Muqaddima
QON IVISH JARAYONI ASOSLARI
Download 4.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Normal Fiziologiya Qodirov
QON IVISH JARAYONI ASOSLARI
A.Shmidt va P.Morovis asos solishgan, hozir hamma e‘tirof qilgan qon ivish nazariyasi fermentativ nazariya, deyiladi. Bu nazariyaga ko‘ra, plazmada erigan fibrinogen trombin fermenti ta‘sirida erimaydigan fibringa aylanadi. Fibrin ipsimon strukturaga ega bo`ladi. Ikkilarnchi gemostaz bbesh bosqichga bo`linadi. Birinchi bosqich – tromboplastin hosil bo`lishi bosqichi. Tromboplastin deganda qonning protrombinni trombinga aylantiradigan fermentativ faolligini tushunish kerak. ―Tromboplastin‖ so‘zi o‘rniga ―Trombokinaza‖ atamasi ham ishlatiladi. Tomirda yurgan qonda tromboplastin bo`lmaydi. U qon plastinkalari parchalanganda (qon tromboplastini) yoki to‘qimalar shikastlanganda (to‘qima tromboplastini) ajraladigan yog‘simon (lipid) omil va plazma omillari ishtirokida hosil bo`ladi. Ikkinchi bosqich – trombin hosil bo`lishi. Tromboplastin plazmada uchraydigan oqsil protrombinga nisbatan proteolitik faollikka ega. Protrombin α 2 -globulin bo`lib, molekulyar massasi 66800. Plazmada 10-15 mg% protrombin bor. U jigarda sintezlanadi va bu jarayon K vitaminiga muhtoj. Shuning uchun K vitamini yetishmaganda, qonning ivishi buziladi. Protrombin tromboplastin ta‘sirida Ca 2+ ionlari hozirligida trombinga aylanadi. Trombin – peptidaza, u fibrinogenni qisman parchalash qobiliyatiga ega. Uchinchi bosqich – fibrin hosil bo`lishi. Fibrin hosil bo`lishining birinchi bosqichida fibrinogen (m. m – 340000) trombin ta‘sirida ikki nimtaga bo`linadi. Bu nimtalardan o‘z navbatida ikkita aminopeptid – A va B ajraladi. Nimtalarning qolgan qismlari fibrin- monomer, deb ataladi. Fibrin-monomerning molekulalari bir qatorga tizilib, polimerizatsiyaga uchraydi. Polimerizatsiya uchun plazma omili fibrinopeptid A va kalsiy kerak. Fibrin-polimer gelni hosil qiladi. To‘rtinchi bosqich – laxta retraksiyasi. Trombotsitlar parchalanganda ulardan maxsus omil – tromostenin ajraladi. Trombostenin ta‘sirida fibrin iplari qisqaradi. Bu qisqarish natijasida oldin hosil bo`lgan amorf laxtaning hajmi kamayib, ixchamlashadi. Bu jarayon retraksiya, deyiladi. Retraksiya natijasida laxta zichlashadi, jarohatlangan joyning yuzasi kamayadi, yaraning bitishi tezlashadi. 128 Beshinchi bosqich – fibrinoliz. Plazma globulinlaridan biri plazminogen (profibrinolizin) to‘qima yoki qon omillari ta‘sirida faol proteolitik ferment plazminga (fibrinolizinga) aylanadi. Plazmin fibrinni parchalab, trombni yo‘qotadi. Download 4.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling