Munosib voris


Download 20.25 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi20.25 Kb.
#1521338
Bog'liq
Izozabegim maqolasi


MUNOSIB VORIS


Shavkatova Izozabegim Sherzodovna


Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti filologiya fakultetining 2-kurs talabasi


Anotatsiya: Mazkur maqola Farhod Alizodaning yillar davomida izlanishlari asosida bobosi - Samarqandlik mashhur mutafakkir, mash’um qatag‘on qurboni Said Rizo Alizodaning boy ilmiy, pedagogik, publitsistik merosi, tarjima asarlarini o‘rganishi asosida chiqarilgan xulosalar tahlilga tortiladi.


Tayanch so'zlar: jadidchilar, qatag'on qurboni, qomusiy olim, muxbir, muharrir, ilmiy asarlar,tarjima asarlari, yangi maktablar,ruscha-tojikcha lug'at, arab tili grammatikasi, fors tili grammatikasi, o'zbek tilidagi alifbo,uy muzeyi.

Mamlakatimizda hozirgi kunda yoshlarni har tomonlama yetuk, bilimli, salohiyatli barkamol, komil inson sifatida tarbiyalanishi uchun barsha shart-sharoitlar mavjud. Ular o‘z fikr va g‘oyalarini erkin bayon qilish huquqiga ega. Mustaqillik, erk uchun o‘z bilim va salohiyatini safarbar qilgan ota-bobolarimiz, millatparvar jadidlar nafaqat tili, dini,balki maillati uchun o‘z jonlarini qurbon qilganlar. Jumladan, Abdurauf Fitrat, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Qodiriy, Abdulhamid Cho‘lpon, Usmon Nosir kabi ijodkorlar o’zining asarlari, maktablari, vaqtli matbuot orqali xalqni g‘aflat uyqusidan uyg‘otishga harakat qilganlar.


Ana shunday ijodkorlardan biri o‘zbek, tojik, ozarbayjon madaniyatining yirik arbobi - Saidrizo Alizodadir.
Asli kasb-koriga ko‘ra geolog Farhod Tag‘i Alizoda o‘z umrini bobosi Said Rizo Alizodaning boy ilmiy, pedagogik merosini, tarjima asarlarini to‘plash hamda targ‘ib etishga bag‘ishlagan.
Farhod Alizoda bobosiga munosib voris bo‘ldi. Mana necha yillar bo‘lishiga qaramasdan bobosining yodini abadiylashtirish yo‘lida mashaqqat va qiyinchiliklarga qaramay, bobosining nomini tiklashga, nomlari-yu amallarining qadr topishi uchun harakat qildi.
Said Rizo Alizoda Samarqand (1887-yil 15-fevral)da tug‘ilgan. U qomusiy bilim sohibi bo‘lgan. Olim, muallim, muharrir, jurnalist, maqolanavis, noshir, mutarjim, aktyor, rejissor bo‘lgan. Hatto o‘n to‘rt tilni mukammal bilgan, besh yuzdan ortiq asar yozgan, tarjimalar qilgan. “Sharq" (1915), "Hurriyat" (1917), "Begiz", "Mullo Mushriqi" kabi jurnal-gazetalarda muxbirlik va tarjimonlik qilgan.
Musulmon urf-odatlariga bag'ishlangan-"Nizomnoma"(1904), musulmon xalqlarini birdamlikka, ittifoqlikka da’vat etuvchi, aks holda G‘arb davlatlari oyog‘i ostida qolib ketishi mumkinligi xavfidan ogoh etuvchi asar - "Risolatul ettihodiya" (1907), dinga oid asar " Din vojiblari"(1914) kabilar asrlar muallifidir.
O‘zbek tilidagi alifbo, tojik maktablari uchun alifbo, tojik tilida grammatika va sintaksis kitobi, o‘qish kitobi, ruscha-tojikcha lug‘atlar tuzadi.
Tarjimon sifatida Pushkin, L.Tolstoy, A.Chexov, Krilov, Sinkler Epton, Mopassan, Sholoxov, Ostrovskiy va boshqa ko‘plab ijodkorlarning asarlarini tarjima qiladi.
O'zbek romanchiligining asoschilaridan bo'lmish Abdulla Qodiriyning "O'tgan kunlar","Mehrobdan chayon" romanlarini mahorat bilan tojik tiliga o'giradi. Hattoki, 1922-yilda Qur'oni Karimning ayrim oyatlarini fransuz tiliga o'girib, saboq bergan muallimasidan Fransiyaga yuborgan.
Ma'lumotlarga ko'ra, 1922-yili Mir Muhammad Afg'oni Samarqandga kelib sakkiz oy Said Rizo xonadonida yashab, yigirmaga yaqin qo'lyozmasini Afg'onistonga olib ketgan, keyin Amir Omanulloxon buyrug'i bilan o'sha paytlarda Hindiston tasarrufida bo'lga Lohur shahrining " Panjob" nashriyotiga yuborgan.
Ilmga, yangilikka o'ta chanqoq adib bular bilan chegaralanmaydi. U o'z bilimlarini atrofdagilarga ham yetkazish maqsadida "Hayot", "Yangi hayot " maktablarini ochadi. Maktab uchun o'zbek tili, fors tili, arab tili gramatikasi , hisob, riyoziyot, handasa,tarix,jug'rofiya,fazo ilmi ,aljabr ,tibbiyot,jismoniy tarbiya bo'yicha o'n ikkita darslik tuzib chiqqan.U har bir o'quvchi ilmli, savodxon bo'lishini xohlagan. Zero, o'z bilim va ko'nikmasiga ega bo'lgan xalq vakillaridangina madaniyatli, ma'rifatli jamiyat paydo bo'ladi va shu jamiyat ravnaq topadi.
Said Rizo Alizoda tavalludining 105,110,115,120,yilliklari Samarqand shahrida o'tkazilgan. Alizoda haqida Farhod Alizoda, G'aybulloh as-Salom, Salohiddin Hayitov, Bekmurod Yo'ldoshev, Saydi Umirov, Farmon Toshev, Ubay Qodir kabi olimlar tomonidan izlanishlar olib borilgan. Bugungi kunda allomaning nomi O'zbekiston, Tojikiston, Ozarbayjon, Eron, Pokiston, Misr, Rossiya va boshqa davlatlarga ma'lum va mashhur.
Said Rizo Alizoda nomini abadiylashtirish maqsadida ko'cha, maktab, mahallalarga uning nomi berilgan. Farhod Alizodaning say-harakatlari bilan uy muzeyi ochilgan.
Bu haqida uning o'zi shunday deydi: "...Qatag'on qurboni - ellik sakkiz yil umr ko'rgan bobomning merosini izlab,yig'ib,targ'ib qilib charchamayman, xat, murojaatlarimga javob ololmagan, ishim bitavermagan kezlarda ham tushkunlikka tushmaganman, ularning ruhlari madadkor bo'lgan. Mashhur shoiramiz rahmatli Zulfiya xonim, ozarbayjonlik taniqli olimlar Aziza xonim Jafarzoda, professor G'ulom Mammadli, tojikistonlik professorlar doktor S.Atubulloyev, Nosir Sharopov, moskvalik professor Yuriy Averkin, bosh konstruktor Sergey Korolyovning qizi Nataliya Sergeyevna, kosmonavt Pavel Popovich, eronlik Muhsin Pokoyin, Og'oi Fardi, pokistonlik G'ulom Xazzor Bajva ,Islom universiteti rektori, professor Al-Rahmon va boshqa insonlarning: "Bobongiz ruhini shod etyapsiz, ikkinchi umrini yashayotganiga hissa qo'shyapsiz, savobli ishlaringizda muvaffaqiyat ,aslo charchamang,"- deya turli yillarda aytgan dil so'zlari menga kuch-quvvat bag'ishladi".
Bu gaplardan har qanday kishi shijoat, fidoiylik, g'ayratni tuyadi va munosib ajdodga yarasha munosib avlodni ko'radi.
Shunday buyuk insonlarning sa'y -harakati zoye' ketmasligi uchun yangi avlod vakillari ham o'qib, o'rganib, izlanishdan, yangilik yaratishdan to'xtamasligi lozim. Bugun zamon boshqacha, bugun imkoniyatlar, sharoitlar boshqacha va biz bundan unumli foydalansak, o'tganlarning ruhi shod bo'ladi, jamiyat taraqqiyoti yuksak cho'qqilarga chiqib , ravnaq topadi.

Foydalanilgan adabiyot:


1.Said Rizo Alizoda (tarixiy-bibliografik ocherk)/-T.:”Abu matbuot-konsalt”nashriyoti,2011.-208b.
Download 20.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling