Muqaddima
Download 4.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Normal Fiziologiya Qodirov
ENTERIN GORMONLAR TIZIMI
S e k r e t i n . Birinchi kashf etilgan gastrointestinal gormon. Sekretinni 1902-yilda ingliz olimlari Beyliss va Starling kashf etganlar. ―Gormon‖ atamasi ilk bor sekretinga nisbatan ishlatilgan. Sekretinni o‘n ikki barmoq ichakning shilliq pardasidagi maxsus hujayralar sintezlaydi. Molekulasi 27 aminokislota qoldig‘idan tashkil topgan. Molekulyar massasi 3035. Gormonning qonga o‘tishi uchun o‘n ikki barmoq ichakka me‘dadan xlorid kislota o‘tib, undagi pH ni 4,5 dan pastga tushirishi kerak. Sekretin ta‘sirida me‘da osti bezidan shira ajralishi keskin ko‘payadi, shira tarkibidagi bikarbonatlar miqdori ortadi. Bundan tashqari, bu gormon o‘t-safro va ingichka ichak shirasi bilan suv hamda tuzlar ajralishini ko‘paytiradi. Sekretin ta‘sirida me‘da bezlarida fermentlar ajralishi ko‘paysa, ayni vaqtda xlorid kislota sekretsiyasi to‘xtaydi. U hazm tizimi a‘zolarining silliq muskullarini ham tormozlaydi. Ingichka ichakning shilliq pardasidagi enterotsitlarning bo`linishi va ularda invertaza va maltaza fermentlari sintezlanishi sekretin ta‘sirida tezlashadi. 113 Sekretin hazm tizimiga aloqador bo`lmagan a‘zolar faoliyatini ham o‘zgartiradi: yurakdan tomirlarga chiqadigan miqdori, siydik hajmini va undagi natriy, kaliy, bikarbonatlar miqdorini oshiradi. X o l e t s i s t o k i n i n (ikkinchi nomi pankreozimin) ham asosan hazm tizimi a‘zolarining sekretor va motor faoliyatlarini boshqarishda ishtirok etadigan gastrointestinal gormon. Birinchi galda bu gormon o‘t pufagini qisqartiradi, undagi o‘tni o‘n ikki barmoq ichakka chiqaradi, me‘da osti bezidan fermentlar ajralishini kuchaytiradi. Xoletsistokinin me‘da harakatlarini tormozlab, ichak harakatlarini yaxshilaydi. Uning ta‘sirida Langergans orolchalaridan insulin va glyukagon ajralishi tezlashadi. Xoletsistokinin faqat o‘n ikki barmoq ichakda emas, balki markaziy va periferik neyronlarda ham sintezlanadi. Xoletsistokininni sintezlovchi neyronlar katta yarim sharlar po‘stlog‘ida, limbik tizim va gipofizning orqa bo`lagida ko‘proq uchraydi. Markaziy nerv tizimidagi xoletsistokinin ishtahani boshqarishda ishtirok etsa kerak. Hayvonlar miyasi qorinchaliriga kiritilgan gormon to‘yish hissini yuzaga chiqaradi. Ba‘zi ma‘lumotlar (xoletsistokinin neyronlar ichida bo`lishi, membrana depolyarizatsiylangandan keyin tashqariga chiqishi, membranalarda unga moyil bo`lgan retseptorlarning mavjudligi va hokazo) gormonning mediator vazifasini bajarishi mumkinligidan dalolat beradilar. G a s t r i n – me‘daning pilorik qismida sintezlanib, qon orqali me‘da bezlari faoliyatini rag‘batlantiradigan gormon. Pilorus shilliq pardasiga ko‘rsatiladigan kimyoviy va mexanik ta‘sirotlar uning qonga o‘tishini ta‘minlaydi. Kimyoviy moddalardan oqsilning parchalanish mahsulotlari va ovqatning ekstraktiv moddalari gastrinni erkin holga o‘tishini ancha tezlashtiradi. Pilorik qismdagi ovqat va shira aralashmasida (ximusda) xlorid kislota miqdorining ko‘payib ketishi gastrin inkretsiyasini tormozlaydi. Odam qonodagi uch xil gormondan asosiysi bo`lib, 17 aminokislotadan tashkil topgan va molekulyar massasi 7000 ga teng. Me‘da bezlarini tashkil qiluvchi hujayralardan qoplovchi hujayralarga gastrin eng kuchli, asosiy hujayralarga o‘rtacha va qo‘shimcha hujayralarga kuchsiz ta‘sir ko‘rsatadi. Demak, gormon kiritilgandan so‘ng yig‘ilgan me‘da shirasida xlorid kislota miqdori ancha ko‘p bo`ladi, fermentlar uncha ko‘p bo`lmay, shilimshiq esa oz bo`ladi. Gormon me‘da harakatlarini kuchaytiradi. Gastrin me‘da osti bezidan fermentlar ajralishini tezlashtiradi. Uning ta‘sirida o‘t- safro miqdori ham ko‘payadi. Gastrin ingichka ichakda glyukoza, natriy va suv so‘rilishini tormozlaydi. Download 4.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling