Munosabatlardagi harakatlari reja: Pulning xalqaro munosabatlardagi harakatini yuzaga keltiruvchi omillar. Erkin ishlatiladigan valyutalar
Akkreditiv qo'llanilishi darajasiga qarab quyidagi turlarga bo'linadi
Download 46.89 Kb.
|
17-мавзу маьруза (8)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bank otkazmalarL
- Ozbekiston banklarida xalqaro valyuta munosabatlari
- Joriy xalqaro operatsiyalarga quyidagilar kiradi
- Kapital harakati bilan bogliq valyuta operatsiyalarga
Akkreditiv qo'llanilishi darajasiga qarab quyidagi turlarga
bo'linadi. 1. Emitent - bank akkreditivning shartlarini o'zgartirish nuqtai nazaridan, chaqirib olinadigan va chaqirib olinmaydigan akkreditiv-dan iborat. Agar importer va eksporter o'rtasida tuzilgan shartnomada chaqirib olinadigan akkreditiv ko'zda tutilgan bo'lsa, shartnomda kelishilgan muddat ichida importerning tovarlarni sotib olish yoki xizmatlar bo'yicha qarori o'zgarsa benifitsar foydasiga o'tkazilgan shartnoma summasini to'liq yoki qisman chaqirib olinishi mumkin. Chaqirib olinadigan akkreditivda esa importerga bunday huquq berilmaydi. 2.Sharnomada ko'rsatilgan summani benifitsarning akkreditiv hisobvarag'iga o'tkazishi nuqtai nazardan, ta'minlangan yoki ta'min- lanmagan akkreditivga bo'linadi. Ta'minlangan akkreditivda importer shartnomada kelishilgan summa to'liq benefitsarning bankida depo- nentlanadi, ta'minlanmaganda esa ushbu summa importerning banki tomonidan kafolatlanadi. 3. Akkreditiv shartnomasida ko'rsatilgan summa bo'lib - boiib, bir necha marta benefitsarning bankida ochilgan akkreditiv hisob varag'iga o'tkazilishi mumkin, akkreditivning bu turi to'ldirib bori- ladigan yoki revolver akkreditiv deb yuritiladi. Akkreditivning ushbu shakli odatda ishlab - chiqarish jarayoni bir - biriga bog'liq bo'lgan eksporter va importerlar o'rtasida qo'llaniladi. Xalqaro hisob - kitoblarda qo'llaniladigan akkreditivning afzallik jihatlari ko'proq eksporterga tegishli bo'lib, unga jo'natilgan tovar yoki ko'rsatilgan xizmat uchun to'lov kafolatlangan. Biroq, importer benifetsar uchun ochilgan akkreditiv hisobvarag'iga mabalag'ni o'tkazishi natijasida uning ixtiyoridagi mablag' ma'lum muddatga chetlashishiga sabab bo'ladi. Inkasso. Xalqaro hisob - kitoblarda qo'llaniladigan akkreditiv-larning asosiy mohiyati shundan iboratki, eksporter jo'natilgan tovarlar yoki ko'rsatilgan xizmatlar uchun to'lovni undirib olish maqsadida o'z bankiga tegishli hujjatlar bilan birga inkasso to'lov hujjatini ham taqdim etadi. Xalqaro hisob - kitoblarning inkasso shaklida tovarlar harakati pul harakatidan oldinda yuradi. Shu bois ham ushbu hisob - kitobni amalga oshirishda tijorat kreditining bir ko'rinishi namoyon bo'ladi, bu eksporterlarni ma'lum darajada riskka duchor bo'lishiga sabab bo'ladi. Bu o'z navbtida eksporter importerning moliyaviy holati va uning to'lovga qobiliyati haqida, shuningdek, importer boshqa mamlakatdan bo'lsa mamlakatdagi siyosiy - iqtisodiy ahvolni o'rganishi juda muhim hisoblanadi. Xalqaro hisob - kitoblarning shakli mahalliy inkasso hisob -kitoblardagi kabi, quyidagi bosqichlarni o'z ichiga oladi. 1.Eksporter tovarlarni junatgandan o'z bankiga tovarlarni jo'nat- ganligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga inkasso hujjatini taqdim etadi. Eksporterning banki inkasso hujjatlarini xalqaro talablar doirasida tayyorlanganligini o'rganib chiqqandan so'ng SFIVT elektron tzlov tizimi orqali imporerning bankiga jo'natadi. Importerning banki inkasso hujjatlari kelib tushganligi va to'lovni amalga oshirayotganligini unga xabar qiladi va mablag'larni eksporterning bankiga jo'natadi. Eksporterning banki valyuta mablag'larini uning hisobvarag'iga kirim qilgandan so'ng bu haqda xabar beradi. Xalqaro hisob - kitoblarning inkasso shakli qo'llanilganda valyuta kursining o'zgarishi, importerning moliyaviy holati yomon-lashuvi tufayli to'lovni amalga oshira olmasligi, importerning mam-lakatida siyosiy va iqtisodiy vaziyatning keskinlashuvi oqibatida eksporter moliyaviy jihatdan zarar ko'rishi mumkin. Shu bois ham eksporter xalqaro hisob - kitoblarni amalga oshirishda hisob — kitoblarning ushbu shaklini tanlashda juda ehtiyotkorlik bilan yondashadi. Bank o'tkazmalarL Xalqaro hisob - kitoblarda bank o'tkazmalari asosan eksporter va importer o'rtasidagi iqtisodiy aloqalar doimiy xarakterga ega bo'lganda, ularning moliyaviy holati bir - biriga to'liq ma'lum bo'lganda va tegishli darajadagi ishonch mavjud bo'lsagina joriy etiladi. Xalqaro hisob - kitoblarning ushbu shakli juda oddiy va oson bo'lib, tovarlar eksport qilingandan so'ng to'lovni amalga oshirish uchun importer o'z bankiga topshiriqnoma arizasini taqdim etadi. Importer banki topshiriqnoma arizada ko'rsatilgan summani eksporterning bankiga SFIVT elektron to'lov tizimi orqali o'tkazib beradi. Eksporterning banki uning hisobvarag'iga kelib tushgan mablag' haqida xabar beradi. Xalqaro hisob - kitoblarda bank o'tkazmalarining ijobiy jihatlari ko'proq importerga tegishli bo'lib, u olingan tovarlar uchun mablag' yetarli bo'lsato'lovni amalga oshirishi, agar mablag' mavjud bo'lmasa yoki yetarli bo'lmasa to'lovni ma'lum muddatga kechiktirishi, olingan tovar yoki xom-ashyodan to'lovni amalga oshirmagan bo'lsada foydalanishi mumkin bo'ladi. O'zbekiston banklarida xalqaro valyuta munosabatlari O'zbekiston tijorat banklari mustaqillik yillarida juda ko'p xorijiy mamlakatlarning banklari bilan qator valyutali operatsiyalarni amalga oshirishni yo'lga qo'ydi. O'zbekistonda xalqaro valyuta munosbatlari tegishli qonun va me'yoriy hujatlar bilan tartibga solinadi. Jumladan, O'zbekiston Respublikasining "Valyutani tartibga solish to'g'risida"gi Qonuni shular jumlasidandir. Ushbu qonun 1993 yil 7 mayda qabul qilingan bo'lib, unga qator qo'shimcha va o'zgarishlar kiritilgan. O'zbekistonda xalqaro valyuta operatsiyalari tijorat banklari tomonidan amalga oshiriladi. Ushbu banklar Markaziy bankning bosh litsenziyasiga ega bo'lib, ular: - O'zbekiston Respublikasi hududida ochiq valyuta mavqie limiti doirasida chet el valyutasini sotib olish va sotish bo'yicha, shu jumladan, hosila moliyaviy vositalar asosida chet el valyutasini sotib olish va sotish bo'yicha bevosita o'zaro, o'z mijozlari bilan hamda valyuta birjalari orqali, shuningdek xalqaro bozorlarda operatsiyalarni amalga oshirish; O'zbekiston Respublikasining banklarida va chet el banklarida vakillik hisobvaraqlariga hamda boshqa hisobvaraqlarga ega bo'lish; naqd chet el valyutasini hamda chet el valyutasidagi to'lov hujjatlarini jismoniy shaxslardan sotib olish va ularga sotish operatsiyalarini amalga oshirish uchun ayirboshlash shoxobchalarini ochishga haqli hisoblanadi. Vakolatli banklar tomonidan amalga oshiriladigan operatsiyalar, valyuta to'g'risidagi qonunga ko'ra joriy xalqaro operatsiyalarni va kapital harakati bilan bog'liq valyuta operatsiyalarga bo'linadi. Joriy xalqaro operatsiyalarga quyidagilar kiradi: tashqi savdo, boshqa joriy faoliyat olib borilishi, shu jumladan, xizmatlar ko'rsatilishi bo'yicha to'lovlar; foizlar va boshqa daromadlar ko'rinishidagi to'lovlar; kreditlarni, qarzlarni uzish uchun yoki to'g'ridan - to'g'ri investitsiyalar amortizatsiyasi uchun maqbul summalarni to'lash; savdo bilan bog'liq bo'lmagan pul jo'natmalarini amalga oshirish bo'yicha operatsiyalar kiradi. Kapital harakati bilan bog'liq valyuta operatsiyalarga joriy xalqaro operatsiyalar hisoblanmaydigan barcha operatsiyalar kiradi. Xususan: investitsiya faoliyatini amalga oshirish; kreditlar olish va berish, lizing operatsiyalarini amalga oshirish; ko'chmas mulkni sotib olish va sotish; xorijiy davlatlardan mablag'larni hisobvaraqlar va omonatlarga jalb etish hamda xorijiy davlatlarda mablag'larni hisobvaraqlar va omonatlarga joylashtirish kiradi. 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirish- ning beshta ustuvor yunalishi bo'yicha Xarakatlar strategiyasiga muvofiq hamda valyuta sohasini tartibga solishning bozor mexanizmlarini joriy qilish, respublika eksport salohiyatini oshirishni rag'batlantirish, tug'idan-tug'ri xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning tashqi va ichki bozordagi raqobatdoshligini oshirish, mamlakati mizda investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash maqsadida: Download 46.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling