Muqaddima


BOSHQA TO’QIMALARNING GORMONLARI


Download 4.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/264
Sana03.11.2023
Hajmi4.57 Mb.
#1743031
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   264
Bog'liq
Normal Fiziologiya Qodirov

BOSHQA TO’QIMALARNING GORMONLARI 
(FIZIOLOGIKFAOL AMINLAR VA PEPTIDLAR) 
 
Tanada keng tarqalgan apudotsitlar sintezlovchi peptid va aminlar orasida ko‘proq 
o‘rganilganlari s e r o t o n i n va g i s t a m i n d i r . 
S e r o t o n i n bosh miyaning ba‘zi qismlaridagi nerv oxirlarida ajraladigan modda. 
Uni ichakdagi enteroxromafin hujayralar ham sintezlaydi. Trombotsitlar tarkibida 
uchraydigan serotonin qon tomirlarni toraytirib, jarohatlangan tomirdan qon oqishi 
to‘xtashini tezlashtiradi. Bu moddaning xulq-atvor shakllanishiga daxli bor. Miya 
tuzilmalarida serotonin miqdorining kamayib ketishi depressiyaga olib keladi. 
G i s t a m i n . Gistidindan kelib chiqadigan gistamin allergik reaksiyalarni paydo 
qiladi. Uning ta‘sirida havo yo`llaridagi silliq muskullar qisqaradi, bronx va bronxiolalar 


114 
torayib, nafas olish qiyinlashadi. Teri qon tomirlarini kengaytiradi va kapillyarlar 
devorining o‘tkazuvchanligini oshiradi. Gistamin gipofiz va gipotalamusda ham 
uchraydi. Bu yerda u mediator vazifasini bajaradi. Uning ta‘sirida me‘da bezlari xlorid 
kislota ajratishni keskin tezlashtiradi. 
K i n i n l a r . 9-11 aminokislotalar qoldig‘idan tashkil topgan va tuzilishi bir-biriga 
yaqin peptidlar kininlarni tashkil qiladi. Ular umumiy o‘tmishdosh – kininogendan kelib 
chiqadi. Kininogenni kininga aylanishi uchun kallikrein fermenti zarur. Bu fermentni 
hazm bezlari, hususan so`lak bezlari ajratadi. Kallikrein qon plazmasining α
2
-globulini 
bo`lgan kininogenni parchalab, polipeptid kallidin hosil qiladi. Kallidin tezda 
bradikininga aylanish qobiliyatiga ega. Kallidin va bradikinin qon tomirlarni sezilarla 
darajada kengaytiradi va kapillyarlar o‘tkazuvchanligini oshiradi. Bu peptidlarni to‘qima 
kinazalari tez parchalaydi. Shu sababdan ularning ta‘siri bir necha daqiqa davom etadi 
xolos. 
Bradikinin issiq sharoitda teri tomirlarini kengaytirib, ter ajralishini ko‘paytirib, tana 
harorati barqarorligini saqlashda ham ishtirok etsa kerak. 
P r o s t a g l a n d i n l a r . Prostaglandinlar (PG) - turli jarayonlarga ta‘sir qiladigan 
moddalar. Ular hamma hujayralarning membranasida uchraydigan araxidon kislotadan 
sintezlanadi. Prostaglandinlar ilk bor urug suyuqligida topilgan, ammo ularni 
organizmdagi deyarli hamma hujayralar ishlab chiqarishi mumkin. Prostaglandinlarning 
bir nechta turlari tafovut qilinadi: PGA, PGE, PGG. Bulardan kelib chiqqan trombaksan 
va prostatsiklinlar ham fiziologik faollikka ega. 
Prostaglandinlar sog odamlarda va qon bosimi yuqori odamlarda tomirlarni 
kengaytirib, arterial qon bosimini pasayriradi. Bundan tashqari, ajralayotgan siydik 
hajmini va undagi natriy miqdorini ko‘paytiradi. 
Havo yo`llaridagi silliq muskullar ham prostaglandinlar ta‘sirida bo‘shashadi, 
bronxlar kengayadi. Ammo bachadon va me‘da-ichak tizimi a‘zolaridagi silliq muskullar 
bu moddalar ta‘sirida qisqaradi. Me‘da bezlari prostaglandinlar ta‘sirida shira tarkibida 
xlorid kislota ajratishni kamaytiradi. Buning natijasida me‘dada peptik yaralar paydo 
bo`lish havfi kamayadi. 
Prostaglandinlar ba‘zi bir endokrin bezlarda (buyrak usti bezlarining po‘stloq qavatida 
va qalqonsimon bezda) gormonlarning sintezlanishini tezlashtiradi. 
Prostaglandinlar qon ivishiga ham sezilarli ta‘sir ko‘rsatadi. Prostatsiklin tomirlarni 
kengaytiradi va trombotsitlar agregatsiyasini (g‘uj bo`lib, bir-biriga yopishishini) 
tormozlaydi. Natijada jarohatlangan tomirlardan qon oqish vaqti ortadi. Tromboksan esa 
tomirlarni toraytirib, trombotsitlar agregatsiyasini tezlashtiradi, binobarin qon oqish vaqti 
kamayadi. Prostaglandinlar tana haroratini oshirish qobiliyatiga ega. Shuning uchun 
ularning sintezini tormozlovchi moddalar, masalan, aspirin isitmani tushiradi. 
P substansiya, enkefalin va endorfinlar. Bu moddalar og'riqni sezish va hissiyotlar 
shakllanishida katta rol o'ynaydi. 
P substansiya og‘riqni kuchaytiradigan va o‘zgartiradigan modda. Tashqaridan 
organizmga kiritilgan P modda qon tomirlarni kengaytiradi. Qon tomirlardan boshqa 
barcha a‘zolardagi silliq muskullarning qisqarishiga olib keladi. Bulardan tashqari, 
so`lak, me‘daosti bezi shirasi va o‘t-safro ajralishini tezlashtiradi. 
Enkefalin va endorfinlar esa organizmning o‘zi sintezlaydigan narkotiklardir. 
Tashqaridan kiritilgan morfinga (ko‘knoridan olinadigan dori) o‘xshab, bu moddalar 
og‘riq sezgisini kamaytiradi. Bundan tashqari, bu endogen xolatlar qora dori yuzaga 


115 
keltiradigan hissiyot – kayf shakllanishini ta‘minlaydi. Ammo odam ularga o‘rganib 
qolmaydi. 
Sog‘lom organizmning og‘riqni sezmasligi og‘riqni paydo qiluvhi va og‘riqni 
yo‘qotib turuvchi tizimlarning muvozanatda bo`lishiga bog‘liq. 
Endorfinlar ishlab chiqarilishini ba‘zi ta‘sirlar, masalan, igna sanchish ko‘paytiradi. 
Buyraklarning 
yukstaglomerulyar 
apparatida 
sintezlanadigan 
eritropoetinni, 
timusning gumoral omillarini va boshqa moddalarni ham to‘qima gormonlariga qo‘shish 
mumkin. 

Download 4.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling