Muqaddima
HOMILADORLIK DAVRIDA KUZATILADIGAN
Download 4.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Normal Fiziologiya Qodirov
- Bu sahifa navigatsiya:
- JINSIY GORMONLARNING EKSTRAGENITAL TA’SIRI
HOMILADORLIK DAVRIDA KUZATILADIGAN
GORMONAL O’ZGARISHLAR Urug‘langan tuxum hujayra bachadonga tushgach, bir necha kun erkin holatda bo`ladi, so‘ngra uning shilliq pardasiga yopishadi (implantatsiya ro‘y beradi). 107 Implantatsiya jarayoni progesteron va estrogenlarga muhtoj. Urug‘langan tuxumdan rivojlangan blastotsistaning bir qismidan va unga yondosh bo`lgan endometriydan yoidosh rivojlanadi. U orqali homila ona qonidan kerakli moddalarni oladi. Yoidoshning bir pardasi – xorion – gormonlar ishlab chiqarish qobiliyatiga ega. Unda xorionik gonadotropin (XG) va platsentar laktogen gormon (PLG) sintezlanadi. Xorionik gonadotropin glikoprotein gormonlardan bo`lib, homiladorlikning boshlanishida sariq tana faolligini va undan progesteron ajralishini ta‘minlaydi. Platsentar laktogen gormon esa bu holatda metabolik jarayonlarga ta‘sir etadi. Homiladorlik davrida qonda progesteron miqdorining yuqori bo`lishi endometriyni yemirilishdan saqlaydi. Sariq tana homiladorlikning birinchi oyi oxirida o‘z faoliyatini tugatadi. Homila rivojlanishi uchun zarur bo`lgan progesteron va estradiolni sintezlash bundan keyin yoidosh zimmasiga tushadi. Yoidoshning yana bir gormoni – relaksin – qov suyaklari simfizini yumshatib, kichik tos suyaklari bog‘lamlarini bo‘shashtirib, tug‘ruq yo`llarining kengayishiga imkoniyat tug‘diradi. JINSIY GORMONLARNING EKSTRAGENITAL TA’SIRI Jinsiy gormonlar jinsiy faoliyatdan tashqari boshqa jarayonlarga xilma-xil ta‘sir ko‘rsatadi. Androgenlar anabolik samaraga ega. Ular oqsil sintezini tezlashtiradi. Erkaklarda muskullarning yaxshi rivojlanishi shunga bog‘liq. Progesteron, aksincha, katabolik ta‘sir ko‘rsatadi. Uning ta‘sirida asosiy almashinuv ortadi, ertalab uyg‘onganda tana harorati yuqori bo`ladi. Boshqa gormonlar bilan hamkorlikda jinsiy gormonlar suyaklar o‘sishini boshqaradi. Jinsiy bezlar faolligi oshib ketsa, epifizar tog‘aylar tezroq suyakka aylanib, o‘sish to‘xtaydi. Androgenlar yetishmasa, aksincha, o‘sish davri uzayib, ko‘salik novchaligi kuzatiladi. Download 4.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling