Faxriylarga so’z beriladi: - Sobiq ittifoq davrida ota-ona o’g’lini armiyaga yig’i-si’g’i bilan jo’natar edi. Yigitlar tibbiy ko’rikdan yuzaki o’tkazilardi. Sho’ro armiyasi sharoitida milliy armiyachilik keng tarqalgan va buning natijasida noxushlikar ham bo’lib turgani sir emas.
Shuningdek yigitlarimiz o’z Vatanidan yiroqda, chet ellarda, hatto dunyoning chekka o’lkalarida xizmat qilishardi. Shuning uchun ota-onalar o’g’illarini armiyadan olib qolishga harakat qilishar edi.
Hozir esa yigitlarimiz armiyaga borishni orzu qiladi. Chunki istiqlol tufayli Milliy armiyamiz shakllandi. Barchamizning ma’naviyatimiz, dunyoqarashimiz o’zgardi. Biz o’zligimizni angladik. Eng quvonchlisi, O’zbekiston posbonlari o’z ona – Vatani bag’rida dildan xizmat qilmoqda.
Men hozirgi harbiylarga, xizmat qilayotgan askarlarga havas bilan qarayman. Yurtimiz tinch, xalqimiz faravon hayot kechirmoqda. Bularning barchasi Prezidentimizning yurt ravnaqi yo’lidagi g’amxo’rligi natijasidir.
O’quvchilar mehmonga guldastalar in’om qiladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |