Muqaddima
Download 4.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Normal Fiziologiya Qodirov
3 FIZIOLOGIYANING RIVOJLANISH TARIXI HAQIDA QISQACHA MA’LUMOT Organizmning hayot faoliyatini o‘rganib, tushunishga qaratilgan harakatlar jamiyat taraqqiyoti bilan teng. Ko‘hna Yunon, Rim, Xitoy, Hindiston, Misr shifokorlari va olimlari funksiyalar to‘g‘risidagi ilk tushunchalarga asos solganlar. Jumladan, Buqrot (Gippokrat), Arastu (Aristotel), Jolinus (Galen) va boshqalarni eslatish mumkin. Buqrot (eramizdan 460-377 yil avval) – ko‘hna yunonning buyuk shifokori, tibbiyot, falsafa, etika va boshqa fanlar rivojiga katta hissa qo‘shgan. U Kos orolida tug‘ilib, ko‘p yillar mobaynida oilaviy tibbiy maktabda tahsil olgan. Buqrotning ota-onasi, o‘g‘illari va kuyova ham shifokor bo`lishgan. Buqrotning otasi tibbiyot sohasida unga ustozlik qilgan. Otasining vafotidan so‘ng u Afinada tahsil olishni davom ettirdi. Buqrot Yunoniston, Misr, Liviya, Qora dengiz bo‘yi mamlakatlarida sayyoh-shifokor bo`lib uzoq vaqt yashagan. Buqrot tibbiyotni ibodaatxonalarning ruhoniylaridan xalos qilib, mustaqil rivojlanishi yo`lida katta xizmat qildi. U inson salomatligiga tashqi muhitning kuchli ta‘sir qilishi to‘g‘risida fikr yuritgan. Turli xulq-atvorga, his-tuyg‘u, xatti-harakatlarga ega bo`lgan insonlarni temperamenti (mijozi) bo‘yicha Buqrot to‘rt turga bo`lgan. Mijozi issiq, issiq qonli odamlarni sangvinik – serharakat, ildam, deb atagan. Vujudida sovuq shilimshiq ko‘p bo`lgan odamlarni flegmatik – sovuqqon, vazmin turga ajratgan. Badanda o‘tning ko‘pligi Buqrotning fikricha, qiziqqonlik, serjahllikka olib keladi. U bundau insonlarni tiyib bo`lmaydigan xoleriklar, deb atagan. Vujudida qora, kuygan o‘t ko‘payib ketgan shaxslar melanxoliklarni tashkil qilib, ular imirsiydaigan, o‘ziga ishonmaganlardir. Asrlar o‘tib, Buqrotning kuzatishlari asosida odamlar mijozi, temperamenti bo‘yicha to‘rt xilga bo`linadi, degan fikr I.P.Pavlovning ilmiy tekshiruvlarida tasdiqlandi. Buqrot birinchilar qatorida shifokorning odob-ahloqi, bemor va hamkasblariga bo`lgan munosabati, tashqi qiyofasi qanday bo`lishi to‘g‘risida o‘z fikrini qisqacha yozgan. Buqrotni tibbiyot asoschisi deyish mumkin. Jolinus (Galen, 134-211- yillar) fiziologiyaning rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan. U o‘zi tug‘ilgan shahar Pergamda, Smirna, Iskandariya (Aleksandriya), Korinf shaharlarida taniqli shifokorlardan ta‘lim oldi. 164-yilda Rimga ko‘chib borib, imperator Mark Avreliy saroyida shifokorlik qildi. Jolinus cho‘chqa va maymunlarda tajribalar o‘tkazib, anatomiya va fiziologiyani chuqur o‘rgandi, chunki u organizm tuzilishi va faoliyatini aniq bilmay turib, kasallikni aniqlash, bemorni davolash mumkin emas, degan fikrda bo`lgan. Tibbiyot va biologiyaga tajribani kiritish Jolinusning buyuk xizmatlaridan biridir. U bosh va orqa miya faoliyatini tekshirib, odamning ruhiy xususiyatlari bosh miya faoliyatiga, orqa miyaning oldingi ildizlari harakat, orqa ildizlari esa sezgiga bog‘liq bo`lishini aytgan. Jolinus qonning tomirlarda to‘xtivsiz aylanishini bilmagan. U ―xom‖ qon jigarda hosil bo`lib, yurakning o‘ng qorinchasiga keladi, qorinchalar o‘rtasidagi teshik orqali chap qorinchaga o‘tib, arteriyalar bo‘ylab ichki a‘zolarga tarqalib, yo‘q bo`lib ketadi, deb o‘ylagan. 4 Jolinusning qon harakati to‘g‘risidagi bu xato fikrlari 15 asr davomida hukmron bo`lib keldi. Buning sababi – o‘rta asrlar (III-XVI asrlar) Ovro‘poda turg‘unlik va tushkunlik davri bo`ldi. Ilmiy haqiqatlarni yoqlagan ko‘pgina olimlar quvg‘in qilindi. Aksicha, Sharq mamlakatlarida o‘rta asrlar davomida ilm va fan juda rivojlandi. Shu davrda xozirgi Markaziy Osiyo davlatlari hududida jahonga tanilgan ko‘pgina olimlar yashadi va ijod qildi. Abu Nosir Muhammad Al-Farobiy 873-yilda Sirdaryo bo‘yiga joylashgan Farob qishlog‘ida tug‘ildi. Al-Farobiy o‘zining 160 dan ortiq ilmiy asarlari bilan falsafa,tabiiyot, musiqa nazariyasi, tibbiyotga ko‘p yangiliklar kiritdi. Al-Farobiyning shifokorlik faoliyati to‘g‘risida aniq ma‘lumotlar yo‘q. Ammo u tibbiyotga juda qiziqqan, hamda anatomiya va fiziologiyadan bizni hayratga soladigan darajada bilimga ega bo`lgan. Olim odam organizmining faoliyati uchun miya va uning markazlarining ahamiyati juda kattaligini yaxshi tushungan, nervlarni sezuvchi va harakatlantiruvchi nervlarga bo`lgan, yurak faoliyatini nervlar boshqaradi, deb taxmin qilgan. Al-Farobiy fanlar tasnifiga bag‘ishlangan asarida quyidagi fikrni aytadi: ―Bemorni yaxshi davolash uchun shifokor ikki narsaga ega bo`lishi kerak. Birinchi – umumiy nazariyani yaxshi bilishi, ikkinchi – kasal va sog‘ odamlarni ko‘p kuzatib, tajriba orttirishi kerak. Faqat shundaginna shifokor har qaysi kasalga mos davolash yo`lini va kerakli dori-darmonni aniqlashi mumkin.‖ Al-Farobiyning bu so‘zlari hozir ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. O‘zi tirikligida ―ikkinchi muallim‖ degan ulug‘ unvonga sazovor bo`lgan Al-Farobiy (Arastuni falsafa, mantiq, umuman ilm-fan sohasida ―birinchi muallim‖, deb atashgan) Ibn Sino va boshqa Sharq olimlarining dunyoqarashiga katta ta‘sir ko‘rsatgan. Abu Ali ibn Sino taxminan 980- yili Buxoro yaqinidagi Afshona qishlog‘ida tug‘ilgan. Unda shifokorlikka bo`lgan zo‘r qiziqish juda erta uyg‘ondi. O‘tkir qobiliyatli Ibn Sino yigitlik chog‘idayoq taniqli shifokor bo`lib yetishdi. Buxorodan Gurganchga ko‘chib, Xorazmshox saroyida 10 yilcha xizmat qildi. Umrining ikkinchi yarmini Eronda Hamadon hokimining hakimi va vaziri sifatida o‘tkazdi. 1037-yili Hamadonda vafot etdi. Jahon Ibn Sinoni tibbiyot fanining buyuk namoyondasi va ulug‘ mutafakkir sifatida taniydi. Uning «Tib qonunlari» XII asrda arab tilidan lotinchaga ag‘darilib, qoiyozma shaklida Ovro‘po mamlakatlarida tarqala boshladi. Bu asar ilk bor chop etilgan kitoblar orasida bo`lib, XVIII asrgacha tibbiyotni o‘rganuychi talabalarning va hakimlarning asosiy qo`llanmasi sifatida xizmat qildi. «Tib qonunlari» 5 jilddan iborat bo`lib, tibbiyot nazariyasiga, inson organizmining boshidan oyog‘igacha tuzilishi, kasalliklari, ularning oldini olish va davolashga oid ma‘lumotlar majmuasidir. Bu asarda odam organizmining faoliyati, fiziologiyasiga doir ma‘lumotlar va fikrlar ham bor. Masalan, Ibn Sino tashqi muhit odam organizmiga kuchli ta‘sir ko‘rsatishi mumkinligiga katta ahamiyat bergan. Faqat bir fasldan ikkinchi faslga o‘tish emas, balki kunning tunga ulanishi ham organizmda o‘zgarishlar keltirib chiqaradi, degan. Ibn Sinoning bolani tarbiyalash va o‘stirish to‘g‘risidagi fikrlari diqqatga sozovor. Uning fikricha, bolani chaqaloqlik davridan tozalikda tutib tarbiyalash, sog‘liqni saqlashning asosiy omillaridan biri. Ibn Sino bosh miya va ichki a‘zolar faoliyati haqida to‘g‘ri tasavvurga ega bo`lgan. Uning nafas olish mexannikasi, o‘pkaning nafas olib, nafas chiqarishda passiv etishi to‘g‘risidagi, nafas olganda o‘pkaning kengayishi ko‘krak qafasining kengayishiga bog‘liq, degan fikrlari hozirgi zamon tushunchalaridan farq qilmaydi. Buyuk alloma qolbning tanaga, ruxiy holatning fiziologik jarayonlarga ta‘sirini bir tajriba asosida isbotlagan. Ikki qo‘yni ikkita katakka qo‘yib, bir xil ovqatni teng 5 miqdorda berib boqqan. Faqat qo‘ylardan biri qarshisidagi bo‘rini doim ko‘rib turgan. Bo‘rining qonsiragan nigohini ko‘rgan qo‘y ozib-to‘zib, kasal bo`lib oigan. Shuni afsus bilan ta‘kidlash kerakki, «Tib qonunlari»dagi va o‘rta asrlarda Markaziy Osiyo hududida yashagan taniqli olim hakimlar – Ismoil Juzjoniy, Umar Chog‘mini, Abdulg‘ozi Bahodirxon va boshqalarning asarlaridagi fiziologiyaga oid ma‘lumotlar hozirgacha yetarlicha o‘rganilmagan. Ibn Sinoning falsafiy qarashlari, tibbiyotga kiritgan yangiliklari o‘rta asrlarda Sharq va G‘arb olimlari dunyoqarashiga katta ta‘sir ko‘rsatdi. Umar Hayyom (XI asr), mashhur italiyalik matematik va shifokor Kardano (XVI asr), Al Kaxxal (XVI asr), R.Dekart (XVII asr) va boshqa ko‘pgina olimlarni Ibn Sino ilmiy falsafiy qarashlarining davomchisi, desa bo`ladi. XVI asrning o‘rtalarida ijod qilgan va tibbiyotda ko‘pgina yangiliklar yaratgan mashhur anatom A.Vezaliy Ibn Sino asarlarini sinchiklab o‘rgangan, uning anatomiya sohasidagi ma‘lumotlari aniqligini tan olgan. A.Vezaliy dunyoda birinchi bo`lib hayvonlarda tajriba o‘tkazishga bag‘ishlangan qo`llanmani yaratdi. Bu kitob olimlar o‘rtasida tajribaga bo`lgan qiziqishni uyg‘otdi, keyingi asrlar davomida bu qiziqish tobora orta bordi. 1628-yili fiziologiyaning fan sifatida shakllanishida tarixiy yil hisoblanadi. Ingliz shifokori Uilyam Garvey o‘zining ―Hayvon yuragi va qonning harakati to‘g‘risida anatomik tekshirishlar‖ degan noyob kitobini chop etib, Jolinusning qon aylanishi to‘g‘risidagi haqiqatdan ancha yiroq tasavvurini inkor etdi. Garvey o‘zi o‘tkazgan juda ko‘p tajribalar natijasida qonning uzluksiz harakatda bo`lishini, yurakning qisqarishlari esa qonni harakatga keltiruvchi kuch ekanini isbot etdi. Olimning buyukligi shunda ediki, u organizmda kapillyarlar birligini bilmay turib (ular hali kashf qilinmagan edi, tomirlar berk doiralarni tashkil qiladi, bu doiralarda arterial tomirlarni venalar bilan bog‘lab turuvchi ko‘zga ko‘rinmaydigan qismi bor, deb faraz qildi. Garvey vafotidan keyin 4 yil o‘tgach, 1661-yilda M.Malpigi kapillyarlarni tipib, Garveyning bu farazi to‘g‘riligini isbotladi. Qon aylanishi kashf etilgan 1628-yil fiziologiya fanining tug‘ilgan yili hisoblanadi. Fiziologiyaning rivojlanishi uchun katta ahamiyatga ega bo`lgan XVII asr kashfiyotlari qatorida faranng faylasufi R.Dekartning tashqi ta‘sirlarga organizmning javob reaksiyalarini (keyinchalik refleks nomini olgan reaksiyalarni) birinchi bo`lib tasvirlaganini aytib o‘tish kerak. XVIII asrda ko‘pchilik dorilfununlarda fiziologiya mustaqil fan sifatida o‘qitila boshlandi, maxsus kafedralar tashkil topdi. Qaysi davrni olmaylik, fanlarning rivojlanishi jamiyatning umumiy rivojiga, texnika va ishlab chiqarish imkoniyatlariga bog‘liq bo`lgan. Mexanika, fizika va kimyo fanlarining XVIII asrda erishgan yutuqlaridan fiziologiyada ham foydalanilgan. Fiziologiyada asosan kimyoviy jarayonlarni kimyoviy usullar yordamida, fizikaviy jarayonlarni esa fizika usullarini qo`llanib o‘rganadigan yo‘nalishlar shakllandi. Mexanika, gidravlika, optika qonunlarinni fiziologik tatbiq etish hayvonlarda arterial qon bosimini oichash, nafas mexanizmlarini aniqlash, ko‘z muhitlarining nur sindirishini ta‘minlashdagi ahamiyatini tushunishga imkon berdi. Kimyo yutuqlaridan foydalanib, R.Reomyur va L.Spalansini ovvqat hazm qilish jarayonlarini o‘rganishdi, A.Lavuazye va P.Laplas organizm sarflaydigan energiya miqdorini birinchi marta olchashdi. Organizmda modda va energiya almashinuvini batafsil o‘rganilishiga M.V.Lomonosov, R.Meyer, J.Joul, G.Gelmgolslar tomonidan 6 ta‘riflab berilgan tabiatning asosiy qonuni – modda va energiyaning saqlannish qonuni mustahkam zamin bo`ldi. XVIII asrning oxirlarida L.Galvani ―Hayvon elektri‖ haqidagi ta‘limotni yaratib, elektrofiziologiyaga asos soldi. Bu sohaning rivojlanishiga K.Matteuchi. E.Dyubua- Raymon, E.Pflyuger, keyinchalik V.Yu. Chagoves, Yu.Bernshteyn, A.Xodjkin va Xakslilarning xizmati katta. XIX asrda fiziologiya anatomiyadan ajralib, mustaqil fanga aylandi va juda katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Bunga modda va energiyaning saqlanish qonuni isbotlannishidan tashqari, hujayraning kashf etilishi va organik olarnning rivojlanishi nazariyasi yaratilgani sabab bo`ldi. Bu davrda erishilgan yutuqlar yangi tajriba usullariga ham bog‘liq edi. 1847-yilda K.Lyudvig kimograf kashf etdi, keyinroq qon bosimi va qon oqish tezligini oichash uchun manometr va qon soatini taklif qildi. 1842-yili Moskvalik jarroh V.A.Basov jarrohlik yo`li bilan it me‘dasiga fistula o‘rnatib, tajribalarni bir hayvondaa uzoq vaqt o‘tkazish mumkinligini ko‘rsatdi. Tajribalarda qo`llaniladigan jarrohlik usullari XIX asrning ikkinchi yarmida keng rivojlanndi va ichki a‘zolar faoliyatini o‘rganishda qoi keldi. L.Tiri va L.Vellaning ingichka ichakning bir qismini ajratib qo‘yish usuli yordamida, R.Geydengayn va I.P.Pavlov ajratilgan me‘dacha usulu yordamida va I.P.Pavlov laboratoriyasida yaratilgan boshqa bir qator usullar yordamida hazm a‘zolari faoliyati batafsil o‘rganildi. Shu davrda bosh va orqa miya turli qismlarining fiziologik faoliyatlarni boshqarishdagi ishtirokini o‘rganish jiddiy tus oldi. Bu yo‘nalishda I.M.Sechenov katta ish qildi. Rus fiziologiyasining otasi deb hisoblangan bu olimning eng yirik ishi markaziy nerv tizimida tormozlanish jarayonini kashf etishdir. I.M.Sechenov o‘zining 1863-yilda chop etilgan ―Bosh miya reflekslari‖ asarida insonning bbeixtiyor va ixtiyoriy xatti-harakatlarining hammasi yuzaga chiqishi bo‘yicha refleksligini ko‘rsatdi. Bu kitobda I.M.Sechenov bbirinchi bo`lib tabiatning eng murakkab mo‘jizasi – ongni tajriba yo`li bilan o‘rganishga jur‘at etdi. I.M.Sechenov qondagi gazlarni ilk bor ajratib olib, tahlil qildi. Uni fiziologiyaning yangi yo‘nalishi – mehnat fiziologiyasining asoschisi, deyish mumkin. I.M.Sechenovning markaziy nerv tizimi faoliyatiga oid kashfiyotlari I.P.Pavlovga oliy nerv faoliyatini o‘rganish uchun zamin bo`ldi. I.M.Sechenov bir qator iste‘dodli shogirdlar tarbiyaladi. Shulardan organizm ajratadigan issiqlik miqdorini aniq oichash usullarini ishlab chiqqan V.V.Pashutin va A.A.Lixachevni, markaziy nerv tizimida payvasta tormozlanishni kashf etgan B.V.Verigoni, parabioz to‘grisidagi ta‘limot muallifi N.Ye.Vvedenskiynni va boshqalarni aytib o‘tish mumkin. I.P.Pavlovning ishlari fiziologiya fanining rivojiga katta ta‘sir ko‘rsatdi. I.P.Pavlov dastlab yurak va qon aylanish fiziologiyasi bilan shug‘ullandi. U yurak ishini kuchaytiradigan va susaytiradigan maxsus nervlar borligini ko‘rsatdi. Shu nervlardan biri yurak muskulining qisqarish kuchini oshirib, yurak urishi chastotasiga ta‘sir qilmas edi. I.P.Pavlov bu o‘zgarishni neryning yurak trofikasiga ta‘siri bilan tushuntirdi. Bu ishlar bilan bir qatorda, I.P.Pavlov laboratoriyasida hazm a‘zolari faoliyati ham jiddiy tekshirildi, olingan natijalar esa yirik kashfiyot darajasida bo`ldi. Hazm fiziologiyasi sohasida I.P.Pavlov erishgan ulkan yutuqlar uning o‘zi va shogirdlari yaratgan yangi tekshiruv usullariga bog;liq bo`ldi. Bulardan so`lak va me‘da osti bezi yo`llarini tashqariga chiqarish usuli, nervlari saqlanib qolgan kichik me‘dachani ajratish usuli, ezofagotomiya va boshqalarni ko‘rsatish mumkin. 1897-yilda I.P.Pavlov hazm tizimi 7 a‘zolari faoliyatini o‘rganishga bag‘ishlangan ishlarga yakun yasab, ―Leksii o rabote glavnix pishevaritelnix jelez‖ nomli kitobini chop etdi. Bu asar jahon fiziologlari uchun uzoq vaqt davomida asosiy qo`llanma bo`ldi. 1904-yilda I.P.Pavlov hazm tizimi fiziologiyasiga oid ishlari uchun Nobel mukofotiga sazovor bo`ldi. Hazm fiziologiyasini o‘rganish juda muvaffaqiyatli ketayotgan bo`lishiga qaramay, I.P.Pavlov bu ishlarni yig‘ishtirib, bosh miya po‘stlog‘i faoliyatini tekshirishga kirishdi. Natijada shartli reflekslar kashf etildi, oliy nerv faoliyati turlari aniqlandi, II signallar tizimi, uyqu va gipnoz nazariyalari shakllandi. O‘ttiz yildan ko‘p davom etgan bu izlanishlar natijalari inson ruhiy faoliyatini o‘rganish uchun ilmiy zamin bo`ldi. B.P.Babkin, L.A.Orbeli, K.M.Bikov, I.P.Razenkov, P.K.Anoxin kabi jahonga tanilgan olimlar I.P.Pavlovning shogirdlaridir. XX asrda fiziologik tadqiqotlar olib borish juda rivojlandi. Bu davrda faqat Ovro‘poda emas, AQSh, Yaponiya, Xitoy, Hindiston, Avstraliyada ham laboratoriyalar tashkil topdi. Asrimizning boshida fiziologiya fani erishgan yutuqlardan elektrofiziologiya hodisalarini o‘rganish natijalari samarali bo`ldi. Sezgir galvanometrni kashf etilishi V.Eyntxoven va A.F.Samoylovlarga yurakning elektr potensiallarini qayd qilish imkonini berdi. Elektr kuchaytirgichlar paydo bo`lishi elektroensefalografiya va boshqa elektrofiziologik usullarning keng tarqalishiga olib keldi. Elektrofiziologiya bilan bir qatorda mediatorlar to‘g‘risidagi ta‘limot yuzaga kelib, rivojlandi. Avstriyalik olim O.Lyovi, undan keyin U.Kennon, A.V.Kibyakov va boshqalar qo‘zg‘alishni nervdan muskulga, nervdan nervga o‘tishida maxsus kimyoviy vositachilar – mediatorlar zarurligini ko‘rsatdilar. Mikroelektrodlar texnikasi va stereotaksik usulning rivojlanishi markaziy nerv tizimida qo‘zg‘alish va tormozlanishning tarqalishi, bosh miya po‘stlog‘i va po‘stloq osti tuzilmalarining o‘zaro munosabatlarini, hissiyot, intilish, uyqu, narkoz mexanizmlarini tekshirishda katta ahamiyatga ega bo`ldi. Shu usullar yordamida ko‘pgina nerv markazlarining miyada joylashishi va tuzilishi aniqlandi, to‘rsimon formatsiyaning bosh va orqa miyaga ta‘siri o‘rganildi, limbik tizimning ichki a‘zolar faoliyatini boshqarishdagi, hissiyot va xatti-harakatlarning shkllanishidagi roli ko‘rsatildi. XX asrda fiziologiya erishgan yutuqlardan yana muskul qisqarishi mexanizmining kashf etilishini, vitaminlar to‘g‘risidagi ta‘limotning va ichki sekretsiya bezlari faoliyatini o‘rganuvchi fan – endokrinologiyaning vujudga kelishini ko‘rsatish mumkin. Bu davrda ichki a‘zolar faoliyatini o‘rganish, bu faoliyatlarni boshqaruvchi mexanizmlarni aniqlashga bo`lgan qiziqish so‘nmadi. I.P.Pavlov ishlaridan keyin an‘anaviy bo`lib qolgan yo‘nalishni davom ettirib, B.P.Babkin, Ye.S.London, I.P.Razenkov, G.K.Shligin va boshqalar hazm tizimining harakatlanishi, shira ajratish va so‘rish faoliyatlarini o‘rganishda ko‘pgina yangiliklar kashf etdilar. A.M.Ugolev oziq moddalar parchalanishining yangi mexanizmini – membrana hazmini topdi, ichak gormonlarining va gipotalarnik markazlarning ochlik va to‘qlikni boshqarishdagi ahamiyatini ko‘rsatib berdi. Boshqa ichki a‘zolar faoliyati va boshqarish mexanizmlarini o‘rganishda ham katta yutuqlarga erishildi: yurak ishi qonuniyatlari, qon va tomirlar harakati, mayda tomirlarda qonning oqishi (mikrotsirkulyatsiya), buyraklar faoliyati va siydik hosil bo`lish mexanizmlari, nafasning boshqarilishi va gazlarni qonda tashilishi sinchiklab o‘rganildi. 8 XIX asrda tuzilishi va faoliyatining umumiy rejasi olingan avtonom nerv tizimi to‘g‘risidagi ta‘limot bizning asrimizda katta rivoj topdi. Avtonom reflektor yoylarning deyarli hammasi uch qismdan iborat ekanligining aniqlanishi, qo‘zg‘alishning shu yoylardan o‘tkazilish mexanizmlarini o‘rganilishi, bu jarayonga ta‘sir qiluvchi moddalarning topilishi amaliy tibbiyot uchun katta ahamiyatga ega bo`ldi. Bir vaqtlar anatomiyaning bir qismi bo`lgan fiziologiyadan uning rivojlanishi jarayonida bioximiya, biofizika, endokrinologiya, vitaminoligiya kabi mustaqil fanlar ajralib chiqdi. Fiziologiyaning o‘zi ko‘p tarmoqli fanga aylandi. Jumladan qiyosiy, evolyutsion, qishloq xo‘jalik hayvonlari, sport, kosmik va o‘simliklar fiziologiyasi paydo bo`ldi. XX asrning boshlarida sobiq Sovet Ittifoqi hududida faqat Moskva, Peterburg, Kiyev, Qozon kabi yirik shaharlarda fizio;ogik markazlar mavjud edi. 1921-yilda Toshkentda Turkiston dorilfununi tashkil topishi O‘zbekistonda fiziologiyaning rivojlanishiga turtki bo`ldi. O‘zbekistonda boshlangan ilk fiziologik tadqiqotlarga Turkiston dorilfununining hayvonlar fiziologiyasi kafedrasi mudiri professor E.F.Polyakov va shu dorilfunun tibbiyot kulliyoti qoshidagi normal fiziologiya kafedrasi mudiri professor I.P.Mixaylovskiylar rahbarlik qilishdi. Birinchi kafedra xodimlari asosan qishloq xo‘jalik hayvonlari fiziologiyasi bilan shug‘ullangan bo`lsa, ikkinchi kafedra tibbiyotga yaqin muammolar – qon quyish, organizmni tiriltirish, yurak faoliyatiga turli moddalarning ta‘siri bilan qiziqdi. Keyinchalik Turkiston (O‘rta Osiyo) dorilfununining fiziologiya kafedrasiga professor A.I.Izrael va professorA.S.Shatalina, Toshkent tibbiyot institutining normal fiziologiya kafedrasiga uzoq vaqt professor N.V.Danilov rahbarlik qildilar. Ularning rahbarligida bir qancha mahalliy xalq vakillari nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalarini yoqlashdi. O‘zbekiston fanlar akademiyasi akademigi professor A.Yu.Yunusov, respublikada xizmat ko‘rsatgan fan arboblari professor A.X.Hoshimov va professor A.S.Sodiqovlar shular jumlasidan. Toshkentdan boshqa shaharlarda dorilfununlar, tibbiyot va pedagogika institutlarining ochilishi yangi fiziologiya kafedralari tashkil qilinishini va mutaxassislar tayyorlashni talab qildi. Buni amalga oshirishda O‘rta Osiyo dorilfununi va Toshkent tibbiyot instituti kafedralarining roli katta bo`ldi. Fanlarning, jumladan fiziologiyaning rivojlanishi jamiyatning hayotiy ehtiyojlariga bog‘liq. O‘zbekiston iqlimining issiqligi va mahalliy xalqning ovqatlanishidagi ba‘zi xususiyatlar me‘da-ichak kasalliklarining ko‘p uchrashiga sabab bo`lsa kerak. Shuning uchun XX asrning 50-60 yillarida fiziologiya muassasalarida shakllangan ilmiy yo‘nalishlardan birinchisi yuqori haroratning me‘da-ichak faoliyatiga ta‘sirini o‘rganish bo`ldi. A.Yu.Yunusov, A.S.Sodiqov, G.F.Korotko, Yu.A.Itrbakov, K.R.Rahimovlar o‘z tajribalari bilan issiq harorat me‘daning shira ajratishi va harakatlanishiga, me‘da osti bezi va ingichka ichak sekretor faoliyatiga kuchli, ba‘zan salbiy ta‘sir qilishini ko‘rsatib berdilar. Vaqt o‘tib, bu muammo ustida ishlaydigan olimlar soni ko‘paydi, yo‘nalishning o‘zi o‘zgardi va kengaydi. Enda tadqiqotchilar yuqori haroratning hazm tizimi a‘zolariga ta‘sirini qayd qilishdan tashqari, kuzatilgan o‘zgarishlarning mexanizmini ochishga urindilar. Hazm fiziologiyasining umumiy masalalariga katta ahamiyat berildi. Bu borada Andijon tibbiyot institutining nirmal fiziologiya kafedrasi mudiri professor G.F.Korotko va u barpo etgan ilmiy maktabning tadqiqotlari ibratli bo`ldi. Ularning 9 izlanishlari hazm fermentlarining qonga o‘tishi (inkretsiyasi), qonnda gidrolitik fermmentlar faolligining turg‘unligini ta‘minlash qonuniyatlarini yoritdi. Oxirgi yillarda bu ilmiy jamoa me‘da osti bezidan fermentlar ajralishining o‘z-o‘zidan boshqarilishiga oid masalalarni tekshirish ishlarini olib bormoqda. 50-60 yillarda akademik A.M.Ugolev kashf etgan membrana (shilliq parda yuzasidagi) hazm respublikamiz olimlari e‘tiborini o‘ziga jalb etdi. O‘zbekiston respublikasi fanlar akademiyasi akademigi professor A.Yu.Yunusov tashabbusi bilan professor K.R.Rahimov bu sohada ilk bor o‘tkazgan tajribalar yuqori harorat ta‘sirida membrana hazmi tezlashib, ichak bo‘shlig‘ida susaygan moddalar parchalanishining salbiy natijasini kamaytirishini ko‘rsatdi. K.R.Rahimov kavsh qaytaruvchi hayvonlarda ilk bor membrana hazmini o‘rgandi. A.Yu.Yunusovning (1910-1971) O‘zbekiston fiziologiya fanining rivojlanishidagi rolini alihida ta‘kidlash zarur. Uning ilmiy izlanishlari serqirra bo`lib, issiq iqlim sharoitiga moslashish, bu jarayon davomida suv-tuz, energiya almashinuvidagi o‘zgarishlarni aniqlash va yechishga qaratilgan eda va hokazo. Olim fiziologiya fanini maktab va oliygohlarda o‘qitish masalalariga alohida e‘tibir berdi. X.Sh.Xayritdinov va professor U.Z.Qodirovlar ham hazm tizimi fiziologiyasi masalalari ustida izlanishlar olib borishdi. Professor X.Sh.Xayritdinov o‘zining ―Qoramollarning qatqorin sekretsiyasi‖ deb nomlangan doktorlik dissertatsiyasida kavsh qaytaruvchilar hazmidagi xususiyatlarni yoritdi, qatqorin shirasining tibbiyot va veterinariyada davolash omili sifatida ishlatilishi mumkinligini ko‘rsatdi. U.Z.Qodirovning ilmiy ishlari hazm fiziologiyasining turli masalalariga oid. U hazm a‘zolarining o‘zaro munosabatlarini o‘rganib, o‘n ikki barmoq ichakka o‘t-safro chiqishi buzilganda ingichka ichakning sekretor, so‘rish va harakat faoliyatlari, me‘da osti bezining sekretor faoliyati keskin o‘zgarishini ko‘rsatdi. Bundan tashqari, u qishloq ho‘jaligida keng qo`llanilib, odamlarga va hayvonlarga salbiy ta‘sir ko‘rsatishi mumkin bo`lgan zaharli moddalarning hazm tizimi faoliyatiga ta‘sirini o‘rgandi va hokazo. Olimning bir qator ishlari me‘da-ichak faoliyatlarini ontogenezda shakllanishiga bag‘ishlangan. Faoliyatlarning ontogeneziga professor E.S.Mahmudov va K.R.Rahimovlar ham o‘z izlanishlarida ko‘p ahamiyat berishdi. Professor E.S.Mahmudov issiq harorat hayvonlarning o‘sishi, rivojlanishi va ko‘payishiga salbiy ta‘sir qilishini va bu salbiy ta‘sirni hayvonlarning sut emish davrida muntazam isitish yo`li bilan oldini olish mumkinligini ko‘rsatdi. Respubblikamizda yozgi yuqori harorat tana harorati barqarorligini ta‘minlovchi mexanizmlarda va bu mexanizmlar bilan bog‘liq bbo`lgan suv-tuz almashinuvida zo‘riqish paydo qiladi. Bu sohada ham talay ishlar olib borilyapti. Professor Z.T.Tursunov miya yarim sharlarining po‘stlog‘i suv-tuz almashinuvida katta rol o‘ynashini, hayvonlarni po‘stloqsizlantirish yuqori harorat ta‘sirida kuzatiladigan suv-tuz almashinuvidagi o‘zgarishlarni kuchaytirishini ko‘rsatdi. Bu tadqiqotchi yuqori harorat periferik nerv tizimi faoliyatida ham ma‘lum o‘zgarishlar yuzaga keltirishini kuzatdi. M.G.Mirzakarimova ba‘zi bir a‘zolar, xususan hazm tizimi a‘zolari, suv-tuz zahirasi rolini bajarishi va yuqori harorat sharoitida organizm suv tanqisligini yengishda shu zahiradan foydalaanishi mumkinligini isbotladi. 10 V.A.Xojimatov gipotalarno-gipofizar tizimning suv-tuz almashinuvidagi katta ahamiyatini yana bir bor ko‘rsatib, bu almashinuvning endokrin bezlar tomonidan bosgqarilishidagi yoshga aloqador xususiyatlarini oydinlashtirdi. R.A.Ahmedov hayvonlarda o‘tkazgan tajribalar va odamlar ustida olib borgan mashaqqatli kuzatishlari natijasida yuqori haroratda tana harorati turgunligini saqlash faqat fizikaviy haroratni bishqarishga (issiqlik yo‘qotishga) emas, balki kimyoviy harorat boshqarilishiga (issiqlik hosil qilishga) ham bog‘liqligini isbot qildi. A.Yu.Yunusov rahbarligida o‘tkazilgan bu izlanishlar va maxsus tajribalar odam va hayvonlar organizmining issiq harorat hamda issiq iqlimga moslashish mexanizmlarini aniqlash, bu moslashishni tezlatish va yengillatishga qaratilgan edi. Uning ishlari fiziologiya fanining rivojlanishida katta rol o‘ynadi. Ammo bu borada boshqa oliygohlar va ilmgihlar ham o‘ziga yarasha hissa qo‘shdi. Bevaqt vafot etishgan Toshkent va Samarqand tibbiyot institutlari fiziologiya kafedralarining sobiq mudirlari professor T.Q.G‘ulomov va professor X.X.Ergashevlar mustaqil qiziq yo‘nalishlarda ish boshlagan edilar. Hozir respublikamizda fiziolog olimlarning uchinchi avlodi faoliyat ko‘rsatmoqda. Ulardan O‘zbekiston Qishloq Xo‘jalik fanlar akademiyasining muxbir a‘zosi professor B.Z.Zaripovni, respublika pedagogika ilmiy-tekshirish instituti xodimi professor D.J.Sharipovalarni ko‘rsatish mumkin. Respublikamiz fiziologiyasining tarixi juda qisqa bo`lsada, shu davr ichida ko‘zga tashlangan yutuqlarga erishildi, bir qator yorik mutaxassis olimlar yetishib chiqdi. Bu yutuqlar olimlar o‘rtasidagi borodarlik, hamkorlikning mevasidir. Ilmiy-tekshirish ishlarini yoiga qo‘yishda, respublika uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashda beg‘araz yordam ko‘rsatgan domlalarimiz akademik N.V.Chernigovskiy, akademik V.V.Parin, akademik A.M.Ugolev, professor A.L.Slonim, professor G.K.Shliginlarning nomlarini minnatdorchilik bilan tilga olib, fanimizning qisqacha tarixini tugatsak joiz bo`lur. Download 4.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling