Muqaddas rim imperiyasi
Rim imperiyasining ikkiga bo‘linishi
Download 90.78 Kb.
|
RIM IMPERIYASINING OLTIN DAVRI
Rim imperiyasining ikkiga bo‘linishi
Diokletian va Maksimian 305-yil 1-mayida hokimiyatdan voz kechdilar.Taxtdan voz kechgan Diokletian Salonaga ko‘chib borib gul va sabzavot yetishtirish bilan shug‘ullandi. 313-yilda 68 yoshida vafot etdi. Konstansiy I Xlor va Galeriy imperatorlar deb e’lon qilindilar. Vorislar o‘rtasida taxt uchun kurash boshlanib, bu kurashda Diokletianning yordamchilaridan birining o‘g‘li Konstantin (306—337-yillar) g‘olib chiqdi. U raqiblari bilan bir necha yil kurash olib borib Rim imperiyasining yagona hukmdoriga aylandi. Konstantin imperiyani 4 ga bo‘linishini saqlab qoldi, lekin boshqaruvni birov bilan baham ko'rish tizimini yo‘q qildi. Endilikda imperiya qismlarini unga bo‘ysunadigan prefektlar boshqardilar. Konstantin uzoqni ko‘ra oladigan, aqlli siyosatchi edi. U 200 yildan beri ta’qib etilayotgan nastoniy dinini kuch-qudratini davlat hokimiyatini mustahkamlashdagi muhim o‘rnini anglab yetdi. Shu sababli 313-yilda u o‘zining Milan edikti bilan nasroniylik dinini boshqa dinlaiga tenglashtirdi. Shu lahzadan boshlab xristian cherkovi imperator hokimiyatining ittifoqchisi va himoyachisiga aylandi. Imperator 330-yil 2-may kuni poytaxtni sharqiy qism Bosfor qirg‘og‘iga tantanali ko‘chirdi. Eski yunon koloniyasi Vizantiy qayta qurilib kengaytirildi. Yangi poytaxtni qurilishi va bezatilishi uchun ulkan miqdorda mablag‘ saflandi. Saroylar, stadion, ippodrom, termalar va kutubxonalar qurildi. Rimdan ulkan miqdorda haykallar olib kelindi. Shahar imperator sharafiga yangi nom Konstantinopol deb ataldi. Poytaxtni sharqqa ko‘chirilishi tasodif emas edi. Sharqiy provinsiyalar g'arbdagilarga qarganda madaniy va boyroq edi2. Konstantinning o‘limidan so‘ng taxt uchun yana kurash boshlandi. Hokimiyat uning o'g‘li Konstansiy qo‘liga, keyin esa uning nevarasi Yulianga o‘tdi. Yulian eski Rim dinini tiklashga urindi, lekin muvaffaqiyatga erishmadi.Hokimiyatni uning o'gii Konstansiy egalladi. Uning o‘rniga kelgan Flaviy Klavdiy Yulian (361—363-yillar) eski Rim dinini tiklashga urinib xristian cherkovini imtiyozlarini bekor qildi. Keyingi imperatorlar Valentinian I va Valent bir vaqtning o‘zida imperiyaning g‘arbiy va sharqiy qismlarini boshqardilar. Ularning davrida germanlarning hujumi kuchaydi. 378-yilda Frakiyadagi Adrianopol shahri yonida vesgotlar Rim qo‘shinlariga kuchli zarba berdilar. Qaysiki shundan keyin Rim imperiyasi hech qachon tiklana olmadi. Imperator Valent jang maydonida halok bo‘ldi, eng yaxshi zobitlar qurbon bo‘ldilar. Endilikda Rim imperiyasi hech qachon chegaralarini himoya qilish uchun yetarlicha qo'shin to‘plash imkonoyatidan mahrum bo'ldilar. Endi chegaralarni qo‘riqlash germanlardan olinadigan ishonchsiz qismlarga topshirila boshlandi. Germanlar ko‘plab miqdorda rim qo‘shiniga olina boshlandi. Ular oliy harbiy mansablarni egallay boshladilar. Imperator Feodosiy I vestgotlarga Illiriya viloyatini bo‘shatib berib, shu bilan Konstantinopolni bosib olishidan saqlab qoldi, Feodosiy 394- yilda tarixda so‘nggi marta imperiyani har ikkala qismini ham bir qo‘lga to'pladi, lekin u bir yildan so‘ng vafot qildi va rim imperiyasi batamom ikkiga bo‘lindi. Imperiyaning g‘arbiy qismini uning II yoshli o‘g‘li Gonoriy, sharqiy qismini uning 28 yoshli ukasi Arkadiy boshqara boshladi. Gonoriy (395-yillar) davrida imperiyaning g‘arbiy qismi germanlarning hujumlari bilan to‘la yemirilishi davri bo’ldi. Alarix Rimdan, vestgotlar Galliyaga chekindilar. Ammo g‘arbiy Rim imperiyasi bu paytda o‘z umrining oxirgi lahzalarini boshdan kechirar edi. 407- yilda rimliklar Britaniyani tashlab ketdilar. 409-yilda vandallar, sveblar va allemandlar Ispaniyani bosib oldilar. 415-yilda vestgotlar Rimdan Galliyani ajratib oldilar. 429-yilda vandallar va boshqa german qabilalari Ispaniyadan Afrikaga o‘tdilar. Vandallar qirol Geyzerix boshchiligida 455-yilda Rim shahrini egallab uni buzib tashladilar. Odoakr imperator hokimiyani ramzlarini Konstantinopolga jo'natdi. Bu voqea G‘arbiy Rim imperiyasining tugashi deb hisoblanadi. Sharqiy Rim imperiyasining hukmdorlari germanlarning hujumlarini bartaraf qilib o’z boshimcha qo‘mondonlarni yo‘q qildilar. Sharqiy Rim imperiyasi yana ming yil yashab, tarixga Vizantiya imperiyasi nomi bilan kirdi.Diokletian va Konstantinning islohotlari imperiyaning yemirilishi jarayonini sekinlashtirdi, lekin uni to‘xtata olmadi. IV asrda jonlangan ichki savdo to'xtadi. Ko‘p shaharlar tushkunlikka yuz tutdi. Butun imperiya bo‘ylab natural xo'jalikka qaytish boshlandi. Pul tizimi ishdan chiqdi. Soliqlarni to‘lash qiyinlashdi. Shaharlardan aholi ko‘chib keta boshladi. Konstantin shahar aholisini ko‘chib ketishini kolonlami o‘z yerlarini tashlab ketishlarini rasman taqiqladi. Yirik yer egalari latifundistlar barcha soliqlarni natural tarzda to‘lashni yuklatdi. Ularning hokimiyati kengaydi. Shaxsiy erkin kolonlarning ahvoli qullarning ahvolidan kam farq qildi. So‘ngi imperiya davrida yirik yer egalari o'zlariga qaram bo’lgan mahalliy aholi ustidan o‘z amaliy hokimiyatlarini amalga oshirdilar. Ular o‘z qo‘shin va qamoqxonalarini tashkil qildilar. Ijtimoiy aloqalarning bunday yangi ko‘rinishini shakllanishi so‘nggi Rim jamiyatini sekin-asta feodallashuvini bildirar edi. Download 90.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling