Muomala madaniyatim va psixologiyasi. Pedagogik takt va pedagogik etika


Download 59.31 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana08.11.2023
Hajmi59.31 Kb.
#1755179
  1   2   3
Bog'liq
O\'QITUVCHINING FAOLIYATIDA MUOMALA MADANIYATIM VA PSIXOLOGIYASI.PEDAGOGIK TAKT VA PEDAGOGIK ETIKA



O'QITUVCHINING FAOLIYATIDA 
MUOMALA MADANIYATIM VA 
PSIXOLOGIYASI.PEDAGOGIK TAKT VA 
PEDAGOGIK ETIKA.
 
Reja: 
1. Pedagogik muomala va uning vazifasi. 
2. O’qituvchining pedagogik takti. 
3. Pedagogik taktni egallash shartlari.. 


Tayanch iboralar: maktabdagi munosabatlarni insonparvarlashtirish
o’quvchi faoliyatini tashkil etish, rollarni almashtirish (o’qituvchi, o’quvchi), 
o’zaro hayrihohlik, o’z-o’zini tasdiqlash, pedagogik muloqotda modellashtirish, 
komunikativ hujum, boshqarish, tahlil qilish bosqichlari, muomala uslublari
avtoritar, demokratik, liberal
1. Pedagogik muomala va uning vazifasi
Maktabda ikki asosiy sub’ekt – bu o’quvchi va o’qituvchi. Ularning darsda, 
sinfdan tashqari ishlar jarayonida va kundalik turmushdagi muomalasi o’quv-
tarbiya jarayoni samaradorligining muhim sharti, o’quvchi shahsini 
shakllantirishning asosiy vositasi hisoblanadi. 
Hatto, ta’limning barcha jabhalarida yangi pedagogik tehnologiya usullari, 
ta’limni liberallashtirish, ta’limda o’z–o’zini boshqarish g’oyalari keng joriy 
etilayotgan hozirgi davrda ham o’quv–tarbiya jarayoniga nisbatan avtoritar – 
buyruqbozlik yoki imperativ munosabatlarga oid dalillarga duch kelamiz. 
Ba’zan, maktab rahbarlari orasida ”Men bir o’zim butun o’quvchilar bilan 
kurash olib boryapman, aslida hamma birgalikda kurashishi kerak”, - degan 
mulohazalarni eshitib qolamiz. To’g’ri, bu bilan maktab rahbari o’quv–tarbiya 
ishlarini, tartib–intizomni yahshilashga harakat qilyapti. Lekin ko’zlagan maqsadga 
erishish uchun noto’g’ri yo’lni, ya’ni ”o’quvchilarga qarshi kurash” yo’lini 
tanlayapti. Bu o’rinda o’z–o’zidan tanlangan yo’lga mos ta’sir ko’rsatish usullari – 
o’quvchilar va o’qituvchilar oldiga chiqarib uyaltirish, so’z berib ishontirish, ota–
onalarini chiqartirish kabilar - ko’llaniladi. Natijada ikki qarama–qarshi 
kurashuvchi tomon - o’qituvchilar va o’quvchilar armiyasi vujudga keladi. 
Binobarin, ular umumiy maqsadlar uchun emas, balki o’z mavqelarini himoya 
qilish uchun kurash olib boradilar. Oqibatda o’quvchilar o’qituvchilar va maktab 
talabini rad etadilar. 
“Kadrlash tayyorlash milliy dasturi”ni hayotga joriy etishning uchinchi 
bosqichi amalga oshirilayotgan hozirgi paytda ta’lim muassasalarida, avvalo, 
barkamol avlodni shakllantirish uchun zarur shart–sharoit va muhitni vujudga 
keltirish talab etiladi. Barkamol avlodni tarbiyalab etishtirishdek ijtimoiy 


ahamiyatga molik maqsadni amalga oshirishda shunday yo’l tanlash kerakki, 
bunda o’quvchilar bilan kurash olib borish emas, har bir o’quvchida matkab 
hayotini anglash, o’zi va o’zgalar ishiga nisbatan javobgarlik hissini uyg’otish, 
qarshi kurash emas, balki o’zaro hamkorlik, hamfikrlik, hamdo’stlik yo’llarini 
qidirish va bunda o’zaro samarali muomalaga asoslanish lozim. 
Bularning hammasi o’qituvchiga, uning o’quvchilar bilan pedagogik 
maqsadga muvofiq munosabatlarni tashkil eta olish ko’nikma–malakalariga 
bog’liq. 
Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, o’qituvchilar o’quvchilar bilan aloqa 
o’rnatishni tashkil etishda o’zlarining etakchi o’rin tutishlarini anglamaydilar. 
O’qituvchilarning 25 foizi o’quvchilar bilan muloqot jarayonida yuzaga kelayotgan 
qiyinchiliklarga o’quvchilarni, ularning tarbiyasizliklarini sabab qilib ko’rsatishadi. 
Ziddiyatli vaziyatlarning paydo bo’lishida o’zining ham anchagina hissasi borligini 
tan olishni istamaydilar. 
Muomala – pedagogik faoliyatdagi muhim kasbiy qurol hisoblanadi. 
Ko’pgina pedagogik tadqiqotlarda muomala pedagog mehnat faoliyatining muhim 
elementi ekanligi asoslab berilgan. 
Pedagogik muomala – bu o’qituvchining ijobiy psihologik iqlimni 
yaratishga qaratilgan, darsda va darsdan tashqari jarayonlarda o’quvchilar bilan 
olib boriladigan professional hamkorligi. Noto’g’ri qurilgan pedagogik muomala 
qo’rquv, ishonchsizlik; daqqat, hotira va o’qish faoliyatining pasayishi, nutq 
dinamikasining bo’zilishi kabi salbiy oqibatlarga olib keladi. Natijada o’quvchida 
o’qituvchiga va u o’qitadigan predmetga nisbatan qat’iy salbiy munosabatni paydo 
qiladi. 
SHu singari ma’lum bir predmetdan (aslida o’qituvchidan) bezish hollari 
ba’zi o’quvchilarda bir necha yil davom etishi mumkin. O’ylab ko’ringa, darsdan 
zavqlanish o’rniga undan begonalashish. Mana shunday salbiy munosabatning til 
va adabiyot, tarih, matmatika singari asosiy o’quv predmetlariga nisbatan paydo 
bo’lishi, ayniqsa, juda achinarli hol. 


Aslida o’qituvchi va o’quvchi orasidagi muomala o’quvchiga zavq, o’quv-
biluv faoltiyatiga nisbatan chanqoqlikni paydo qilishi, o’quv tarbiya jarayonining 
ijtimoiy–psihologik mahsuldorligini oshirishga ijobiy ta’sir ko’rsatish lozim. 
Pedagogik muomala ijtimoiy psihik jarayon sifatida quyidagi vazifalarga 
yo’naltirilganligi bilan harakterlanadi: 
- shahsni anglash; 
-
o’zaro o’rin almashish (o’quvchi - o’qituvchi);
-
hamfikrlik; 
-
o’z – o’zini anglash; 
-
o’zaro ahborot almashish.
Muomalaning o’zaro ahborot almashish vazifasi o’quv–tarbiya jarayoniga 
nisbatan ijobiy motivlarni yuzaga keltirib, o’quv muomalasi ustida birgalikda bosh 
qotirish imkoniyatini paydo qiladi. 
SHahs faoliyatining ijtimoiy hatti–harakat maydonini vujudga keltirish, 
ya’ni rollar orqali muomala o’rnatish, unda ijtimoiy hulq-atvorning u yoki bu 
ko’rinishini shakllantiradi. O’zaro ijtimoiy rollarni almashitirish shahs(ning) turli 
qirallarining namoyon bo’lishiga, shuningdek, boshqa kishining o’rniga o’zini 
qo’yib ko’rish orqali insonni inson tomonidan tushuntirish tuyg’ulari 
shakllantiriladi. O’qituvchilar bu vazifani o’quv-tarbiya jarayoniga tatbiq etadilar, 
ya’ni o’quvchilarni darsning ayrim elementlarini mustaqil olib borishga jalb 
etadilar. Bu bilan har bir o’quvchi uchun ham tashkilotchi-boshqaruvchi, ham 
ijrochi – bajaruvchi o’rinda bo’lishga imkon yaratiladi. 
Pedagogik muomala vazifasiga o’z–o’zini anglash ham kiradi. O’quvchining 
shahsiy ”men”ini o’zining shahsiy ahamiyatliligini anglashga yordam berish, o’z 
shahsi istiqboli va imkoniyatlarini holisona baholay olishga o’rgatish 
o’qituvchining vazifasidir. 
Pedagogik muomalaning o’zoro hamfikrlik vazifasini amalga oshirish 
boshqa kishi his–tuyg’ularini tushunish shart–sharoitini vujudga keltirib, boshqalar 
fikrini qabul qila olish qobiliyatlarini shakllantiradi. Bu esa o’zaro mo’’tadil 


munosabatni ta’minlaydi. O’zaro hamkorlikda ish olib borish uchun o’qituvchi 
bolani, uning ehtiyojlarini, tasavvurlarini tushunishi juda muhimdir. 
Muomalaning o’zaro ahborot almashish vazifasini amalga oshirish bilan 
o’qituvchi o’quv materiali mazmuni hamda ma’naviy qadriyatlarni o’quvchiga 
etkazish jarayonini vujudga keltiradi. Bu esa o’quvchilarda ijobiy o’quv motivlarni 
va ongli izlanish ko’nikmalarini shakllantirishga yordam beradi.
Ana shu vazifalarni puhta o’rganish yosh o’qituvchiga o’quvchilar bilan dars 
va darsdan tashqari paytda yahlit jarayon sifatida o’zaro muomalani tashkil etishga 
yordam beradi. Darsni loyihalashtirish davomida faqat u yoki bu ma’lumotlarni 
o’zlatirish haqidagina emas, balki o’quvchilarning o’zini namoyon etishi, o’z 
imkoniyatlarini anglashi uchun shart-sharoitlarni yaratish; o’zaro hamkorlik va 
ijodiy faoliyat usullarini topish haqida ham bosh qotirish kerak. 
Pedagogik muomala ham amaliy faoliyat jarayoni sifatida quyidagi tarkibiy 
qismlarga ajratiladi: 1. Pedagog tomonidan sinf bilan kuriladigan muomalani 
modellashtirish (prognoz bosqichi). 2. Dastlabki o’zaro ta’sir daqiqalarida bevosita 
muomalani tashkil etish (komunikativ hujum bosqichi). 3. Pedagogik jarayon 
mobaynida muomalani boshqarish. 4. Amalga oshirilgan muomala tizimini tahlil 
qilish va keyingi faoliyat uchun yana modellashtirish. 
Ko’pincha, o’qituvchining o’quvchilar bilan muomalasi bosqichlar va 
o’qituvchi faoliyatining harakteriga ko’ra ajratilmagan bo’ladi. Har bir bosqichda 
o’qituvchi nimalarga ahamiyat berishi lozimligi haqida to’htalib o’tamiz. 

Download 59.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling