Muqaddima
INTEGRATIV FAOLIYATLAR OLIY NERV FAOLIYATI SHARTSIZ
Download 4.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Normal Fiziologiya Qodirov
INTEGRATIV FAOLIYATLAR OLIY NERV FAOLIYATI SHARTSIZ
REFLEKS VA INSTINKTLAR Organizmni o ‘ zi yashashga moslashgan tashqi muhitdan ajratib bo`lmaydi. Bir butun bo'lgan organizmning tashqi muhit bilan aloqadorligi xilma-xil bolib, turli funksional tizimlar (ovqatlanish, nafas, ajratish) orqali amalga oshiriladi, Bu tizimlar ichida eng muhimi nerv tizimidir. Oliy nerv faoliyati deb, nerv tizimining organizmning tashqi muhit bilan o'zaro munosabatlarini yuzaga chiharishiga qaratilgan faoliyati ataladi. Oliy nerv faoliyati reflektor faoliyatdir. Bu faoliyat organizmning tashqi muhit o ‘ zgarishLariga moslashishni ta‘minlaydi. Bunga, eng awalo, nasldan-naslga oladigan shakldagi reaksiyalar yordamida erishiladi. Avlodlar tajribasi asosida filogenezda hosil bo`lgan moslashish reaksiyalariga sodda shartsiz reflekslar va instinktlar, ya‘ni nurakkab shartsiz reflekslar kiradi. Shartsiz refleks tug'ma bolib, retseptor sohasi adekvat ta‘sirlaganda qonvmiy ravishda ma‘lum reflektor yoy bo‗ylab rivojlanadigan reaksiya hisoblanadi. Bu reflekslar turli galdagi somatik, visseral va vegetativ jarayonlarni birlashtirib, organizm ichki muhitining doimiyligi saqlani- shini va uning tashqi muhit bilan o'zaro bog‘lanishlarini ta‘minlaydi. Shartsiz reflekslar juda xilma-xil, ularning turlari va tasnifi to ‘ g ‘ risida yuqorida aytib o'tilgan edi. Organizmning hayotida, uning muhit o'zgarishlariga moslashishida sodda shartsiz reflekslar bilan bir qatorda instinktlarning ham ahamiyati katta. I. P. Pavlov bularni murakkab shartsiz reflekslar, deb ifodalagan. Instinktlar maqsadga erishishga qaratilgan xatti-harakatlarning tug ‘ ma turi bolib, ular ontogenetik rivojlanish jarayonida ro'yobga chiqadi va turning har bir namoyondasida tegishli rag ‘ bat yoki sharoit yuzaga kelganda, o ‘ zgarmas holda kuzatiladi. Ovqatlanish, taqlid qilish, ko ‘ payish va boshqa instinktlar individual hayotda va tumi saqlanishida muhim rol o ‘ ynaydi. Instinktlarning oddiy shartsiz reflekslardan farqi shundaki, ular bir nechta reflektor hakrakatlardan iborat bo`ladi. Instinktning asosini va uning birinehi bosqichini organizmning ichki biologik ehtiyoji tashkil qiladi. Bu ehtiyoj (ochlik, jinsiy qo ‘ zg ‘ alish, qo ‘ rqish) ma‘lum intilishni (motivatsiyani) shakllaydi va unga erishish uchun organizm bir qator stereotip (doim bir xil bo`lgan) xatti- harakatlarni bajaradi. Instinktli faoliyatning yuzaga chiqishida limbik tizim va ichki sekretsiya bezlari katta ahamiyatga ega. Shuningdek, bu faoliyat tashqi muhit o ‘ zgarishlariga ham bog ‘ liq. Masalan, qushlarda in qurish, bola ochish instinkti paydo bolishi uchun kunlar uzayib, havo isishi kerak. Odamning odob-axloqi ko ‘ p jihatdan jamiyatnnng ijtimoiy qonunlariga bog‘liq bo`ladi. Shu tufayli, odamning instinktlari o ‘ zgargan va ong nazoratiga bo ‘ ysunadi. 278 Shartsiz reflekslar va instinktlar qanchalik muhim bo`lmasin, ularning moslashish uchun ahamiyatini mubolag ‘ a qilmaslik kerak. Gap shundaki, bu faoliatlar bir organizmning deyarli o ‘ zgarmaydigan sharoitlarda moslashishini ta‘min- laydi. 0 ‘ zlari ham o'zgarmaydi. Organizmning uzluksiz o ‘ zgaruvchan sharoitlarga moslashishi uchun faqat shartsiz reflekslarning va instinktlarning o ‘ zi kifoya qilmaydi. Download 4.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling