Muqaddima
Download 4.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Normal Fiziologiya Qodirov
- Bu sahifa navigatsiya:
- QONNING FIZIKAVIY-KIMYOVIY XOSSALARI
QON HAJMI VA TARKIBI
Odamning qoni suyuq plazma va undagi muallaq shaklli elementlardan tashkil topgan. Qonning bu ikki qismi orasida ma‘lum nisbat saqlanadi. Qon hajmining 55%i plazmaga to‘g‘ri keladi, qolgan 45% hajmni shaklli elementlar tashkil qiladi. Qonning umumiy hajmidan eritrotsitlarga to‘g‘ri keladigan qismi gematokrit son, deb ataladi. Erkaklarda gematokrit son 44-46%, ayollarda – 41-43% bo`ladi. Katta odam organizmidagi qonning umumiy miqdori gavda vaznining 6-8%, ya‘ni 4-6 litrni tashkil qiladi. Qonning organizmdagi miqdorini bo‘yoqlar yoki radioaktiv moddalar yordamida aniqlash mumkin. Masalan, kongorot qonga ma‘lum miqdorda yuboriladi. Oz vaqt o‘tishi bilan u qonda tekis taqsimlanadi. Endi tomirdan qon olib, unda bo‘yoq konsentratsiyasi aniqlanadi va bo‘yoqning qonda suyulish darajasiga qarab, qon miqdori hisoblab topiladi. Qonning miqdori nisbatan doimiy bo`lgan ko‘rsatkichlardan biri. Ammo, uzoq vaqt davomida muntazam ravishda jismoniy ish bilan shug‘ullanish, baland tog‘ga ko‘tarilish va shu sharoitda uzoq vaqt bo`lish natijasida organizmning kislorodga bo`lgan ehtiyoji ortadi va qon miqdori ko‘payadi. Organizmdagi qonning hammasi oddiy sharoitda qon tomirlar bo‘ylab harakat qilmaydi. Uning bir qismi zahiralarda saqlanadi. Qon umumiy miqdorining 20% i jigarda, 16% i taloqda, 10% ga yaqini teri tomirlarida bo`ladi va ma‘lum vaqtgacha qon aylanishida ishtirok etmasligi mumkin. Kislorodga ehtiyoj oshganda esa qonning zahiradagi qismi tomirlarga o‘tib, kislorod tashishda ishtirok eta boshlaydi. QONNING FIZIKAVIY-KIMYOVIY XOSSALARI Qonni kolloid-polimer eritma deb hisoblash mumkin. Unda erituvchi sifatida suv bo`lsa, erigan moddalarni tuzlar va kichik molekulalai organik moddalar tashkil qiladi. Kolloid qismi esa oqsil va ularning kompleks birikmalaridan iborat. Qondagi kolloid eritma va shaklli elementlar muallaqligi ma‘lum darajada yopishqoqlikni hosil qiladi. Plazmaning yopishqoqligi 1,7-2,2, butun qonniki esa 5,0. Organizm ko‘p miqdorda suv yo‘qotsa (qattiq terlash yoki ich ketish natijasida), qonning yopishqoqligi ortib, qon aylanishi buzilishi mumkin. Qonning solishtirma og‘irligi 1,060-1,064, plazmaniki esa 1,025-1,034. U juda kam o‘zgaradi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling