Muomala madaniyatim va psixologiyasi. Pedagogik takt va pedagogik etika


Download 59.31 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana08.11.2023
Hajmi59.31 Kb.
#1755179
1   2   3
Bog'liq
O\'QITUVCHINING FAOLIYATIDA MUOMALA MADANIYATIM VA PSIXOLOGIYASI.PEDAGOGIK TAKT VA PEDAGOGIK ETIKA

Modellashtirish bosqichi o’qituvchidan auditoriyanining o’ziga hos 
hususiyatlarini, ya’ni o’quvchining o’quv-biluv faoliyati hususiyatlarini, yuz 
berishi mumkin bo’lgan qiyinchiliklar, ish sur’ati kabilarni bilishni talab etadi. 
Darsga tayyorlayotgan material bo’lg’usi o’zaro hatti–harakatlar vaziyatida 
hayolan tasavvur etilishi va faqat o’qituvchi emas, balki o’quvchi nuqtai nazaridan 
ham o’ylangan bo’lishi kerak. 
“Komunikativ hujum” bosqichi nomidan ko’rib turibdiki, sinfni tezgina 
o’quv ishiga jalb etish texnikasi, o’zini namoyish etish va dinamik ta’sir ko’rsata 
olish usullarini bilish demakdir. 


Muomalani boshqarish bosqichida o’quvchilarning tashabbusini qo’llab–
quvvatlash, dialogik muloqotni tashkil etish, aniq yuzaga kelgan sharoitga ko’ra 
o’z fikrlarini to’g’rilab borish malakalari juda muhimdir. 
Va nihoyat, muomalani tahlil qilish maqsad, vosita va nitajaning o’zaro 
hamohangligiga yo’nalgan bo’ladi. 
Tabiiyki, o’qituvchi muomalani va yahlit o’quv–tarbiya jarayonini 
boshqarishda tashabbuskor va etakchi bo’lishi kerak. Buning uchun o’qituvchi o’z 
muomalasining boshlang’ich operativligiga e’tibor berishi kerak. 
Bularning hammasi muomalaning samaradorligiga halaqit beradigan 
to’siqlarni engishga yordam beradi. Bunday to’siqlar, ayniqsa, pedagogik 
faoliyatning boshlanishida tez-tez uchradi. Birinchidan, sinfdan qo’rqish. Bu 
to’siqni psihologik jihatdan o’zini tayyorlash, diqqatni qurilajak muloqotning 
qiziqarliligiga qaratish, muomalaning ”hissiy o’zagi”ni topish orqali bartaraf etish 
mumkin. SHunga o’hshash to’siqlarga yana jismoniy to’siq ham kiradi. YA’ni 
bunda o’qituvchi o’zini o’quvchilardan ajratadi, stol, stul orqasida yoki burchakda 
turib, o’zini yashirishga harakat qiladi. Bundan qutilish yo’li bitta – o’ziga ishonch 
namoyon qilib ochiq pozitsiyada turib ishlash. 
Ijtimoiy to’siq o’z pozitsiyasini ”yuqoridan” turib, doimiy ravishda ta’kidlab 
turish (“Sizning oldingizda o’qituvchi turibdi”) natijasida paydo bo’ladi. YA’ni 
o’qituvchi o’z nutqini o’quvchilarning tushunish darajalariga moslashtira olmaydi. 
Har qanday to’siqlarni engishdan avval, o’qituvchi o’zida muomalaning 
to’g’ri ko’rinishlarini shakllantirishi kerak bo’ladi. Turli ko’rinishdagi individual 
muomala shakllari ichida ba’zi umumiy hususiyatga ega bo’lganlari ham ajratiladi. 
SHunday muomala shakllari majmuasidan bir necha muomala usullari ajratiladi.
O’qituvchi va o’quvchining o’zaro muomalasi jarayonida muomalaning ikki 
hissiy qutbi shakllanishi mumkin. O’qituvchining ijodiy his–tuyg’ularga 
asoslangan o’zaro munosabatini tashkil eta olish qobiliyati haqiqiy tarbiyaviy 
samara berishi mumkin. Salbiy hissiy holat ham paydo bo’lishi mumkin, lekin 
o’zaro ta’sirning ohirgi maqsadi sifatida emas, balki ijodiy hissiy natijaga erishish 


uchun mumkin bo’lgan vaziyatli vosita sifatida paydo bo’ladi. (Masalan, o’zgalar 
oldida hurmatni yo’qotishdan qo’rqish). 

Download 59.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling