Muomala madaniyatim va psixologiyasi. Pedagogik takt va pedagogik etika
Download 59.31 Kb. Pdf ko'rish
|
O\'QITUVCHINING FAOLIYATIDA MUOMALA MADANIYATIM VA PSIXOLOGIYASI.PEDAGOGIK TAKT VA PEDAGOGIK ETIKA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
- 1. Pedagogik muomala va uning vazifasi
O'QITUVCHINING FAOLIYATIDA MUOMALA MADANIYATIM VA PSIXOLOGIYASI.PEDAGOGIK TAKT VA PEDAGOGIK ETIKA. Reja: 1. Pedagogik muomala va uning vazifasi. 2. O’qituvchining pedagogik takti. 3. Pedagogik taktni egallash shartlari.. Tayanch iboralar: maktabdagi munosabatlarni insonparvarlashtirish, o’quvchi faoliyatini tashkil etish, rollarni almashtirish (o’qituvchi, o’quvchi), o’zaro hayrihohlik, o’z-o’zini tasdiqlash, pedagogik muloqotda modellashtirish, komunikativ hujum, boshqarish, tahlil qilish bosqichlari, muomala uslublari, avtoritar, demokratik, liberal. 1. Pedagogik muomala va uning vazifasi Maktabda ikki asosiy sub’ekt – bu o’quvchi va o’qituvchi. Ularning darsda, sinfdan tashqari ishlar jarayonida va kundalik turmushdagi muomalasi o’quv- tarbiya jarayoni samaradorligining muhim sharti, o’quvchi shahsini shakllantirishning asosiy vositasi hisoblanadi. Hatto, ta’limning barcha jabhalarida yangi pedagogik tehnologiya usullari, ta’limni liberallashtirish, ta’limda o’z–o’zini boshqarish g’oyalari keng joriy etilayotgan hozirgi davrda ham o’quv–tarbiya jarayoniga nisbatan avtoritar – buyruqbozlik yoki imperativ munosabatlarga oid dalillarga duch kelamiz. Ba’zan, maktab rahbarlari orasida ”Men bir o’zim butun o’quvchilar bilan kurash olib boryapman, aslida hamma birgalikda kurashishi kerak”, - degan mulohazalarni eshitib qolamiz. To’g’ri, bu bilan maktab rahbari o’quv–tarbiya ishlarini, tartib–intizomni yahshilashga harakat qilyapti. Lekin ko’zlagan maqsadga erishish uchun noto’g’ri yo’lni, ya’ni ”o’quvchilarga qarshi kurash” yo’lini tanlayapti. Bu o’rinda o’z–o’zidan tanlangan yo’lga mos ta’sir ko’rsatish usullari – o’quvchilar va o’qituvchilar oldiga chiqarib uyaltirish, so’z berib ishontirish, ota– onalarini chiqartirish kabilar - ko’llaniladi. Natijada ikki qarama–qarshi kurashuvchi tomon - o’qituvchilar va o’quvchilar armiyasi vujudga keladi. Binobarin, ular umumiy maqsadlar uchun emas, balki o’z mavqelarini himoya qilish uchun kurash olib boradilar. Oqibatda o’quvchilar o’qituvchilar va maktab talabini rad etadilar. “Kadrlash tayyorlash milliy dasturi”ni hayotga joriy etishning uchinchi bosqichi amalga oshirilayotgan hozirgi paytda ta’lim muassasalarida, avvalo, barkamol avlodni shakllantirish uchun zarur shart–sharoit va muhitni vujudga keltirish talab etiladi. Barkamol avlodni tarbiyalab etishtirishdek ijtimoiy ahamiyatga molik maqsadni amalga oshirishda shunday yo’l tanlash kerakki, bunda o’quvchilar bilan kurash olib borish emas, har bir o’quvchida matkab hayotini anglash, o’zi va o’zgalar ishiga nisbatan javobgarlik hissini uyg’otish, qarshi kurash emas, balki o’zaro hamkorlik, hamfikrlik, hamdo’stlik yo’llarini qidirish va bunda o’zaro samarali muomalaga asoslanish lozim. Bularning hammasi o’qituvchiga, uning o’quvchilar bilan pedagogik maqsadga muvofiq munosabatlarni tashkil eta olish ko’nikma–malakalariga bog’liq. Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, o’qituvchilar o’quvchilar bilan aloqa o’rnatishni tashkil etishda o’zlarining etakchi o’rin tutishlarini anglamaydilar. O’qituvchilarning 25 foizi o’quvchilar bilan muloqot jarayonida yuzaga kelayotgan qiyinchiliklarga o’quvchilarni, ularning tarbiyasizliklarini sabab qilib ko’rsatishadi. Ziddiyatli vaziyatlarning paydo bo’lishida o’zining ham anchagina hissasi borligini tan olishni istamaydilar. Muomala – pedagogik faoliyatdagi muhim kasbiy qurol hisoblanadi. Ko’pgina pedagogik tadqiqotlarda muomala pedagog mehnat faoliyatining muhim elementi ekanligi asoslab berilgan. Pedagogik muomala – bu o’qituvchining ijobiy psihologik iqlimni yaratishga qaratilgan, darsda va darsdan tashqari jarayonlarda o’quvchilar bilan olib boriladigan professional hamkorligi. Noto’g’ri qurilgan pedagogik muomala qo’rquv, ishonchsizlik; daqqat, hotira va o’qish faoliyatining pasayishi, nutq dinamikasining bo’zilishi kabi salbiy oqibatlarga olib keladi. Natijada o’quvchida o’qituvchiga va u o’qitadigan predmetga nisbatan qat’iy salbiy munosabatni paydo qiladi. SHu singari ma’lum bir predmetdan (aslida o’qituvchidan) bezish hollari ba’zi o’quvchilarda bir necha yil davom etishi mumkin. O’ylab ko’ringa, darsdan zavqlanish o’rniga undan begonalashish. Mana shunday salbiy munosabatning til va adabiyot, tarih, matmatika singari asosiy o’quv predmetlariga nisbatan paydo bo’lishi, ayniqsa, juda achinarli hol. Aslida o’qituvchi va o’quvchi orasidagi muomala o’quvchiga zavq, o’quv- biluv faoltiyatiga nisbatan chanqoqlikni paydo qilishi, o’quv tarbiya jarayonining ijtimoiy–psihologik mahsuldorligini oshirishga ijobiy ta’sir ko’rsatish lozim. Pedagogik muomala ijtimoiy psihik jarayon sifatida quyidagi vazifalarga yo’naltirilganligi bilan harakterlanadi: - shahsni anglash; - o’zaro o’rin almashish (o’quvchi - o’qituvchi); - hamfikrlik; - o’z – o’zini anglash; - o’zaro ahborot almashish. Muomalaning o’zaro ahborot almashish vazifasi o’quv–tarbiya jarayoniga nisbatan ijobiy motivlarni yuzaga keltirib, o’quv muomalasi ustida birgalikda bosh qotirish imkoniyatini paydo qiladi. SHahs faoliyatining ijtimoiy hatti–harakat maydonini vujudga keltirish, ya’ni rollar orqali muomala o’rnatish, unda ijtimoiy hulq-atvorning u yoki bu ko’rinishini shakllantiradi. O’zaro ijtimoiy rollarni almashitirish shahs(ning) turli qirallarining namoyon bo’lishiga, shuningdek, boshqa kishining o’rniga o’zini qo’yib ko’rish orqali insonni inson tomonidan tushuntirish tuyg’ulari shakllantiriladi. O’qituvchilar bu vazifani o’quv-tarbiya jarayoniga tatbiq etadilar, ya’ni o’quvchilarni darsning ayrim elementlarini mustaqil olib borishga jalb etadilar. Bu bilan har bir o’quvchi uchun ham tashkilotchi-boshqaruvchi, ham ijrochi – bajaruvchi o’rinda bo’lishga imkon yaratiladi. Pedagogik muomala vazifasiga o’z–o’zini anglash ham kiradi. O’quvchining shahsiy ”men”ini o’zining shahsiy ahamiyatliligini anglashga yordam berish, o’z shahsi istiqboli va imkoniyatlarini holisona baholay olishga o’rgatish o’qituvchining vazifasidir. Pedagogik muomalaning o’zoro hamfikrlik vazifasini amalga oshirish boshqa kishi his–tuyg’ularini tushunish shart–sharoitini vujudga keltirib, boshqalar fikrini qabul qila olish qobiliyatlarini shakllantiradi. Bu esa o’zaro mo’’tadil munosabatni ta’minlaydi. O’zaro hamkorlikda ish olib borish uchun o’qituvchi bolani, uning ehtiyojlarini, tasavvurlarini tushunishi juda muhimdir. Muomalaning o’zaro ahborot almashish vazifasini amalga oshirish bilan o’qituvchi o’quv materiali mazmuni hamda ma’naviy qadriyatlarni o’quvchiga etkazish jarayonini vujudga keltiradi. Bu esa o’quvchilarda ijobiy o’quv motivlarni va ongli izlanish ko’nikmalarini shakllantirishga yordam beradi. Ana shu vazifalarni puhta o’rganish yosh o’qituvchiga o’quvchilar bilan dars va darsdan tashqari paytda yahlit jarayon sifatida o’zaro muomalani tashkil etishga yordam beradi. Darsni loyihalashtirish davomida faqat u yoki bu ma’lumotlarni o’zlatirish haqidagina emas, balki o’quvchilarning o’zini namoyon etishi, o’z imkoniyatlarini anglashi uchun shart-sharoitlarni yaratish; o’zaro hamkorlik va ijodiy faoliyat usullarini topish haqida ham bosh qotirish kerak. Pedagogik muomala ham amaliy faoliyat jarayoni sifatida quyidagi tarkibiy qismlarga ajratiladi: 1. Pedagog tomonidan sinf bilan kuriladigan muomalani modellashtirish (prognoz bosqichi). 2. Dastlabki o’zaro ta’sir daqiqalarida bevosita muomalani tashkil etish (komunikativ hujum bosqichi). 3. Pedagogik jarayon mobaynida muomalani boshqarish. 4. Amalga oshirilgan muomala tizimini tahlil qilish va keyingi faoliyat uchun yana modellashtirish. Ko’pincha, o’qituvchining o’quvchilar bilan muomalasi bosqichlar va o’qituvchi faoliyatining harakteriga ko’ra ajratilmagan bo’ladi. Har bir bosqichda o’qituvchi nimalarga ahamiyat berishi lozimligi haqida to’htalib o’tamiz. Download 59.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling