Muqaddima


Download 4.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/264
Sana03.11.2023
Hajmi4.57 Mb.
#1743031
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   264
Bog'liq
Normal Fiziologiya Qodirov

Monotsitlat – leykotsitlarning eng kattasi. Ularning diametri 12-20 mkm. 
Monotsitlarning nisbiy miqdori 4-8%. Ko‘mikda hosil bo`ladi, ammo qonda xali 
yetilmagan holda paydo bo`ladi. Qon tomirlardan monotsitlar atrofdagi to‘qimalarga 
chiqib, yetiladi va harakatsiz hujayralarga – gistiotsit va makrofaglarga aylanadi. 
Makrofaglar kislotali sharoitda ham fagotsitar va hazm qilish faolligini saqlab qoladi. 
QON PLASTINKALARI 
 
Qon plastinkalari (trombotsitlar) diametri 2-5 mkm bo`lgan oval shaklidagi plazmatik 
tuzilmalardir. Ko‘mikda va taloqda gigant hujayralar – megakariotsitlardan hosil bo`ladi. 
Trombotsitlarning soni 1 mm
3
qonda 200-400 ming. Ovqat hazm qilish, jismoniy ish 
bajarish, homiladorlik trombotsitlar sonini oshiradi. Kunduzi qonda trombotsitlar soni 
tundagidan ko‘p bo`ladi. Qon ivish jarayonida muhim rol o‘ynaydi. Tomirlarni 
toraytiruvchi modda – serotonin, tomirlarni kengaytiruvchi modda – gistamin 
trombotsitlarda sezilarli miqdorda topiladi. 
Trombotsitlar va ularga bog`liq omillar qon ivishida ishtirok etadi. Bundan tashqari
trombotsitlar tomirlarning endotelial hujayralariga ularning faoliyati mo‘tadil bo`lishi 
uchun zarur moddalarni yetkazib turadi. Endotelial hujayralar bir kecha-kunduzda 
qondagi trombotsitlarning 15% ini qamrab oladi va shu tarzda kerakli moddalardan 
foydalanadi. 
Trombotsitlar bilan aloqadorligini yo‘qotgan endoteliy distrofiyaga uchraydi va tomir 
devori orqali eritrotsitlar to‘qimalarga o‘ta boshlaydi. 


127 
QON OQISHNING TO’XTASHI (GEMOSTAZ) 
 
Qonning ivishi – suyuq holatdan jelesimon lahtaga aylanishi organizmning qon 
yo‘qotishga to‘sqinlik qiladigan muhim biologik himoya reaksiyasidir. 
Sog‘lom odamda mayda qon tomirlar jarohatlanganda qon oqishi 1-3 minutda 
to‘xtaydi. Bu birlamchi gemostaz bo`lib, uning quyidagi bosqichlari tafovut qilinadi: 1) 
shikastlangan tomirlarning reflektor torayishi (spazm). Qon tomirlarning torayishini 
serotonin va katexolarninlar ta‘minlaydi. 2) trombotsitlar adgeziyasi, ya‘ni manfiy 
zaryadga ega trombotsitlarning shikastlanish natijasida zaryadi musbat bo`lib qolgan qon 
tomir devoriga yopishishi. 3) tormbotsitlarning qaytar agregatsiyasi. Bunda hosil bo`lgan 
trombotsitar tromb o‘zidan qon plazmasini o‘tkazib yuboradi lekin shaklli elementlarni 
o‘tkazmaydi. 4) trombotsitlarning qaytmas agregatsiyasi. Endi tormb qon shaklli 
elementlarini ham plazmani ham o‘tkazmaydi. 5) lahta retraksiyasi. 

Download 4.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling