Muqaddima


QONNING SHAKLLI ELEMENTLARI


Download 4.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/264
Sana03.11.2023
Hajmi4.57 Mb.
#1743031
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   264
Bog'liq
Normal Fiziologiya Qodirov

QONNING SHAKLLI ELEMENTLARI 
 
Odam qonida uch turdagi hujayralar uchraydi: eritrotsitlar (qizil qon tanachalari), 
leykotsitlar (oq qon tanachalari) va trombotsitlat (qon plastinkalari). Qonning bu shaklli 
elementlari soni, tuzilishi, yetilishi, bajaradigan vazifasi bilan bir-biridan farq qiladi. 
Eritrotsitlar qondagi son jihatidan eng ko‘p bo`lgan shaklli element. Eritrotsitlarning 
eng asosiy xususiyati yadrosizligidir. Erkaklar qonining 1 mkl da o‘rta hisobda 5,1 mln, 
ayollarnikida esa – 4,6 mln eritrotsit bo`ladi. 
Eritrotsitlarning soni fiziologik va patologik holatlarda o‘zgarib turadi. Ular sonining 
oshishi eritremiya, kamayishi – eritropeniya yoki anemiya, deyiladi. Eritremiya baland 
tog‘ga ko‘tarilganda, odam organizmini kislorod bilan ta‘minlashni qiyinlashtiradigan 
kasallik 
rivojlanganda (o‘pka, yurakning surunkali kasalliklarida), kislorod 
yetishmovchiligi tufayli yuzaga chiqadi. 
Eritropeniyaga eritrotsitlar yaralishining sekinlashishi, tez yemirilib ketishi yoki qon 
yo‘qotilishi sabab bo`ladi. 
Katta odamning qonida jami 25x10
12
-30x10
12
eritrotsit bo`ladi. Qondagi eritrotsitlar 
yig‘indisi eritron deyiladi. 
Eritrotsitning tuzilishida tayanch – stroma va yuza qavati – qobig‘i tafovut qilinadi. 
Qobiqning tuzilishida boshqa hujayra membranalarining tuzilishidan farq yo‘q. Uning 
kationlar uchun o‘tkazuvchanligi juda past, ammo anionlarni bemalol o‘tkazadi. 
Eritrotsitlar massasining 34% quruq modda, quruq moddaning 90% gemoglobin. 
Odam eritrotsitlari o‘ziga xos shaklga ega: o‘rtasi yupqa kulchaga o‘xshaydi (31-
rasm). Diametri 7,2-7,5 mkm, qalinligi 2,2 mkm. Eritrotsitning o‘rtacha hajmi 90 mkm
3

Katta odam qonidagi barcha eritrotsitlarning umumiy yuzasi 3000 m
2
, ya‘ni butun gavda 
yuzasidan 1500 marta ortiq. Bunday katta yuzaning hosil bo`lishi bir tarafdan eritrotsitlar 
soniga bog‘liq bo`lsa, ikkinchidan shakliga bog‘liq. Agar eritrotsit shakli shar shaklida 
bo`lganda, yuzasi 20% kam bo`lar edi. Bunday sharning radiusi 2,5 mkm ni tashkil 
qilardi yoki yuzasidan eng uzoq nuqtasigacha bo`lgan masofa 2,5 mkm ga teng bo`lar 
edi. Kulchasimon eritrotsitlar qobig‘idan eng uzoq nuqtasigacha bo`lgan masofa 1 mkm 
dank kam. Demak, eritrotsitlar ichida eng chuqur joylashgan gemoglobinning 
molekulasigacha kislorod tez yetib boradi. 
Eritrotsitlarning o‘ziga xos shakli va yadrosizligi kislorodni o‘pka kapillyarlaridan 
o‘tayotganda tezroq biriktirib olish va to‘qimalarga toia yetkazishga qaratilgan. Yadroli 
hujayralarda modda almashinuvi va unga aloqador kislorod sarfi bir necha o‘n marta 
yuqori bo`ladi. 

Download 4.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling