Muqaddima
GORMONLARNING TA'SIR KO'RSATISH MEXANIZMLARI
Download 4.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Normal Fiziologiya Qodirov
- Bu sahifa navigatsiya:
- GIPOFIZNING ICHKI SEKRETSIYASI
- OSISH GORMONI
GORMONLARNING TA'SIR KO'RSATISH MEXANIZMLARI
Gormonlarning ta'siri nishon-a'zo hujayralaridagi ba'zi fermentlarning katalitik faolligini kuchaytirish yoki susaytirish bilan ro'yobga chiqadi. Bu, bbirinchodan, hujayralardagi fermentlarni faollash (yoki ingibirlash) natijasi bo'lishi mumkin. Ushbu jarayonda siklik adenozinmonofosfat (sAMF), kalsiy ionlari va fosfatidilinozitol (FI) metabolitlari ishtirok etadi. Ikkinchidan, gormonlar hujayralarda fermentlar sintezini tezlashtirib, ularda fermentlar miqdorini oshirish yo'li bilan ta'sir o'tkazadi. Umuman, gormonlar uchta juda muhim vazifani bajaradi: I. Organizmning jismoniy, jinsiy va ruhiy rivojlanishini va ko'payishini ta'minlaydi. II. Organizm va uning faoliy tizimlarini doim o'zgarib turuvchi shroitlarga moslashishini ta'minlaydi. III. Ba'zi fiziologik ko'rsatkichlarning (qonda glyukoza, kalsiy, fosfor va boshqa moddalar miqdorinin) barqarorligini saqlaydi (gomeostatik faoliyat). GIPOFIZNING ICHKI SEKRETSIYASI Gipofiz oldingi, oraliq va orqa bo'laklardan tuzilgan murakkab ichki sekretsiya bezidir. Uning oldingi bo'lagi (adenogipofiz) asosiy yoki xromofob hujayralardan 96 (hamma hujayralarning 55-60%) va xromofil (40-45%) hujayralardan iborat. Xromofil hujayralarning aksariyati atsidofil, oz qismi esa bazofil bo'ladi. Gormonlar xromofil hujayralarda sintezlanadi. Bazofil hujayralar adrenokortikotrop, tireotrop, gonadotrop (follikullarni stimullovchi va lyuteinlovchi) gormonlar ishlab chiqaradi. Atsidofil hujayralar o'sish gormoni (somatotropin) va prolaktin ishlab chiqaradi. Gipofizning oldingi bo'lagi ishlb chiqaradigan gormonlar oqsil va glikoproteinlardir. Bu gormonlar ikki guruhga bo'linadi: 1. Glandotrop gormonlar: follikullarni stimullovchi, lyuteinlovchi, tireotrop , adrenokortikotrop gormon. 2. Effektor gormonlar: o'sish gormoni, prolaktin, melanotsitlarni stimullovchi gormon (MSG). Melanotsitlarni stimullovchi gormon ko'pchilik hayvonlarda gipofizning yaxshi rivpjlangan oraliq bo'lagidan ajraladi. Odam gipofizida bu bbo'lak geyarli yo'qolib ketgan. Shuning uchun MSG oldingi bo'lak gormonlari bilan qo'shib ko'riladi. O'SISH GORMONI Bu gormon adenogipofizning effektor gormonlariga kiradi. O'sish gormonining boshqa gormonlardan farqi uning turga oid spetsifikligida. Masalann, qoramol gipofizidan ajratib olingan gormonni o'sishdan qolgan odam bolasini davolashda qo'llab bo'lmaydi. Odamning o'sish gormoni 191 aminokislota qoldig'idan iborat bo'lib, organizmda tez parchalanadi. O'sish gormonining asosiy ta'siri suyaklarning bo'yiga o'sishini ta'minlashdir. Bu gormon ta'sirida a'zo va to'qimalarda oqsil sintezi tezlashadi, ammo buning uchun yetarli miqdorda insulin, oqsil va uglevodlar kerak. Iste'mol qilinadigan ovqatda oqsil va energiya miqdori oz bo'lsa, bolaning qonida o'sish gormoni ko'p bo'lganiga qaramasdan, uning o'sishi, sekinlashadi. Chunki oqsil yetishmovchiligi natijasida jigarda somatomedin nomli peptidning sintezlanishi kamayib ketadi. Bu peptid sulfat kislota angidridining tog'ay to'qimasiga o'tishini, DNK, RNK va oqsil sintezlanishini tezlashtirish yo'li bilan yosh organizmning o'sishini ta'minlaydi. O'sish gormonining modda almashinuviga bevosita ta'siri hujayralar membranasidan aminokislotalar tashilishini tezlashtirish va lipolizni kuchaytirishdan iborat. O'sish gormoni qonda glyukoza miqdorini oshiradi, glyukozaning boshqa moddalardan sintezlanishini tezlashtiradi (kontinsulyar ta'sir). Download 4.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling