Muqaddima
KALSIY VA FOSFOR MUVOZANATINA
Download 4.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Normal Fiziologiya Qodirov
KALSIY VA FOSFOR MUVOZANATINA
TA’MINLOVCHI GORMONLAR Kalsiyning qondagi miqdori – gomeostatik ko‘rsatkichlar ichida doimiyligi so‘zsiz ta‘minlanishi zarur bo`lganlaridan biri. Kalsiy ionlari hujayra membranalarining o‘tkazuvchanligiga, ba‘zi fermentlar faolligiga, nerv va muskullar qo‘zg‘aluvchanligiga va boshqa ko‘plab jarayonlarga ta‘sir qiladi. Fosfor fosfatlar, fosfolipidlar, fermentlar, nuklein kislotalar tarkibiga kiradi. D vitamini bilan bir qatorda, kalsiy va fosfor muvozanatini saqlashda ikkita gormon – paratgormon va kalsitonin qatnashadi. Paratgormon qalqonsimon bez yonidagi bezlarda, kalsitonin esa qalqonsimin bezning maxsus C-hujayrasida sintezlanadi. Paratgormon molekulyar massasi 8500 ga teng oqsil. Kalsitonin ham oqsil, uning molekulyar massasi 3600 chamasida. 111 Paratgormon birinchidan, osteoklastlarning faaolligini oshirib, suyaklardan Ca 2+ va fosfor ajralib chiqishini tezlashtiradi. Ikkinchidan, u buyraklarda Ca 2+ reabsorbsiyasini kuchaytiradi. D vitaminning miqdori yetarli bo`lganda, paratgormon ichaklarda Ca 2+ so‘rilishini ham tezlashtiradi. Natijada qonda doimiy (0,1 g/l yoki 3 mmol/l) bo'‘gan kalsiy miqdori ko'‘ayadi (30-rasm). Fosforning qondagi miqdori paratgormon ta‘sirida uncha o‘zgarmaydi. Kalsitonin paratgormonning antagonisti bo`lib, qonda kalsiy miqdorini kamaytiradi. Bu suyaklardan kalsiy ajralishining susayishi natijasi hisoblanadi. Kalsitonin me‘daning pilorik qismida sintezlanadigan va me‘da sekretsiyasining juda kuchli stimulyatori bo`lmish gastrin gormonining qonga o‘tishini tormozlaydi. Paratgormon yetishmovchiligi qonda Ca 2+ miqdorini kamaytiradi. Bu ko‘rsatkich 0,08 g/l ga tushsa, teteaniya ro‘y beradi. Skelet muskullarining qo‘zg‘aluvchanligi oshib, ular kuchsiz ta‘sirotga ham tonik qisqarish bilan javob beradi. Nafas muskullari kuchli tonik qisqarish holatiga o‘tadi va odam halok bo`lishi mumkin. Giperparatireozda kalsiyning qondagi miqdori ortadi. U 0,17 g/l dan oshsa, odamning yuragi to‘satdan to‘xtab qolishi mumkin. Download 4.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling