Muqaddima
QON IVISHIGA QARSHI TIZIM
Download 4.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Normal Fiziologiya Qodirov
QON IVISHIGA QARSHI TIZIM
Qom ivishini ta‘minlovchi omillarning hammasi tomirlardagi qonda mavjud bo`llishiga qaramay, u ivib qolmaydi. Bu qonda ivish tizimi bilan bir qatorda, uning ivishini oldini oluvchi tizim borligiga bog‘liq. Ivishga qarshi tizim ham o‘z ichiga anchagina omillarni qamrab olgan. Ularga birinchi galda antitromboplastinlar kiradi. Antitromboplastinlar XII omil va protrombinni trombinga aylanishini ingibirlovchi modda. Qonda bir nechta antitrombinlar bor. Ularning ichida eng kuchlisi antitrombin III. Uning yetishmovchiligi tromboemboliyalarga (qonni tomirlarda ivib qolishiga) sabab bo`ladi. Qon ivishining oldini oluvchi kuchli moddalardan (antikoagulyantlardan) geparinni ko‘rsatish mumkin. U biriktiruvchi to‘qimadagi semiz hujayralarda va bazofillarda sintezlanadi. Geparin ivituvchi omillar faolligini susaytirib, qon ivishining hamma bosqichlarini sekinlashtiradi. Antitromboplastinlar, antitrombinlar va geparin birlamchi anntikoagulyantlarni tashkil qiladi. Bular qonda doim uchraydi. Bulardan tashqari, qon ivish jarayonida paydo bo`ladigan ikkilarnchi antikoagulyantlar ham bor. Masalan, qon iviganda paydo bo`ladigan fibrin trombinning 90% ini o‘ziga biriktirib, nofaol holatga o‘tkazadi. Shu sababdan, fibrinni antitrombin I deyishadi. Fibrin hosil bo`lish jarayonida fibrinogendan ajralib chiqqan peptidlar ham antikoagulyantlik xossasiga ega. Fibrin parchalanganida (fibrinoliz jarayonida) juda kuchli antikoagulyantlar paydo bo`ladi. Ular trombin faolligini tormozlaydi, trombotsitlarninf g‘ujlanishiga yoi qo‘ymaydi. Qon ivishining hamma bosqichlarida jarayon tezligini chegaralovchi omillar o‘z- o‘zidan paydo bo`ladi. Qonning suyuqligicha qolishinin boshqa sabablari ham bor. Tomirlar endoteliyining silliqligi xageman omilining faollanishiga va trombotsitlarning yopishib qolishiga xalaqit beradi. Qon tomirlarning ichki yuzasi va shaklli elementlar manfiy zaryadga ega. Demak, shaklli elementlar tomirlar yuzasidan qochadi. Tomirlar yuzasi juda yupqa qavaddan iborat erigan fibrin bilan qoplangan. U ivituvchi faol omillarni, xususan trombinni o‘ziga 130 biriktirib oladi. Qonning oqimi tez bo`lganidan, gemokoagulyatsiya omillarining bir joyda ko‘p miqdorda yug‘ilib qolishiga yoi qo‘ymaydi. Download 4.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling