Muqaddima
Download 4.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Normal Fiziologiya Qodirov
- Bu sahifa navigatsiya:
- QON PLASTINKALARI
- QON OQISHNING TO’XTASHI (GEMOSTAZ)
Monotsitlat – leykotsitlarning eng kattasi. Ularning diametri 12-20 mkm.
Monotsitlarning nisbiy miqdori 4-8%. Ko‘mikda hosil bo`ladi, ammo qonda xali yetilmagan holda paydo bo`ladi. Qon tomirlardan monotsitlar atrofdagi to‘qimalarga chiqib, yetiladi va harakatsiz hujayralarga – gistiotsit va makrofaglarga aylanadi. Makrofaglar kislotali sharoitda ham fagotsitar va hazm qilish faolligini saqlab qoladi. QON PLASTINKALARI Qon plastinkalari (trombotsitlar) diametri 2-5 mkm bo`lgan oval shaklidagi plazmatik tuzilmalardir. Ko‘mikda va taloqda gigant hujayralar – megakariotsitlardan hosil bo`ladi. Trombotsitlarning soni 1 mm 3 qonda 200-400 ming. Ovqat hazm qilish, jismoniy ish bajarish, homiladorlik trombotsitlar sonini oshiradi. Kunduzi qonda trombotsitlar soni tundagidan ko‘p bo`ladi. Qon ivish jarayonida muhim rol o‘ynaydi. Tomirlarni toraytiruvchi modda – serotonin, tomirlarni kengaytiruvchi modda – gistamin trombotsitlarda sezilarli miqdorda topiladi. Trombotsitlar va ularga bog`liq omillar qon ivishida ishtirok etadi. Bundan tashqari, trombotsitlar tomirlarning endotelial hujayralariga ularning faoliyati mo‘tadil bo`lishi uchun zarur moddalarni yetkazib turadi. Endotelial hujayralar bir kecha-kunduzda qondagi trombotsitlarning 15% ini qamrab oladi va shu tarzda kerakli moddalardan foydalanadi. Trombotsitlar bilan aloqadorligini yo‘qotgan endoteliy distrofiyaga uchraydi va tomir devori orqali eritrotsitlar to‘qimalarga o‘ta boshlaydi. 127 QON OQISHNING TO’XTASHI (GEMOSTAZ) Qonning ivishi – suyuq holatdan jelesimon lahtaga aylanishi organizmning qon yo‘qotishga to‘sqinlik qiladigan muhim biologik himoya reaksiyasidir. Sog‘lom odamda mayda qon tomirlar jarohatlanganda qon oqishi 1-3 minutda to‘xtaydi. Bu birlamchi gemostaz bo`lib, uning quyidagi bosqichlari tafovut qilinadi: 1) shikastlangan tomirlarning reflektor torayishi (spazm). Qon tomirlarning torayishini serotonin va katexolarninlar ta‘minlaydi. 2) trombotsitlar adgeziyasi, ya‘ni manfiy zaryadga ega trombotsitlarning shikastlanish natijasida zaryadi musbat bo`lib qolgan qon tomir devoriga yopishishi. 3) tormbotsitlarning qaytar agregatsiyasi. Bunda hosil bo`lgan trombotsitar tromb o‘zidan qon plazmasini o‘tkazib yuboradi lekin shaklli elementlarni o‘tkazmaydi. 4) trombotsitlarning qaytmas agregatsiyasi. Endi tormb qon shaklli elementlarini ham plazmani ham o‘tkazmaydi. 5) lahta retraksiyasi. Download 4.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling