Munfasil harflar reja: Munfasil harflar. Fors yozuvi


Download 73.47 Kb.
bet1/2
Sana24.12.2022
Hajmi73.47 Kb.
#1058913
  1   2
Bog'liq
3-dars. Munfasil harflar


3-DARS

ا، د، ذ، ر، ز، ژ، و. MUNFASIL HARFLAR



Reja:

  1. Munfasil harflar.

  2. Fors yozuvi(nastaliq xati).

  3. Munfasil harflarining yozilishi.

  4. Munfasil harflar qanday belgilar asosida shakllangan.


Tayanch so‘zlar:
Munfasl harflar, bir tomondan ulanadigan harflar, o’zaro ulanmaydigan harflar, nasx, nastaliq, alif, dol, zol, re, ze, je, vov, tasviriy yozuv

Munfasil harflar o‘zidan oldingi harflar bilan ulanib, o‘zidan keyin kelgan harflar bilan ulanmasdan yozilgani uchun faqat bir xil ko‘rinishga ega. So‘z boshida va alohida kelganda bir xil yoziladi, chunki so‘z boshida kelganda o‘zidan oldin harf kelmaydi. So‘z ortasida va oxirida esa ozidan oldin kelgan harf bilan ulanib yoziladi. Agar munfasil harflar o’zaro kelsa, so‘z tarkibidagi barcha harflar alohida yoziladi.


Fors yozuvining bir necha turi mavjuddir. Nasx fors yozuvining bosma turi bo’lib, boshqa yozuv turlaridan doimo aniq va bir xil ifodalanishi bilan farqlanadi.Yozilishi va o’qilishi aniq va sodda bo’lganligi uchun kitob, gazeta va jurnallarni chop qilishda keng foydalaniladi.
Nastaliq – yozuvning qolyozma turi bolib, kitoblar nashr qilina boshlanguncha asosan shu yozuv turidan keng foydalanilgan. Nastaliq yozuvi bugungi kunda eronliklarning o’zaro yozishmalarida uchraydi. Devor yozuvlarida, plakatlarda, reklama va shiorlar yozishda nastaliqning shikasta bilan omixtalashgan shakli qo’llanilmoqda.
Kufa va sols aksariyat hollarda Qur’onni yozishda, madrasa, masjidlarning gumbaz va peshtoqlaridagi yozuvlarda uchratish mumkin.

O’zidan keyingi harf bilan ulanmaydigan harflar


Alohida shakli

Harf nomi

Talaffuzi

ا

alif

So‘z o‘rtasida va oxirida – O

د

dol

D

ذ

zol

Z – asosan arabcha so‘zlarda uchraydi

ر

re

R

ز

ze

Z

ژ

je

J – arabcha so‘zlarda uchramaydi (sirg’aluvchi)

و

vov

So‘z boshida va unlilar orasida – V, undoshlar orasida va so‘z boshida – U, O‘, O‘U

Nasx yozuvida ba’zi harflar satrda ا د ذ) ), ba’zi harflarning bir qismi satrda qolgan qismi esa satr ostida yoziladi (ر ز ژ و) . Satr chizig‘iga qat’iy rioya qilib yozish nasx yozuviga xosdir.
Nastaliq yozuvida esa barcha harflar satr chizig‘ida yoziladi. Harflarni bir satrda yozish yozuvni chiroyli ko‘rsatish bilan birga harflarni bir-biriga yaqin joylashishiga imkon yaratadi.
Oldingi paytlarda fors yozuvida tinish belgilari qo‘yilmagan, nastaliqda so‘zlar orasi ajratib yozilmagan. Bu arab yozuvini o‘rganuvchilarga qiyinchilik tug‘dirgan. Hozirgi paytda barcha tinish belgilari yozuvda ifodalanayapti. Faqat vergul, nuqtali vergul va so‘roq belgilari teskari holda ifodalanayapti .
A rabcha, ruscha va lotincha harflarning kelib chiqish asosi bittadir. Ular eng qadimgi somiy alifbosidan oldingi tasviriy yozuv asosida yaratilgandir. Arabcha alif ruscha „A“ va grekcha „ a“ alfa qadimgi somoy tasviriy yozuvdagi alp– ho‘kizning boshi tasviridan kelib chiqqan. Alif tasviriy yozuvdagi ho‘kiz shoxlarini bir-biriga bog‘lab turuvchi vertikal (tik) chiziq asosida, ruscha va lotincha „A“ ga esa ho‘kiz boshi, tumshug‘i va shoxlarini birlashtirib turuvchi cho‘ziq asosida shakllangan. Dol harfi tasviriy yozuvdagi dalt – eshik va re harfi esa ra’sh – bosh (odamning boshi ) tasviri asosida paydo bo‘lgan.
Zol, re, ze harflari esa yuqoridagi harflarga nuqta qo ‘yish asosida yaratilgan
V ov harfi tasviriy yozuvdagi waw – ilgak shakli asosida yasalgan. Qadimda ilgakning ikki aylanali va ayri shakllari mavjud bo‘lgan. Aylanali ilgakdan arab yozuvidagi „vov“, ayri ilgakdan yevropa yozuvidagi „v“ ga asos qilib olingan.



Download 73.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling