Muqaddima
Download 4.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Normal Fiziologiya Qodirov
QALQONSIMON BEZ
Qalqonsimon bez ichki sekretsiya bezlari icida eng kattasi bo'lib (15-30 g), diametri har xil bo'lgan follikullardan iborat. Follikullarning ichki yuzasi kubsimon epiteliy bilan qoplangan. Bu hujayralarning asosiy hususiyati qondagi yodni kimyoviy va elektrik gradiyentga qarshi ajratib olib, uni gormonnal faol organik moddalarga aylantirishdan iborat. Bezning asosiy gormonlari tiroksin (T 4 ) va triyodtironin (T 3) follikulalar epiteliyi ishlagan kolloidning tarkibida bo'ladi. Follikullar atrofida tireokalsitoninni sintezlovchi parafollikulyar hujayralar joylashgan. Follikullar atrofidagi bo'shliqdan juda ko'p kapillyarlar o'tadi. Bu kapillyarlar orqali bezga gormonlarning sintezlanishi uchun zarur bo'lgan moddalar yeetkazilib, tayyor gormon qonga chiqariladi. Qalqonsimon bez gormonlari (tireoid gormonlar) yod va tirozin aminokislotasidan sintezlanadi. Qon plazmasidagi yodning 90-95% tiroksin tarkibida bo'ladi. Tireoid 104 gormonlarning faqat 0,1% plazmada erkin holda bo'lib, qolgan qismi oqsillarga bog'liq. Faqat erkin tiroksin fiziologik faollikka ega. Tireoid gormonlar ko'pgina metabolik jarayonlarni o'zgartirib, to'qimalarning o'sishi va yetilishiga ta'sir qiladi. Kortikoid gormonlar bolan birga bu gormonlar jrganizmning muhit o'zgarishlariga, hususan, mavsumiy o'zgarishlarga moslashishini ta'minlaydi. Bu gormonlar organizmga yuborilganda asosiy modda almashinuvi oshadi, kislorod sarflanishi va CO 2 chiqarilishi ko'payadi. Gormonlar mitoxondriyalarda oksidlanish jarayoniga bevosita ta'sir qiladi. Hujayralarda oqsil sintezi tezlashib, yog' va uglevodlar ko'proq parchalanadi. Tireoid gormonlar to'qimalarning katexolarninlarga nisbatan sezgirligini oshiradi. Bu gormonlar miqdori qonda ko'paysa, adrenalin va noradrenalinning juda oz miqdori periferik qon tomirlarni toraytiribb, arterial qon bosimini oshiradi. Qalqonsimon bezning me'yoridan ortiq ishlashi tireotoksikozga olib keladi. Bunda organizmda quyidagi o'zgarishlar ro'y beradi: 1. Markaziy nerv tizimining qo'zg'aluvchanligi oshadi, odam serjahl bo'lib qoladi, behuda bezovtalanadi, yig'laydi, uyqusi buziladi. 2. Tremor (qo'llar titrashi) paydo bo'ladi. 3. Taxikardiya ro'y berib, arterial qon bosimi oshadi. 4. Nafas o'zgaradi, o'pkaning minutlik havo almashinuvi (ventilyatsiyasi) ko'payadi. 5. Me'da-ichak tizimining harakatlari kuchayadi. 6. Ko'z yorig'i va qorachiq kengayadi, hamda ko'z chaqchayadi (ekzoftalm). Kretinizm – qalqonsimon bez bolalik davridanoq sust ishlaganda ro'y beradigan holat. Kretinlarning bo'yi o'smay qo'yadi, tana qismlarining nisbati o'zgaradi (oyoq-qo'llari kalta, boshi katta bo'ladi), balog'atga yetish to'xtaydi, u ruhiy rivojlanishda orqada qoladi. Tili og'ziga sig'may, og'zidan chiqib turadi. Bu miksedema (shilomshiq shish) belgilaridan biridir. Miksedema – voyaga yetgan odamning qalqonsimon bezi sust ishlaganda kuzatiladigan holat. Uning ko'pgina belgilari tireotoksikoz alomatlarining teskarisi. Miksedemaga uchragan bemorning asosiy modda almashinuvi 30-40% kamayadi. Tana harorati pasayadi. Bradikardiya, gipotoniya kuzatiladi. Oqsillar almashinuvining buzilishi natijasida a'zo va to'qimalarning hujayralararo bo'shliqlarida al'bumin va mutsin miqdori ko'payib, bu yerdagi suyuqlikning onkotik bosimi oshadi. Natijada to'qimalarda suv yig'iladi, «shilimshiq shish» paydo bo'ladi. Kretin bolaning tili og'ziga sig'maganligining sababi ham tilning shishishida. Markaziy nerv tizimi faoliyati buzilishi natijasida miksedema kasaliga uchragan odamning fikr yuritishi va so'zlashi qiyinlashadi, unda hech narsaga ishtiyoq bo'lmaydi. Boshqa endokrin bezlar, xususan jinsiy bezlar faoliyati buziladi. Tireoid gormonlarning qondagi miqdori barqarorligini gipofizning tireotrop gormoni ta'minlaydi. Bu trop gormonning qonga o'tish tezligi, o'z navbatida, rilizing- gormonlarning faolligiga bog'liq. Tireoid gormonlarning qondagi miqdori kamaysa yoki organizmning bu gormonlarga ehtiyoji oshsa (masalan, organizmga sovuq ta'sir qilganda), gipotalamusning gipofizotrop sohasidan tiretropin-rilizing-gormonning adenogipofizga o'tishi tezlashadi. Qonda TTG miqdori oshib, follikullardan tireoid gormonlarning qonga o'tishi tezlashadi. Agar triyodtironin va tiroksinning qondagi miqdori oshsa, rilizing-gormonning faolligi pasayadi, tiretropin miqdori ham kamayadi, natijada qalqonsimon bez gormonlarining qondagi miqdori kamayadi. Demak, 105 qalqonsimon bez faoliyatini boshqarishda ham manfiy qaytar aloqa tamoyili katta rol o'ynaydi. Download 4.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling