Muqaddima
PLAZMA OQSILLARI VA ULARNING AHAMIYATI
Download 4.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Normal Fiziologiya Qodirov
PLAZMA OQSILLARI VA ULARNING AHAMIYATI
Qon plazmasi oqsillarini elektr maydonida harakatlantirish tezligi va boshqa xususiyatlariga qarab bir nechta fraksiyaga ajratish mumkin. Bulardan asosiylari albuminlar (4%), globulinlar (2,8%) va fibrinogendir (0,4%). Bu oqsillarning molekulyar massasi 44000 dan 1300000 gacha bo`lib, molekulalarining diametri 1-100 nm. Albuminlar va fibrinogen jigarda, globulinlar esa jigar, ko‘mik, taloq, limfa tugunlarida hosil bo`ladi. Qon plazmasi oqsillari quyidagi xilma-xil vazifalarni bajaradilar. 1. Oqsillar colloid-osmotik bosimni hosil qiladi (o‘rta hisobda 25-30 mm. simob ustuni). Onkotik bosim to‘qimalar bilan qon o‘rtasidagi suv almashinuvini tartibga solish uchun zarur. 2. Oqsillar bufer xossalarga ega bo`lganidan, qonning kislotali-ishqoriy muvozanatini saqlashda ishtirok etadilar. 3. Oqsillar qon plazmasining yopishqoqligini ta‘minlaydi. 4. Plazma oqsillari eritrotsitlarni tez cho‘kishiga yoi qo‘ymaydi. 5. Plazma oqsillari qon ivishida muhim rol o‘ynaydi. 6. Qon plazmasi oqsillari immunitetning muhim omili hisoblanadi. 7. Qon plazmasi oqsillari tashuvchi vazifani bajaradi. Masalan, qondagi kalsiyning 2/3 qismi oqsillar bilan birikkan. Albuminning 1 molekulasi 25-50 molekula bilirubinni biriktirishi mumkin. Misning 90% α 2 -globulinlar fraksiyasiga bog‘liq 121 (seruloplazmin), temir ham β-globulinlarga bog‘liq bo`lib, transferin hosil qiladi. Tiroksinni bog‘lovchi oqsil, qalqonsimon bez gormoni – tiroksin tashilishini ta‘minlaydi. 8. Oqsillar - oziq modda. Plazmadagi umumiy miqdori 200 g. Bu miqdorni yetarli zahira deb, hisoblash mumkin. Odam organizmida bir kecha-kunduzda 17 g albumin va 5 g globulin sarflanadi va shuncha oqsil hosil bo`ladi. Albuminlarning yarim parchalanish davri 10-15 kun, globulinlarniki 5 kun. Download 4.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling