Muqaddima
QO’ZG’ALUVCHAN TO’QIMALAR FIZIOLOGIYASI
Download 4.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Normal Fiziologiya Qodirov
QO’ZG’ALUVCHAN TO’QIMALAR FIZIOLOGIYASI
Barcha tirik hujayralar ta‘sirlanuvchanlikka, ya‘ni tashqi yoki ichki muhit o‘zgarishlariga javoban o‘z faoliyatini o‘zgartirish qobiliyatiga ega. Ta‘sirlanuvchanlikning yuzaga chiqishi turlicha bo`lishi mumkin (moddalar almashinuvining va o‘sishning tezlashishi, shira ajralishi, harakatga kelish, elektr impuls ishlab chiqarish va hokazo). Tirik mavjudot faolligini o‘zgartiruvchi omillar ta‘sirlovchilar deyiladi. Tashqi yoki ichki muhitning o‘zgarishlari yetarli kuchga ega bo`lsa, yeterlichatez ro‘y bersa va yetarlicha uzoq davom etsa, tirik hujayraning yoki organizmning ta‘sirlovchisi bo`la oladi. Ta‘sirlovchilar yuzaga chiqara oladigan javob reaksiyalari ichida qo‘zg‘aluvchanlik ajralib tyradi. Hujayra qo‘zg‘alishi deganda, aksari uning ta‘sirottga tez va ixtisoslashgan ravishda javob berishi tushuniladi. Qo‘zg‘alish hujayraning harakatga kelishi yoki elektr impuls ishlab chiqarishi yoki shira ajratishidan iborat bo`lishi mumkin. Bu ixtisoslashgan javob reaksiyalarni muskul, nerv va bez to‘qimalri hosil qila oladi. Shuning uchun ularni qo‘zg‘aluvchan to‘qimalar deb atashgan. Qo‘zg‘luvchanlik sezuvchi nerv tolalari oxirlariga va ixtisoslashgan retseptor (sezuvchi) hujayralarga ham xos. Qo‘zg‘alishni paydo qiladigan mexanik, kimyoviy, tovush, yorug‘lik va boshqa omillar ta‘sirlovchilar bo`lishi mumkin. Muayyan qo‘zg‘aluvchan hujayraga nisbatan adekvat va noadekvat ta‘sirlovchilar tafovut qilinadi. Qo‘zg‘aluvchan hujayra faqat adekvat ta‘sirlovchini qabul qilishga moslashgan bo`lob, uning juda os miqdoriga ham qo‘zg‘alish bilan javob beradi. Yorug‘lik nuri – fotoretsrptorlar uchun, tovush – eshituv retseptorlari ucnhun, hidli moddalar – hid bilish retseptorlari uchun adekvat ta‘sirlovchilardir. Boshqa ta‘sirlovchilar aytib o‘tilgan hujayralar uchun noadekvat (yot) hisoblanadi. Noadekvat ta‘sirotlar ham ixtisoslashgan hujayralarni qo‘zg‘atishi mumkin. Ammo uning kuchi adekvat ta‘sirlovchinikiga nisbatan bir necha ming ( ba‘zida million) barobar ko‘p (kuchli) bo`lishi kerak. Qo‘zg‘alishni paydo qilish uchun zarur bo`lgan ta‘sirotning eng kam kuchi bo‘sag‘a kuchi deyiladi. Bo‘sag‘adan kam kuchga ega bo`lgan ta‘sirotlar qo‘zg‘alishni paydo qila olmaydi. Qo‘zg‘aluvchan hujayralarning ta‘sirotlar bo`lmagandagi osoyishta holatini mutloq faolsizlik, deb bo`lmaydi, chunki ularda modda almashinuvi va boshqa jarayonlar davom etadi. Ba‘zi bir ta‘sirotlar hujayralarda manfiy reaksiyalarni, masalan, moddalar 14 almashinuvi vao‘sishning sustlashishini, qo‘zg‘aluvchanlikning kamayishini sodir qilishi mumkin. Bular tormozlanish reaksiyalaridir. Tormozlanish jarayoni organizm faoliyatida muhim rol o‘ynaydi. Qo‘zg‘alish vaqtida hujayralarda bir qator fizikaviy-kimyoviy jarayonlar sodir bo`ladi, ularning tuzilmalarida ma‘lum o‘zgarishlar ro‘y beradi. Bulardan elektr hodisalar ayniqsa muhim ahamiyatga ega. ―Hayvon elektri‖ haqidagi ta‘limotning shakllanishi L.Galvani, K.Matteuchi, E.Dyubua Reymon va boshqa bir qator olimlar nomi bilan bog‘liq. Umuman XVIII asrning ikkinchi yarmida elektr hodisalarni o‘rganish boshlandi. Shu davrda elektr tokini hosil qilish yo`llari topildi. Elektrniing tirik to‘qomalarga ta‘sirini o‘rganishda baqaning orqa oyog‘idan tayyorlangan preparat qulay bo`ldi. Elektr manbaniing bu preparatga ta‘sir qilishi muskulni qisqartiradi. Italiyalik olim L.Galvani atmosfera elektrining ta‘sirini o‘rganishga kirishganida shu preperatdan foydalangan. U baqaning umurtqa pog‘onasiga birlashgan oyoq preperatni tayyorlab, umurtqalar orasidan mis ilmoq o‘tkazib, ayvonning temir panjarasiga osib qo‘ygan. Havo ochiq bo`lganda ham atmosfera elektri bor bo`lsa, u muskulga ta‘sir qilib, qisqartiradi, deb o‘ylagan. Ammo hech qanaqa qisqarish kuzatilmagan. Shamol turib, preperatni tebratgach, baqa oyog‘ining uchi vaqti-vaqti bilan temir panjaraga tega boshlagan. Har gal oyoq uchi temir panjaraga tekkanda, muskul qisqargan. Galvani bu hodisani quyidagicha tushuntirgan. Baqaning orqa miyasida hosil bo`lgan ―hayvon elektri‖ o‘tkazgich mis ilmoq va temir panjara orqali oyoq muskullariga yetib kelgan va ularning qisqarishiga sabab bo`lgan. Demak, tirik organizmda ham elektr hosil bo`ladi, degan hulosaga kelgan. Galvanining tajribasi olimlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Uni ko‘p olimlar takrorlab, baqaning orqa miyasini jyoqning muskullariga ikki xil metall (masalan, mis va temir) yordamida ulansa, muskullar qisqarishini ta‘kidlashdi. Bular ichida Volta ham bor edi. U Galvani olgan natijani takrorlagan bo`lsada,‖hayvon elektri‖ bor degan gapga qo‘shilmadi. Volta muskullarni qisqartirgan tok manbai baqaning orqa miyasida emas, balki turli metallardan iborat bo`lgan zanjir ekanliginni birmuncha tajribalar o‘tkazib isbotladi. Bunga javoban Galvani metallardan foydalanmay, yangi tajribalar o‘tkazdi. ―Hayvon elektri‖ borligini isbotlagan bo`lsa ham, olimlar ko‘proq Voltaga ishondilar. Galvanini siyosiy sabablar bilan ishdan haydashdi, tajribalar o‘tkazishdan mahrum bo`lgan Galvani ko‘p o‘tmay vafot etdi. XIX asrning boshlarida boshqa bir italiyalik olim K.Matteuchi shu davrda kashf etilgan sezgir galvanometr yordamida hayvon elektrinin bevosita oichab, uning mavjudligini uzil-kesil isbotladi. Download 4.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling