Muqaddima


Download 4.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/264
Sana03.11.2023
Hajmi4.57 Mb.
#1743031
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   264
Bog'liq
Normal Fiziologiya Qodirov

Gemoglobin. Eritrotsitlar vazifasining amalga oshishi murakkab kimyoviy birikma – 
gemoglobinga bog‘liq. Tarkibida temir bo`lgan 4 gem molekulasi va bir oqsil globin 
molekulasidan tashkil topgan bu xromoproteid kislorodni biriktirish va ajratish 
qobiliyatiga ega. Gemoglobinning molekulyar massasi 64458. Kislorodni biriktirish va 


122 
ajratish vazifasini gem molekulasidagi ikki valentli temir bajaradi. Globin esa gemni olib 
yuruvchi albuminlar turkumiga kiradigan oqsil. 
Har bir eritrotsitda 400 mln gemoglobin molekulasi bor. Katta odamning qonidagi 
konsentratsiyasi 14 g%, umumiy miqdori esa 600 g chamasida. 
O‘pka kapillyarlaridan o‘tayotgan eritrotsitlardagi gemoglobin oksigenatsiyaga 
uchrab, oksigemoglobinga (HbO
2)
) aylanadi, to‘qima kapillyarlarida dezoksigenatsiya 
jarayoni ro‘y berishi tufayli, kislorod erkinlashadi va to‘qimalarga o‘tadi. Kislorodni 
yo‘qotgan oksigemoglobin dezoksigemoglobin, deyiladi. Arteriya qonining qip-qizil 
bo`lishi oksigemoglobinga bog‘liq. 
Gemoglobinning 1 g 1,34 sm
3
kislorod biriktirib olishi mumkin. Demak, qondagi 
mavjud 600g gemoglobin kislorodga to‘yinsa, 800 sm
3
kislorodni bog‘laydi. 1 sm
3
qon 
biriktirib olishi mumkin bo`lgan kislorod miqdori qonning kislorod sig‘imini belgilaydi. 
Sog‘lom odam qonining kislorod sig‘imi taxminan 0,19 sm
3

Gemoglobinni ko‘mikdagi eritroblastlar va normoblastlar sintezlaydi. Eritrotsitlar 
qarib, yemirilgandan so‘ng, ulardagi gemoglobin parchalanadi va gemdan o‘t pigmenti – 
bilirubin hosil bo`ladi. Bir kecha-kunduzda organizmdagi gemoglobinning 1% ga yaqini 
parchalanadi. 
Oksigemoglobin, dezoksigemoglobindan tashqari, qonda gemoglobin karbonat 
angidrid bilan birikib, karbogemoglobin (HbCO
2
) hosil qiladi. Bu birikma modda 
almashinuvi natijasi bo`lgan CO
2
ning tashilish shakllaridan biri. Oksigemoglobin, 
dezoksigemoglobin va karbgemoglobin gemoglobinning fiziologik birikmalaridir. Ba‘zi 
sharoitlarda uning g‘ayri-tabiiy birikmalari ham paydo bo`lishi mumkin. Gemoglobin is 
gazi (CO) bilan juda oson birikadi va karboksigemoglobin (HBCO) hosil qiladi. Bu 
birikmaning parchalanishi juda qiyin. Shuning uchun nafasga olinadigan havoda CO oz 
miqdorda bo`lsa ham tezda qondagi gemoglobinning ko‘p miqdorini egallab oladi. 
Natijada qon kislorod tashish qobiliyatini yo‘qotadi. Organizmda kislorod 
yetishmovchiligining og‘ir asoratlari (qayt qilish, bosh og‘rishi, xushdan ketish) 
rivojlanadi. 
Zaharlanish uncha kuchli bo`lmasa, toza havoda nafas olish karboksigemoglobinning 
asta-sekin parchalanishi va organizmning is gazidan xalos bo`lishiga olib keladi. 
Zaharlangan odamni sof kislorod bilan nafas oldirilsa, karboksigemoglobinning 
parchalanishi 200 marta tezlashadi. Tabiiy sharoitda gemoglobinning faqat 1% is gazi 
bilan birikkan. Organizmga oksidlash qobiliyatiga ega bo`lgan dorivor yoki boshqa 
moddalar (kaliy permanganat, bertolet tuzi, anilin, fenatsetin) kiritilsa, metgemoglobin 
(MetHb) hosil bo`ladi. Bu moddalar ta‘sirida gemoglobin chindan ham oksidlanadi, 
uning molekulasidagi 2 balentli temir 3 valentli shklga o‘tadi. Endi gemoglobinga 
birikkan O
2
ajralmaydi. Metgemoglobinninh miqdori qonda ko‘payib ketsa, hayot uchun 
xavf tug‘iladi. 

Download 4.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling