Muqaddima
Download 4.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Normal Fiziologiya Qodirov
GIPOFIZNING ORQA BO`LAGI
Bezning bu bo`lagini gliya hujayralariga o‘xshagan pituitsitlardan iborat bo`lgani va MNTning gipotalamus qismi bilan funksional va morfologik bog‘liqligi uchun neyrogipofiz deydilar. Neyrogipofizdan ikkita oktapeptid – antidiuretik gormon (ADG) va oksitotsin olingan. ADG siydik hosil bo`lishini sustlashtiradi. Gormon yetishmasa, qandsiz diabet paydo bo`ladi. Bu distal burama kanalchalarda va yig‘uvchi naylarda suv reabsorbsiyasi (qayta so‘rilishi)ning natijasidir. ADG qon tomirlarning silliq muskullarini qisqartirish qobiliyatiga ham ega. Uning bu xususiyati organizm qon yo‘qotib, tomirlarda bosim pasayib ketganda yaqqol ko‘rinadi. Bu sharoitda ADG ta‘sirida arterial tomirlar sezilarli darajada torayadi va bosim keskin pasayib ketmaydi. ADG jigar hujayralarida glikogenning parchalanishini va boshqa moddalardan glyukoza hosil bo`lishini tezlashtiradi. Demak, uning kontrinsulyar ta‘siri ham bor. Oksitotsin odam va hayvonlarda bachadonning ritmik qisqarishini yuzaga keltiradi. Quyonlarda oksitotsin yetishmovchiligi tug‘ruqning buzilishiga olib keladi. Ayollarda oksitotsinning qondagi miqdori kamayib ketsa ham tug‘ruq jarayoni yaxshi o‘tishi mumkin. Tug‘ruq vaqtida bachadonning cho‘zilishi oksitotsinni qonga o‘tishiga sabab bo`ladi. Bu gormonning asosiy ta‘siri sut bezlari yo`llaridagi mioepitelial hujayralarni qisqartirib, sut chiqishini ta‘minlashdan iborat. ADG va oksitotsinning o‘tmishdoshlari gipotalamusning supraoptik va paraventrikulyar yadrolarini tashkil qiluvchi nerv hujayralarida sintezlanadi. Molekulasi ancha katta bo`lgan polipeptid neyrofizin bilan bog‘liq bo`lgan holda ADG va oksitotsinning o‘tmishdoshlari neyrosekretor hujayralar aksonlari orqali 3 mm/24 soat tezlikda gipofizga oqib tushadi. Bu neyrosekretor donachalarda tashuvchi oqsil neyrofizindan gormonlarni parchalab ajratadigan fermennt ham bor. Osmoretseptorlar 100 qo‘zg‘alganda ADGnning qonga o‘tishi tezlashadi. Oksitotsin va ADG inkretsiyasiga ogriq, harorat o‘zgarishi va 4-jadval Adenogipofiz ajratadigan gormonlar Gormon va uni ajratadigan gipofiz bo`lagi Kimyoviy tuzilishi Ta‘siri o‘tadigan tuzilma Samarasi Oldingi bo`lak 1. Adrenokortikotrop gormon (AKTG) Polipeptid Buyrak usti bezining po‘stloq qismi Kortikosteroid gormonlar sintezini kuchaytirish 2. Prolaktin (PRL) Oddiy oqsil Sut bezlari va sariq tana Sut ajralaishini kuchaytirish, sariq tana rivojlanishini ta‘minlash 3. O‘sish gormoni (STG) Oddiy oqsil Suyaklar, muskullar, yog‘ to‘qimasi Tananing o‘sishini ta‘minlash 4. Tireotrop gormon (TTG) Glikoprotein Qalqonsimon bez follikullarini qoplovchi epiteliy Tireoid gormonlar sintezini kuchaytirish 5. Follikullarni rag‘batlantiruvchi gormon (FSG) Glikoprotein Tuxumdon follikullari, urug‘ kanalchalari Jinsiy hujayralar rivojlanishi va yetilishini ta‘minlash, jinsiy gormonlar ikkretsiyasini boshqarish 6. Lyuteinlovchi gormon (LG) Glikoprotein Sariq tana, jinsiy bezlar Sariq tana rivojlanishini va faoliyatini boshqarish Oraliq bo`lak 1. Melanotsitlarni rag‘batlantiruvchi gormon (MSG) Polipeptid Melanotsitlar Terini qoraytirish boshqa stressor holatlar ham ta‘sir qiladi. Bu sharoitlarda neyrosekretor hujayralarning faoliyatini sezgi a‘zolariga bog‘liq bo`lgan miya markazlaridan kelgan efferent impulslar o‘zgartiradi. Gipotalamusda ADG va oksitotsin ishlab chiqaruvchi yirik neyrosekretor hujayralardan tashqari, gipofizdan gormonlar chiqishini rag‘batlantiruvchi va ingibirlovchi omillarni sintezlovchi mayda nerv hujayralari bor. Gipotalamusning shu hujayralardan iborat qismi gipofizotrop soha deb ataladi. Bu soha nerv va endokrin tizimlarni bog‘lab turishi tufayli juda muhim hisoblanadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling