
I.2 Bioinformatika ma'lumotlarining xususiyati……………………………9
I.3 Bioinformatikaning maqsad-vazifalari…………………………………13
II.Bob. “Bioinformatika” fanining fanlararo integratsiyasi va yutuqlari…...15
II.1. Bioinformatikani boshqa fanlar bilan aloqasi………………………...15
II.2. Bioinformatikani qo‘llash istiqbollari………………………………...17
Xulosa……………………………………………………………………………24
Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………………..25


Kirish
Bioinformatika hozirgi kunda rivojlangan davlatlar ilmiy jamoatchiligi orasida tez-tez quloqqa chalinib turadigan atamalardan biriga aylanib bo’ldi. Vaholanki bir necha o’n yillar avval biologiya va informatikani bir-biridan alohida fan sifatida tushunar edik. Lekin buni qarangki biologiya va informatika fanlarining ham o’zaro kesishgan nuqtasi bor ekan. Ana shu nuqtada bioinformatika fani yuzaga kelgan. Bioinformatika bu biologik ko’rsatkichlarni ifodalashda foydalaniladigan usullar va dasturlarni ishlab chiquvchi fan.
Mavzuning dolzarbligi: Hozirgi kunda informatika fani usullarini chetlab o‘tadigan biron-bir fan sohasini topish mushkul. Tabiiy fanlar ham bundan mustasno emas. O‘tgan asrning 60-yillar oxiri 70-yillar boshlarida biologiyada EHM (elektron hisoblash mashinalari) faol qo‘llanila boshlandi: shu bilan birgalikda ularning xotiralari va operatsion tezliklari oshdi va o‘lchamlari kichraytirildi. Shu bilan birgalikda biologiya sohasida informatsion tahlillarni talab etuvchi katta miqdordagi eksperimental ma’lumotlar to‘planib qoldi. Bunga misol qilib bir qancha davlat olimlari hamkorligida 2003 yildayoq odam genomining sevenirlanishini keltirish mumkin.
“Bioinformatika” fani biologiya bakalavriatining 4-kurs talabalarini bioinformatikaning predmeti va asosiy tushunchalari, o‘rganish ob’ektlari, ma’lumotlarni olish, taqdim etish va tahlil qilish usullari va algoritmlari haqidagi zamonaviy g‘oyalar bilan tanishtirishga mo‘ljallangan. Fanni o'zlashtirishdan asosiy maqsad bakalavrlarga bioinformatikaning mazmuni va imkoniyatlari, bioinformatika usullarini molekulyar biologiya, molekulyar genetika, hujayra biologiyasi, biomeditsina, farmakologiya, ekologiya va boshqa fanlarning fundamental va amaliy muammolarini hal qilishda qo'llash imkoniyatlari haqida fundamental ma'lumotlar berishdan iborat. bu fanlarning matematika va informatika bilan kesishishida yuzaga keladigan muammolar. Kursni o'zlashtirish natijasida bakalavr biologik makromolekulalarning birlamchi ketma-ketliklari va tuzilmalari banklari bilan ishlash, bibliografik ma'lumotlar bazasidan faol foydalanish, biologik ma'lumotlarni tahlil qilish uchun bioinformatika dasturlarida navigatsiya qilish ko'nikmalarini egallashi kerak.

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling