Muqaddima


Download 4.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/264
Sana03.11.2023
Hajmi4.57 Mb.
#1743031
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   264
Bog'liq
Normal Fiziologiya Qodirov

QON PLAZMASI 


120 
 
Qonning shaklli elementlardan ajratilgan qismi plazma, deyiladi. Uning 90% suv, 7-8% 
oqsillar, 1,1% boshqa organic moddalar va 0,9% anorganik tuzlardan iborat. 
Tomirlarda harakat qiluvchi qon plazmasi tomirlar ichidagi suyuqlik hajmining 
doimiyligini ta‘minlaydi. Qonning kislota-ishqoriy muvozanati ham plazmaga bog`liq. 
Plazmadagi suv tomirlar ichidagi suv hajmini tashkil qiladi. Bu suv katta yuzaga ega 
bo`lgan kapillyarlar devori orqali doim to‘qima oralig‘idagi suv bilan almashinib turadi. 
Qon va to‘qima suyuqligi o‘rtasida elektrolitlar va kichik molekulali moddalarning 
uzluksiz almashinuvi ham kuzatiladi. Bu ikkila suyuqlik hajmlar (tomirlar ichi va 
to‘qimalararo) eritmalar tarkibi juda o‘xshash. Farq faqat yurik molekulali moddalar
asosan oqsillar miqdorida. Yirik molekulali oqsillar kapillyarlar devoridan to‘qima 
suyuqligiga o‘ta olmaydi. 
Plazma elektrolitlari uning osmotic bosimini, faol reaksiyasini ta‘minlaydi. Bu 
ko‘rsatkichlarning doimiyligi birinchi galda qon hujayralarining mo‘tadil faoliyati, undan 
keyin boshqa hujayralar uchun juda muhim. Plazmadagi elektrolitlarning umumiy 
miqdoridan tashqari, ular orasidagi nisbat ham bir me‘yorda saqlanishi kerak. Shuning 
uchun qonga yuboriladigan va a‘zolar faoliyati tekshirilganda qo`llaniladigan sinama 
eritmalsr qonga nisbatan faqat izotonik emas, balki izoionik bo`lishi maqsadga muvofiq. 
Plazmada oqsillardan tashqari tarkibida azot bo`lgan kichik molekulyar moddalar ham 
bor. Ular plazma oqsillari biror yoi bilan cho‘ktirilgandan keyin ham eritmada qoladi. 
Shu sababdan, qoldiq azot deb ataladi. Bu moddalarning ko‘p qismini siydikchil tashkil 
qiladi. Plazma nooqsil azotining umumiy miqdori taxminan 25-30 mg%. 
Plazmada azotsir organic moddalardan glyukoza (80-120 mg% yoki 4,44-6,66 mmol/l), 
neytral yog‘lar, organic kislotalar mavjud. 
Yog‘ va yog‘simon moddalarning umumiy miqdori 0,4-0,7%. 

Download 4.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling