Muqaddima


AVTONOM NERV TIZIMINI BOSHQARUVCHI MARKAZLAR


Download 4.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/264
Sana03.11.2023
Hajmi4.57 Mb.
#1743031
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   264
Bog'liq
Normal Fiziologiya Qodirov

AVTONOM NERV TIZIMINI BOSHQARUVCHI MARKAZLAR 


93 
Gipotalamus va miya stvoli markaziy nerv tizimining avtonom nerv tizimiga kuchli 
ta'sir o'tkazuvchi qismlar hisoblanadi. Ammo miyaning boshqa sohalari ham (limbik 
tizim, miyacha) ichki a'zolar faoliyatiga avtonom nervlar orqali boshqarishda va somatik 
faoliyatlar bilan bog'lashda ishtirok etadi. 
Orqa miyaning oxirgi bo'yin segmenti va birincchi-ikkinchi ko'krak segmentlarida 
spinotsiliar simpatik markaz joylashgan. Bu markazdagi neyronlar ko'z soqqasining silliq 
muskullarini, tepe qovoq muskullaridan birini, qorachiqlarni kengaytiruvchi muskulni 
nervlaydi. Bu markaz yoki undan boshlangan nerv tolalari ta'sirlanganda qorachiq 
kengayadi, qovoqlar ochiladi, ko'z soqqasi chaqchayadi. Markaz shikastlansa, aks 
o'zgarishlar ro'y beradi – qorachiq va ko'z yorig'i torayadi, ko'z soqqasi botib ketadi. 
Birinchi beshta ko'krak segmentlaridagi simpatik neyronlarni yurak va bronxlarni 
nervlashga dahli bor. Ular bilan bog'liq postganglionar neyronlar asosan yulduzsimon 
tugunda joylashgan. Bu neyronlarning qo'zg'alishi yurak urishini kuchaytiradi, 
tezlashtiradi, bronxlarni kengaytiradi. 
Torako-lyumbal simpatik yadroning hamma segmentlarida qon tomirlarni va ter 
bezlarini nervlaydigan neyronlar bor. Bu neyronlar shikastlansa, qon tomirlar tonusi 
yo'qoladi, ter ajralmay qoladi. 
Orqa miyaning dumg'aza segmentlarida najas va siydik chiqarish, jinsiy reflekslarni 
boshqarishda 
ishtirok 
etadigan 
parasimpatik 
neyronlar 
joylashgan. 
Ularning 
shikastlanishi jinsiy reflekslarning yo'qolishiga, to'g'ri ichak va qovuq faoliyatlari 
buzilishiga olib keladi. 
Yuqorida gipotalamusning visseral faoliyatlarni boshqaruvchi asosiy po'stloqosti 
markaz ekani aytilgan edi. Gipotalamus bu mas'uliyatli ishni bir nechta mexanizmlar 
yordamida boshqaradi. Birinchidan, gipotalamusning gipofizotrop sohasi gipofizdan 
gormonlar ajralishini o'zgartirib, moddalar almashinuvuga va ichki a'zolar faoliyatiga 
doimo ta'sir o'tkazib turadi. Bu gipotalarno-gipofizar tizim to'g'risida batafsil ma'lumot 
ichki sekretsiya bezlariga bag'ishlangan bobda berilgan. 
Ikkinchidan, gipotalamusdagi ma'lum hujayralar qonning pH, kationlar miqdori, O
2
va CO

tarangligi o'zgarishiga juda sezgir. Supraoptik yadroda qonning sistolik bosimi 
o'zgarishini sezuvchi, ventromedial ydroda – glyukoza miqdori, oldingi gipotalamusda 
esa jinsiy gormonlar miqdori o'zgarishini sezuvchi hujayralar bor. Demak, 
gipotalamusning 
hujayralari 
retseptorlar 
vazifasini 
bajarib, 
gomeostatik 
ko'rsatkichlardagi o'zgarishlarni nerv impulsiga aylantirib, sodir bo'lgan o'zgarishlarni 
asli holiga keltiruvchi mexanizmlarni ishga soladi. Bu impulslar o'zgargan gomeostatik 
ko'rsatkich tiklanmaguncha, yo'qolmaydi. 
Uchinchidan, ma'lumki, gipotalamusning orqa yadrolarini ta'sirlash xuddi simpatik 
tizim qo'zg'alganidagi kabi natija beradi. Qorachiqlar va ko'z yorig'i kengayadi, yurak 
urishi tezlashadi, qon bosimo ortadi, qonda adrenalin va noradrenalin, glyukoza miqdori 
ko'payadi va hokazo. 
Gipotalamusning oldingi yadrolari ta'sirlanganda kuzatiladigan o'zgarishlar 
parasimpatik tizim qo'zg'algandagi o'zgarishlarga o'xshaydi. Qorachiq va ko'z yorig'i 
torayadi, qon bosimi pasayadi, qonda glyukoza miqdori kamayadi va hokazo. Demak, 
gipotalamus ichki a'zolarga va gomeostaz mexanizmlariga simpatik va parasimpatik 
markazlar orqali ta'sir o'tkazadi. 
Limbik tizimning yana bir nomi visseral miya ekani bejiz emas. Bu tizimning qaysi 
bir tuzilmasiga elektr toki bilan yoki kimyoviy ta'sir ko'rsatilmasin, so'lak ajralishi 
ko'payadi, teri tuklari dikkayadi, yurak-qon tomir, nafas, hazm tizimlari faoliyatida 


94 
sezilarli o'zgarishlar paydo bo'ladi. Ayni vaqtda ancha murakkab bo'lgan chaynash va 
yutish harakatlari ham sodir bo'ladi. Limbik tizim ovqatlanish va suv ichish bilan bog'liq 
bo'lgan xatti-harakatlarning shakllanishida yetakchi o'rin tutadi. Asosan harakatlarni va 
muskullar tonusini boshqarishda ishtirok etadigan miyacha ichki a'zolar faoliyatini 
boshqarishda ham ishtirok etadi. Miyachaning ma'lum qismini ta'sirlash simpatik nerv 
tizimi qo'zg'alganda kuzatiladigan o'zgarishlarni deyarli to'la takrorlaydi^ qorachiqlarni 
kengaytiradi, qon tomirlarni toraytiradi, yurak urishini tezlashtiradi va hokazo. 
Miyachasi olib tashlangan hayvonlarda me'da va ichak harakatlari o'zgaradi. 
Bosh 
miya 
po'stlog'i 
organizmdagi 
jarayonlarning 
hammasini 
o'zaro 
monandlashtiribb, boshqaradigan markazdir. Shu jumladan, avtonom nerv tizimiga ham, 
beixtiyor sodir bo'layotgan jarayonlarga ham ta'sir o'tkazadi. Miya po'stlog'ining ba'zi 
sohalari elektr toki bilan ta'sirlanganda yoki bu sohalar olib tashlangandan keyin 
rivojlanadigan o'zgarishlar shundan dalolat beradi. Avtonom tizim orqali boshqariladigan 
a'zolarning har qaysisidagi o'zgarishlarning qarama-qarshi bo'lishi xosdir. Masalan, 
po'stloq ta'sirlanganda qon bosimi ko'tariladi yoki pasayadi, me'da-ichak harakatlari
tezlashadi yoki tormozlanadi. Po'stloq sohalari ichida peshona bo;limlari ichki a'zolar 
faoliyatiga ayniqsa kuchli ta'sir ko'rsatadi. Ularni avtonom nervlanishining oliy 
markazlari, deyilishi bejiz emas. 
Miya po'stlog'ining nerv tizimlariga, ular orqali ichki a'zolar faoliyatiga ta'sir 
ko'rsatishida ichki a'zolarda interoretseptorlar tufayli uzluksiz po'stloqqa bevosita kelib 
turadigan impulslar ahamiyatga ega. I.P.Pavlov o'z vaqtida organizmda maxsus 
interoretseptor analizator bor, deb bekorga aytgan emas. Hozir organizmda murakkab 
kortiko-visseral munosabatlar borligi isbotlangan. Bu munosabatlarni po'stloq va 
pos'tloqosti tuzilmalarini bog'lab turuvchi yo'llar ta'minlaydi. Visseral faoliyatlarga 
po'stloq nazoratini yetkazib turadigan tolalarning bir qismi piramida yo'li tarkibida 
o'tgan. 

Download 4.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling