Muqaddas rim imperiyasi
Rim imperiyasining oltin davri
Download 90.78 Kb.
|
RIM IMPERIYASINING OLTIN DAVRI
.2 Rim imperiyasining oltin davri
Eramizning 14-yilida Avgust o’limidan so’ng uning merosxo’rlari Tiberiy Klavdiy, Neron, Kaligula va Klavdiy Neronlar imperatorlik taxtini egalladilar. Lekin ularning hukmronligining so’nggi yillarida siyosiy raqiblar bilan qonli kurash va prinsepsni o’ldirilishi bilan tugallandi. Kaligula o’ldirildi, Neron esa o’z-o’zini o’ldirdi. Senat bilan prensepsning qarama-qarshiligi eski Rimnobilitetini munisipal va provinsiya zodagonlari bilan siqib chiqarish jarayonini o’zida aks ettirdi. An’anaviy-senator suvoriylar elitasining siyosiy tushkunligi bilan pretorian gvardiyasi boshliqlarini ahamiyati oshdi. Agar Tiberiyni senat hokimiyat tepasiga keltirgan bo’lsa, 33 yildan so’ng uning jiyani Klavdiyni pretorian gvardiyasi imperator deb e’lon qildi. Buning evaziga yangi imperator har bir pretorian gvardiyachisiga 15 ming sestersiy miqdorida mukofot berdi. Senat hukmdorning shaxsiy qo’riqchilari (pretorian gvardiyasi) qabul qilgan qarorlarni tasdiqlaydigan oddiy tashkilotga aylandi. Tez orada qo’shin ham o’zining siyosiy huquqini talab qilib chiqdi. Eramizning 68 yillari qonli fuqarolar urushi natijasida Tit Flaviy Vespasianni imperator deb e’lon qildi. Vespasian fuqorolar urushida qo’shinning qo’llab-quvvatlashi bilan g’olib chiqib, Flaviylar sulolasiga asos soldi. Flaviy va uning birinchi merosxo’rlari davrida Rim davlati ma’lum darajada mustahkamlandi. Davlat xazinasi to’ldirildi. Flaviylar provinsiya zodagonlaridan senat tarkibini to’ldirdilar va senat bilan murosa qilgan holda ichki va tashqi siyosatni olib bordilar. Faqat Vespasianning kichik o’g’li Domisian davrida siyosiy terrorning yangi to’lqini boshlandi. Domisian cheklanmagan hokimiyatga intilib, senatni o’zini xudo va hukmdor deb e’lon qilishga majbur qildi va o’zi raqib deb hisoblagan senator va boshqa boy fuqarolarni qatag’onlarni uyushtirdi. Shu sababli u eramizning 19-yili fitnachilar tomonidan o’ldirildi. Domitsian o’ldirilganidan so’ng 100 davomida imperatorlar senat bilan kelishgan holda davlatni boshqardilar. Imperatorlar provinsiyalar ravnaqi uchun qator tadbirlarni amalga oshirdilar, g’olibona tashqi urushlar olib bordilar, imperiya chegaralarini tashqi dushmanlardan himoya qildilar. Shuningdek ular rimning qadimgi urf-odatlari va an’analariga hurmat bilan qaradilar. Fan va san’atga homiylik qildilar. Ayniqsa Italiyadan tashqarida tug’ilgan birinchi Rim askar imperatori Mark Ulpiy Trayan va imperator-faylasuf Mark-Avreliy Antonin davlat hokimiyatini va jamiyatni barqaror rivojlanishi uchun o’zlarining namunali ichki va tashqi siyosatlari bilan shuhrat qozondilar. Eramizning I-II asrlarida Rim imperiyasining tashqi siyosati mudofaa xarakteriga ega bo’ldi. Keyinchalik imperiya hududlari bir qadar kengaydi. Britaniya oroli Rim imperiyasi provinsiyasiga aylandi. Afrika va Bolqonda yangi provinsiyalar paydo bo’ldi, ammo bepoyon hududlarda barqarorlikni saqlab turish provinsiyalarda tez-tez ko’tarilgan qo’zg’olonlar faol istilochilik siyosatini olib borishga xalaqit berdi. Galliya va Yahudiyada kuchli qo’zg’olonlar, quyi dunyodagi daklar, shimoldagi german qabilalari, sharqda esa Parfiyaning kuchayishi Rim davlatining chegaralari mudofaasini kuchaytirishni talab qildi. Imperatorlar Trayan, Adrian va Mark Avreliy davrida yaxlit mudofaa liniyalari shakllandi. Adrian davrida Rim fuqaroligiga ega bo’lmagan provinsiya aholisi ham legionlarga harbiy xizmatga qabul qilina boshlandi. Eramizning I–II asrlarida printsepslar hokimiyatining moddiy asoslari kuchaydi. Provinsiyalarning ko’pchiligini daromadlari imperator xazinasi (fisk)ga tushdi. Rim imperiyasida I asr davomida ikki sulola hokimiyatni boshqardi. Tiberiyning vorisi Germanikning o’g’li 24 yoshli Gay Sezar Kaligula (37-41-yillar) hokimiyatni egalladi. Kaligula badjaxl, axloqan buzuq, o’ta mag’rur, takabbur shaxs edi. Dastlab u senat bilan kelishgan holda ichki va tashqi siyosatni olib bordi, soliqlarni kamaytirdi. Bir necha oy ichida u isrofgarchilik bilan Tiberiydan qolgan xazinani turli tomosha, mo’l-ko’l sovg’alar bilan talon-taroj qildi. Kaligula o’zini “Janob” (Dominis) va “Xudo” deb e’lon qilib, omma oldida Yupiter qiyofasidagi kiyimlarda chiqdi. Bu aqlsiz imperatorning hukmronligi uch yil davom etib 41-yil yanvar oyida pretor tribuni Kassiy Xerey boshchiligidagi fitnachilar tomonidan o’ldirildi. Pretor qismlari Kaligulaning 50 yoshli tog’asi Tiberiy Klavdiy Neronni (41-54-yillar) imperator deb e’lon qildilar. Klavdiy senat bilan munosabatni yaxshiladi. O’zining senatdan mustaqil bo’lgan ma’muriyatini tuzdi. Uning ma’muriyati bir necha muasssasalardan tashkil topib, ularni ozod qo’yilgan qullar boshqardilar. Klavdiy davrida boshqaruvni markazlashuvi va imperatorning shaxsiy hokimiyatini kuchayishi kuzatildi. Klavdiy hokimiyati qo’shin, turli tekin tomosha va xayr-sadaqa beriladigan Rim plebsi hamda provinsiyalarning zodagonlariga tayandi. Tashqi siyosatda urushlar o’rniga diplomatic vositalar qo’llanila boshlandi, faqat 43-yilda Britaniyaga harbiy ekspeditsiya uyushtirildi. Klavdiyning ikkinchi xotini 33 yoshli Agrippina 54-yilda uni zaharlab o’ldirdi va o’zini 17 yoshli o’g’li Neron Klavdiy Sezarni (54-68-yillar) taxtga chiqardi. Neron Yuliy Klavdiylar sulolasining ko’zga ko’ringan vakillaridan biri. U axloqan buzuq, shafqatsiz kishi edi, o’z onasi Agrippinani (62-yil), ukasi Britanikni (55-yil), xotini Oktaviani (62-yil), ikkinchi xotini Poppeya Sabinani (65-yil) o’ldirdi. Neron senat bilan murosa qilishni istamadi. Pulga muhtoj bo’lgani uchun juda ko’p senatorlarni, zodagonlarni qatl etib, ularning mol-mulkini o’zlashtirib oldi. Uning davrida imperator saroyi harajatlari haddan tashqari oshib ketdi. Neronning o’zi musiqa va qo’shiqchilik bilan shug’ullanib, sahnada o’ynar edi, Yunonistonga shoirlar ko’rigiga qatnashdi. Rimda 64-yilda juda katta yong’in bo’lib, u bir hafta davom etdi va shaharning 14 kvartalidan 10 tasi to’la yonib ketdi. Yong’indan keyin Palatin va Eskvilin tepaliklari o’rtasida 270 ga. maydonga Neron uchun hashamatli “oltin” saroy qurildi. Xalq ommasi o’rtasida Rimdagi yong’inni asosiy sababchisi Neron deb mish-mish tarqaldi. Neron yong’in aybdori deb rimdagi nasroniylar jamoasini aybdor deb topib, ularni ommaviy qatl qildi. Imperatorning shafqatsizligi, uning zo’ravonligi zodagonlarni keskin noroziligini keltirib chiqardi. Unga qarshi fitna uyushtirildi (65-yil). Fitna fosh etildi va fitnachilar shafqatsiz jazolandi. Ularning ichida faylasuf-sitoik Lutsiy Anney Seneka, uning jiyani shoir Mark Anney Lukan va yozuvchi Gay Petroniy Arbitrlar bor edi. Siyosiy vaziyat keskinlashdi, Parfiya bilan Armaniston uchun uzoq davom etgan urush (66-yil) Rimning mag’lubiyati bilan tugadi. Neron oxirgi 2 yil hukmronligi davrida davlat boshqaruvidan umuman chetlashdi. Britaniyada urush davom etib, 66-yilda Yahudiyada qo’zg’olon boshlandi. Neron hukmronligiga qarshi ommaviy norozilik boshlandi. Galliya, Germaniya va Ispaniyada unga qarshi 68-yil bahorida legionlar qo’zg’olon ko’tardilar. Taxt vorisligiga 70 yoshli zodagon Serviy Sulpitsiy Gal`ba nomzodi qo’yildi. Neronni hech kim himoya qilmadi, hatto pretorian qismlari ham Galba tomoniga o’tdi. Neron yashirinishga urindi, lekin yashirina olmadi. Dushmanlar qo’liga tushmaslik uchun u o’zini qilichga tashladi. Neronning o’limi bilan Yuliylar-Klavdiylar sulolasi hukmronligi nihoyasiga yetdi. Rim imperiyasining navbatdagi hukmdori qisqa vaqtga 68-69-yillarda sarkarda Galba bo’ldi. Taxtga Italiya provinsiya zodagonlaridan kelib chiqqan o’z legionlariga tayanib Tit Flaviy Vespasian chiqdi (69-79-yillar). U lashkarboshi sifatida Yahudiya urushi davrida tanildi. Vespasian yangi Flaviylar sulolasini boshlab berdi. Bu sulolaga yana ikki imperator Vespasianning o’g’illari Tit va Domitsianlar kirdi. Vespasian uzoqni ko’ra biladigan aqlli hukmdor sifatida imperiyani iqtisodiy va moliyaviy kuchini nisbatan tez va samarali tikladi. Davlat xarajatlarini qoplash uchun 40 mlrd. sestersiy kerak edi. Imperator tejab-tergasga kirishib, xarajatlarni qisqartirdi va yangi soliqlarni joriy qildi. Hatto u dafn va Rim jamoa tuaetlariga ham soliq soldi. Imperator Rim fuqaroligi huquqini mo’l-ko’l tarqatdi hamda senatorlar va suvoriylar toifasini provinsiya zodagonlari, boyib ketgan ozod qo’yilgan qullar bilan to’ldirdi. Flaviylar davridan boshlab imperatorlar provinsiya zodagonlariga bevosita tayana boshladilar. Vespaian 70 yoshida 79-yil iyunida vafot qildi. Uning o’g’li Tit 79-81-yillar taxtga chiqib 42 yoshga yetmasdan bezgak kasaligidan vafot qildi. Tit davrida mashhur Vezuviy vulqoni otilib, Pompey va Gerkulanum shaharlari kul ostiga qoldi (79-yil). Flaviylarning so’ngi vakili Domitsian (81-96-yillar) bo’lib o’zining mutlaq hokimiyatini o’rnatishga harakat qildi va 45 yoshida fitnachilar tomonidan o’ldirildi. Domitsian o’limidan keyin senat 66 yoshli senator Mark Koksey Nervani (96-98-yillar) imperator etib sayladi. Uning hukmronligi bilan II asrdan Rim imperiyasida Antoniylar sulolasi hukmronligi boshlandi. Bu sulolani eng taniqli vakillaridan biri Mark Ul`piy Trayan bo’ldi. Trayan Ispaniyada tug’ilgan bo’lib, yuqori Germaniya noibi edi. Imperator Nerva qo’shinda obro’-e’tiborli bo’lgan Trayanni asrandi o’g’il va voris qilib tayinlashga majbur bo’ldi. Trayan 98-117-yillar Rim imperiyasiga hukmronlik qilgan paytdan imperiya o’zining iqtisodiy-siyosiy va madaniy taraqqiyotining eng yuqori cho’qqisiga chiqdi (96-196-yillar). Trayan davrida Rimning oxirgi istilochilik urushlari olib borildi. U faol tashqi siyosat olib borib, imperiya hududlarini kengaytirdi. Uning davrida legionlar soni 30 taga yetkazildi. Kuchli Rim qo’shinlari 101-103-yillar va 105-107-yillarda Dunay bo’ylaridagi kuchli Dakiya podsholigini bo’ysundirdi, Dakiyani podshosi Detsebal asir olindi. Dakiya Rim provinsiyasiga aylandi. Dakiyaning bosib olinishi natijasida uning boy oltin va tuz konlari katta o’lja bo’ldi. Dakiya g’alabasiga bag’ishlab Rimda 123 kun davom etgan tomoshalar ko’rsatildi, Plebsga mo’l-ko’l sadaqa ulashildi, ajoyib Trayan termalari (hammomlari), yangi suv quvuri hamda 30 m.li Trayan kolonnasi bunyod etildi. Trayan Parfiyadan Mesopotamiya va Armanistonni tortib olish uchun 113-yil urush boshladi, keyingi yil Armanistonni bosib olib, uni provinsiyaga aylantirdi. G’ayratli imperator 115-116-yillarda Parfiya podshosi Vologes IV qo’shinlarini tor-mor qilib, uning poytaxti Ktesifonni egalladi, butun Mesopotamiyani fors qo’ltig’igacha bosib oldi. Mahalliy aholini Rim bosqinidan noroziligi va sharqiy provinsiyalarda vaziyatni notinchligi Trayanni legionlarni Frot qirg’og’idan olib ketishga majbur qildi. Sharqda yangi bosib olingan yerlarni rimliklar qo’ldan chiqardilar. Italiyaga qaytishda Kilikiyada Trayan kasal bo’lib 117-yil avgustida vafot qildi. Taxtga Trayanning jiyani, 41 yoshli asrandi o’g’li Publiy Eliy Adrian chiqdi (117-138-yillar). U Trayanga loyiq juda yaxshi ma’lumot olgan, ajoyib boshqaruvchi, tajribali sarkarda, aqlli va uzoqni ko’ra oladigan siyosatchi sifatida o’z oldiga turgan muammolarni juda yaxshi tushunar edi. Adrian davlat resurslarini to’la tugaganini va Sharqda bosqinchilik siyosatini samarasizligini anglab yetib, Parfiya bilan Frot daryosi bo’yicha chegaralarini tiklash sharti bilan tinchlik shartnomasini tuzdi. Adrian imperiyaning sharqiy chegaralarida kuchli mudofaa inshootlarini bunyod qildi. Ana shunday tadbirlar natijasida Parfiya bilan tinchlik 44 yil saqlandi. Sharqda ishlarni tugallab Adrian Yevropa va Afrikada imperiya chegaralarini mustahkamlash maqsadida chegara istehkomlarini qurish bo’yicha ulkan ishlar amalga oshirdi. Ana shunday istehkomlardan biri Adrian vali (istehkomi) Britaniyada hozirgacha saqlanib qolgan. Adrian qo’shinni yuqori jangovar holatda saqlab turishga katta e’tibor berdi. U legionlarni Rim yoki latin fuqaroligi bo’lmagan provinsiya aholisidan to’ldirishga ruxsat berdi, chunki qo’shinga xizmat qilishga xohish bildirgan fuqarolar soni keskin qisqardi. Rim harbiy mashinasini varvarlashtirish uchun asos ana shunday yaratildi. Adrian davlat boshqaruvi tizimini mustahkamlashga qaratilgan qator tadbirlkarni amalga oshirdi. U printseps kengashini qayta tashkil qildi, kengash tarkibiga oliy amaldorlar, muassasa rahbarlari va yirik yuristlar jalb qilindi. Adrian boshqaruvga suvoriylar toifasini ko’plab vakillarini taklif qildi. U davlat pochtasini joriy qildi, provinsiyalar boshqaruvini qayta tuzib, noiblar faoliyati ustidan doimiy nazorat o’rnatdi. Adrian uzoq sayohat qildi va ko’plab inshootlarni bunyod qildi: Venera va Roma ibodatxonalarini, mashhur Rim panteonini qurdi. Antoniylar sulolasini taniqli vakillaridan biri tarixga taxtdagi faylasuf sifatida kirgan Mark Avreliy edi. Mark Avreliy uchun davlat manfaatlari hamma narsadan yuqori bo’lib, imperiya taqdiri uchun o’z ma’suliyatini to’la anglab yetgan edi. U senator va suvoriy toifalari bilan inoqlikda ish olib bordi, senat tarkibiga ko’pgina provinsiya zodagonlarini, ayniqsa kelib chiqishi Sharqdan va Afrikadan bo’lgan nufuzli kishilarni kiritdi. Mark Avreliy (161-yildan 180-yilgacha) 19 yil hukmronlik qildi, unga qarshi shu yillar davomida birorta ham fitna uyushtirilmadi. U 180-yilda 59 yoshida Vindobona (Vena) shahrida vafot qildi. Rimda uning sharafiga kolonna bunyod etildi. Uning merosxo’ri 18 yoshli o’g’li Kommod (180-193-yillar) imperator bo’ldi. Antoniylar sulolasining so’ngi vakili Kommod qo’pol, shafqatsiz va maishatparast hukmdor edi. Otasining o’limidan keyin Kommod kvad va markomann qabilalari bilan urushni tugatib, 180- yilda Rimga qaytdi. Davlat boshqaruvini o’zining ochko’z yaqinlariga topshirib, kayf-safoga berildi. Xotinini qatl etib, buzuqchilk yo’liga kirdi. Katta jismoniy kuchga ega bo’lgan imperator o’zini rimlik Gerkules deb e’lon qildi, omma oldiga arslon terisiga yopinib yelkasida kaltak bilan paydo bo’lar edi. Amfiteatr sahnasida gladiator sifatida chiqdi. Oxir-oqibatda es-hushini yo’qotib kalendarning barcha oylarini o’z nomiga o’zgartirdi, hatto Rimning nomini o’zgartirib uni “Kommod” shahri deb atashga buyruq berdi. Kommodga qarshi 183-yilda fitna uyushtrildi, lekin u amalga oshmadi, shundan so’ng senatorlar toifasiga qarshi taqib qatllar avj oldi. Pannoniya va Britaniyada norozilik harakatlari, daklar va mavrlar qo’zg’olonlari qo’shin tomonidan zo’rg’a bostirildi. 192-yilning oxirgi kunida aqlsiz imperatorning mashuqasi va qo’riqchilar boshlig’i fitnasi natijasida Kommod o’ldirildi. Boshqaruv tizimi va apparati imperator qo’lida to’plana boshladi.Senat o’z siyosiy mavqeini yo’qotishi bilan uning tarkibi ham o’zgardi. Respublika davrida yuqori mavqega ega bo’lgan zodagon oilalari fuqarolar urushi va proskripsiyalarning qurboni bo’ldilar. Qolganlari esa kambag’allashib qoldi. Printsipatning birinchi yillarida ularning o’rniga suvoriylar, munitsipiylardan chiqqan boy-zodagonlar egalladilar. Klavdiy davrida senat tarkibiga gall qabilasi ekvlarning romanlashgan zodagonlari uchun yo’l ochildi. Vespasian davrida senatga munitsipiylar koloniyalari va provinsiyalardan yangi kishilar kiritildi. Eramizning I asri so’ngida kelib chiqishi gallardan bo’lgan kishilar kiritildi. Keyingi 100 yillik boshida senat tarkibida Kichik Osiyo va Afrikadan kelgan senatorlar, ko’pgina yunonlar uchraydi. Qadimgi Rim nobilitetining vakillari senatda deyarli qolmadi va ular bilan birga senatdagi muxolifat kayfiyati ham yo’qoldi. Printsepslar hokimiyatini yana bir tayanchi suvoriylar edi. Ularning ijtimoiy tarkibi ham o’zgardi. Yangi suvoriylarning kelib chiqishi Italiya munisipiylari va provinsiyalardan edi. Suvoriylarning yuqori qatlamini eng avvalo boyib ketgan moliya zodagonlari, o’rta qatlamni esa davlat xizmatiga ko’tarilgan amaldorlar tashkil qildi. Suvoriylarga prokuratorlar lavozimi, provinsiyalardagi printseps mulklarini boshqaruvi, pretorian gvardiyasi prefekti, politsiya xizmati qo’riqchilarining prefekti kabi lavozimlar ajratildi. Adrian davrida suvoriylar printsepsning shaxsiy kantselyariyasida xizmat qila boshladilar. Shu vaqtgacha printsepsning shaxsiy kantselyariyasida barcha ishlarni imperatorlarning ozod qo’yilgan qullari bajarar edi. Imperatorlar shahar plebeylariga nisbatan respublika davri Rim zodagonlarining siyosatini davom ettirdilar. Rimda avvalgidek 200 000 kishiga tekin non tarqatilar edi. Rimning oddiy aholisi hech qanday siyosiy huquqqa ega emas edi. Ularning bir qismi ishlab chiqarish bilan, ko’pchiligi davlatdan tekin non olib zodagonlarning uylarida klient majburiyatini bajarar edilar. II asr Rim imperiyasining “oltin davri” hisoblanadi. Bu vaqtda imperiya eng katta hududga ega edi. Uning chegaralari shimolda Shotlandiyadan janubga Nil ostonalarigacha, g’arbdan Atlantika qirg’oqlaridan sharqda fors qo’ltig’igacha cho’zilgan edi. Quldorlik tizimi o’z taraqqiyotining yuqori cho’qqisiga chiqdi. Ko’p quldorlik xo’jaliklari bozor uchun mahsulot ishlab chiqarishga o’tdi. Qullarga nisbatan shafqatsiz zulm kuchayib ketdi. Bu davrda provinsiyalarning iqtisodiyoti va bu yerdagi shahar hayoti o’z taraqqiyotida yuqori bosqichga ko’tarildi. Eramizning I-II asrlarida o’rtayerdengizi hududidagi barcha xalqlar tarixda birinchi bor yagona ulkan davlat Rim imperiyasi tarkibiga kirdilar. Rim provinsiyasiga aylantirilgan alohida davlatlar o’rtasidagi chegaralar tugatildi. Pul tizimlari ma’lum darajada unifikatsiya qilindi. Urushlar va dengiz qaroqchiligi tugatildi. Rim imperiyasidagi xalqlar ijtimoiy iqtisodiy taraqqiyotining turli darajalarida yashar edilar. Misr, Suriya, kichik Osiyo, Bolqon va Makedoniya iqtisodiy va madaniy taraqqiyotining yuqori darajasiga erishdilar. Pireney yarim orolidagi va Galliyadagi iberlar, kel’tlar, shimoliy Afrikadagi numidiyaliklar, liviyaliklar, dunay bo’yidagi pannonlar, illiriyaliklar, mezlar hali arxaik davrning so’ngi bosqichida edilar. Rim istilolariga qadar g’arbiy provinsiyalarda qishloq xo’jaligi qoloq bo’lib, asosan g’alla ekilgan. Erga ishlov berish ibtidoiy holatda edi. Apennin yarim oroli axolisi qishloq xo’jaligining rivojlangan shaklini g’arbiy provinsiyalarga olib kirdilar. Gall vinolari, ispan zaytun moyi, Italiya va Yunon navlari bilan raqobat qila boshladi. Imperiya hududida quldorlik xo’jaligi tez rivojlandi. O’rta va yirik quldor xo’jaliklari (villa) yetakchi o’ringa chiqdi. Quldorlik xo’jaliklarida qul mehnatidan keng foydalanildi. Barcha provintsiyalarda imperator er egaligi keng tarqaldi. Eramizning II asrida imperator yerlari va xususiy katta latufundiyalar yetakchi yer egaligi shakli edi. G’arbiy provinsiyalarda o’rta quldor pomest’elari, mayda yer egaligi keng tarqaldi. Ayniqsa kichik yer egaligi Pannoniya, Dalmatsiya, Meziya, Frakiya va Fokeyada keng tarqaldi. Afrika provinsiyalarida quldorlik xo’jaliklarida asosiy ishchi kuchi qullar mehnati keng tarqaldi. Misr imperiyaning g’alla ombori edi. Quldorlik latifundiyalari Galliya va Ispaniyada keng tarqalgan bir paytda Ispaniya va Afrikaning sharqiy provinsiyalarida kolonlar mehnatiga asoslangan latifundiyalar keng tarqaldi. Qullarga ish qurollari va chek yerlar ajratib berila boshlandi. Lekin qul xo’jayinning mulki bo’lib qolaverdi. Qulni mulk (pekuliy) bilan ta’minlash er. avv. III asrdayoq ma’lum edi. Endilikda bu odatdagi hol bo’lib qoldi. Qul pekuliydan foydalangan holda o’ziga o’rinbosar sotib olishi mumkin edi. Qaysiki o’rinbosar qul uning xo’jayiniga ishlab berishi kerak edi. Ozod qo’yilgan qullar ko’p hollarda tadbirkorlik bilan shug’ullanib, juda ko’p boylik to’plar edilar. O’z xo’jayinlariga zarurat tug’ilganda turli xil xizmatlarni ko’rsatar edilar. Misol uchun Diktator Sullaning erkin qo’yilgan quli Xirosogon Rim davlatidagi eng qudratli kishilardan biri bo’lib, hatto uning oldida senatorlar ham titrab qaltirar edi. Ammo ko’pchilik ozod qo’yilgan qullar o’rta darajadagi mulkka ega bo’lib, hunarmandchilik va savdogarlik bilan shug’ullanar hamda oshxonalarning egalari edilar. Quldor latifundistlar o’z yerlarini chek yerlarga bo’lib, kolonlarga ijaraga berdilar. Eramizning II asrida kolonlar bug’doyni, tariq, zaytun moyini 1/3 qismini, quldorga berishi kerak edi. Bundan tashqari kolon quldorni yerida bir necha kun ishlab berishi kerak edi. Yerga ishlash takomillashdi, g’alla va boshqa ekinlarning yangi navlari, o’g’itning yangi navlari joriy qilina boshlandi. Qishloq xo’jaligi takomillashdi, g’alla latifuniyalarida g’allani yig’adigan mexanizm, g’ildirakli plug, suv tegirmoni kashf etildi. Provinsiyalarda shaharlar va shahar aholisining o’sishi qishloq xo’jalik maxsulotlarining Italiya va imperiyaning boshqa viloyatlariga chiqarish imkoniyatining paydo bo’lishi, provinsiya qishloq xo’jaligida erdan unumli foydalanish va tovar xo’jaligini kirib kelishi uchun shart – sharoit yaratdi. Quldor xo’jaligi endilikda bozor bilan bog’landi. Qishloq xo’jaligida tovar munosabatlarining rivojlanishi latifundiyalarda hunarmandchilikni vujudga keltirdi. Latifundiyalar egalari kulolchilik, to’quvchilik, duradgorlik, oshpazlik kabi hunarmandchilik ustaxonalarini ochdilar. Ba’zi gall latifundiyalarida shaxtalardan temir rudasi qazib olinib, metall ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi. Eramizning I asrlarida qishloq xo’jaligi bilan birga hunarmandchilik va savdo keng rivojlandi. Rim hunarmandchiligi uchun Ispaniyadagi qo’rg’oshin va mis konlari, Galliyaning temir va qalay konlari, Norika, Dalmatsiya, Klikiya va Kappadokiyaning boy temir konlari xom ashyoni etkazib berib turar edi. Ayniqsa temir rudasini qazib chiqarilishi keng yo’lga qo’yildi. Temir rudasi Norika va Dalmatsiya, Galliya va Ispaniya, Kappadokiya va sharqda qazib chiqarildi. Barcha konlar imperatorning mulklari bo’lib, ko’pincha ijaraga berilar edi. Hunarmandchilikning rivojlanishi qul mehnatidan keng foydalanish imkoniyatini berdi. Agar o’tgan asrlarda hunarmandchilik ustaxonalarida ishlagan qullar soni 10 tagacha bo’lsa, eramizning II asrida ularning soni 50 taga etdi. Hunarmandchilik ustaxonasining kengayishi, mexnat taqsimotining o’sishi uning iqtisoslashuvini o’sishiga olib keldi. Ammo hunarmandchilikda erkin mexnat etakchi rol o’ynar edi. Tog’ kon ishlarida, qurilish, tosh konlari, marmar konlarida qul mehnatidan keng foydalanilar edi. Ustaxonalarda eng og’ir mexnat qullar zimmasida edi. Hunarmandchilik taraqqiyoti oshpazlik, g’isht quydirish kabi yangi soxalarning paydo bo’lishiga olib keldi. Qurilishda betondan foydalanish keng tarqaldi. Eramizning II asrida provintsiyalarda hunarmandchilik ayniqasa yuksaldi. Agar er.avv. I, eramizning II asrlarida Italiya shaharlariga ko’plab sotilgan. Bir qancha provintsiyalar o’z maxsulotlarini boshqa provintsiyalarga shuningdek Italiyaga eksport qila boshladilar. Ayniqsa gall shaharlari nixoyatda rivojlandi. Gall hunarmandlarining kanop gazlamalari, jun yopingichlar va kulolchilik maxsulotlari gárbiy provintsiyalar va Italiyada keng tarqaldi. Suriya shaharlari esa zarbof gazlamalar, zargarlik buyumlari, rangli shisha va gazlamalarni ishlab chiqaradigan asosiy markazlarga aylandilar. Eramizning II asrida hunarmandchilik markazlari yarim oroldan Shimoliy Italiyaga koçhdi. Puteola, Kapuya, Arretsiya kabi anánaviy hunarmandchilik markazlari tushkunlikka uchradi. Ularning o’rniga gall provintsiyalariga Norika va Dalmatsiyaning temir konlariga yaqin Milan, Akvileya va boshqa hunarmandchilik markazlari vujudga keldi. Ayniqsa Akvileya shahri metall buyumlar va qurol – yarog’, shisha, zargarlik buyumlari, cherepitsa ishlab chiqaradigan yirik hunarmandchilik markaziga aylandi. Eramizning I-II asrlarida barcha provintsiyalarda savdo aloqalari keng rivojlandi. Italiya savdogarlari Ispaniya, Suriya, Dakiya, Misr, Mavritaniya va Britaniyaga kirib bordilar. Gall kema egalari, savdogarlari Italiya, Reyn viloyatlari va ispan provintsiyalari bilan faol savdo qildilar. Pal’mira savdogarlari Dakiya va Misrga kirib bordilar. Shaharlarda ko’plab savdo do’konlari va omborxonalar qurila boshlandi. Eramizning II asrida Rimda ulkan besh qavatli Trayan bozori qurildi. Savdo – sotiqning rivojlanishi provintsiyani maxsulot ishlab chiqarishini ixtisoslashuviga olib keldi. Ispaniya zaytun moyi va vino, Galliya vino, shisha idishlari, jun maxsulotlari, Misr g’alla, papirus, granit, shisha buyumlari, Suriya vino, zarbob gazlamalar va zeb – ziynat buyumlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan edi. Savdogarlar, xunarmandlar kollegiyalarga birlashdilar. Savdo taraqqiyoti sarroflik va sudxurlikni rivojlanishiga turtki bo’ldi. Tashqi savdo rimliklar uchu foydali edi. Rim imperiyasi qora dengiz hududlari, sharqiy Yevropa , Eron , O’rta Osiyo va Hindiston bilan muntazam savdo aloqalarini o’rnatdi. Eramizning II asrida Sharqdan 3 savdo yo’li O’rta Er dengizi qirg’oqlariga borar edi. Petra- Transiordaniya- Damashq- O’rtayerdengizi, Frot –Palmira-Damashq-O’rtayerdengizi, Hindiston- Arabiston-Iskandariya. Afrika provinsiyalaridan Rim savdogarlari Efiopiya, Mavritaniya va hatto Markaziy Afrikagacha kirib bordilar. Imperiya davrida yangi tanga “aureus” zarb qilina boshlandi. O’ng tomonida xukmdor imperator tasviri tushirilgan edi. Rim tilla tangasi yuqori baholanar edi. Ko’p tarqalgan Rim tangalaridan biri-kumush denariy edi. Eramizning I asrida u sof kumushdan, eramizning II asrining oxiridan esa mis qo’shib, tarkibida 50% kumush bilan zarb qilina boshlandi. Mis tanga asosan mahalliy muomilada foydalanilar edi. Mayda savdoda asosan mis tanga- sestertsiy (4ass) va dupandiy (2ass) ishlatilar edi. XULOSA Xulosa qilib aytganda Eramizning I-II asrlarida Rim jamiyati quldorlik jamiyati edi. Uning asosiy qatlamlari qullar va quldorlar bo’lib, ulardan tashqari mayda ishlab chiqaruvchilar, kichik chek erlarning egalari yoki ijarachilar kichik hunarmandchilik ustaxonalari egalari, mayda savdogarlardan iborat edi. Tabaqalar o’rtasida kuchli ijtimoiy ziddiyatlar mavjud edi. Jamiyatda asosiy ishlab chiqaruvchi kuchlar qullar edi. Eramizning I-II asrlarigacha quldorlik xo’jaliklarida qullarga bo’lgan ehtiyoj urushlar natijasida qondirilgan edi. Eramizning II asrida istilochilik urushlarining nixoyasiga etishi qullar oqimining Rimga kelishini keskin kamaytirdi. Lekin quldorlik xo’jaliklarida qul mexnatiga ehtiyoj juda kuchli edi. Bu xollar qullar narxining keskin o’sishiga olib keldi. Qul mehnatini unumdorligi manfaatdor quldorlar qullarning maishiy sharoitini o’zgartirishga majbur bo’ldilar. Qishloq pomestiylari va shaharlarda qul cho’rilar soni o’sib bordi, qullarga oila qurishga ruxsat berildi, va ular rag’batlantirildi. Qullikda tug’ilgan bolalar (Ularni vernlar deb atashgan) biror bir hunarga o’rgatilgan bo’lib, qul bozorlarida yuqori boholanar edi. Qullarni oila qurishini rag’batlantirgan quldorlar qul oilasi uchun chek er, mexnat quroli, kulba, kichikroq dukon, bir necha qora mol ajratar edilar. Quldor tomonidan ajratilgan bunday mulk “pekuliy” deb atalgan. Eramizning I-II asrlarida pekuliy keng tarqaldi. Quldor sovg’a qilgan yerini istalgan paytida tortib olishi mumkin edi. Qullarning huquqiy holati ham o’zgardi. Imperator Adrian qullarni sababsiz o’ldirishni taqiqladi. Eramizning II asrida yerni ijaraga berish va kolonat keng tarqaldi. Kolon huquqiy jihatdan erkin kishi bo’lib, yer egasidan shartnoma muddati tugagandan so’ng ketishi mumkin edi. Shartnoma odatda 5 yil muddatga tuzilar edi. Kolon 5 yil davomida qarz va boshqa turli majburiyatlat turi bilan o’ralib, huquqiy jihatdan o’z yeridan ketishi mumkin emas edi. U noiloj bu yerda uzoq muddat ishlar edi. Erkin, o’z yerini yo’qotgan dehqon, batrak va erkin qo’yilgan qul, yerni ishlashga qaytgan shahar plebeyi kolonga aylanishi mumkin edi. Yerga biriktirilgan qullar ham kolonga aylanar edilar. Kolonatni yana bir manbasi chegara provinsiyalarda asir olingan yerga joylashtirilgan varvarlar edi. Download 90.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling