Muqaddima


Download 4.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/264
Sana03.11.2023
Hajmi4.57 Mb.
#1743031
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   264
Bog'liq
Normal Fiziologiya Qodirov

ICHKI MUHIT VA GOMEOSTAZ 
 
Yirik hayvonlar organizmidagi mavjud hujayralarning asosiy qismi tashqi muhit bilan 
bevosita aloqador emas. Bunday organizmlarda ichki muhit shakllangan bo`lib, faoliyati 
ko‘p jihatdan shu ichki muhitning barqarorligiga bog‘liq. Sut emizuvchi hayvonlarda 
ichki muhit bir nechta umumiy va ixtisoslashgan suyuqliklardan iborat. Qon, limfa, 
to‘qimalararo va hujayra ichidagi suyuqlik umumiy suyuqliklardir. Ixtisoslashgan 
suyuqliklarga miya qorinchalaridagi likvor, ko‘z soqqasidagi, bo‘g‘imlardagi, ichki 
quloqdagi, plevra bo‘shlig‘idagi suyuqliklar kiradi.
Ichki muhit suyuqliklaridan asosiysi – qon. Ammo hujayralarga kerakli moddalarni 
bevosita yetkazib berish to‘qima suyuqligining vazifasi. To‘qima suyuqligi tarkibi turli 
a‘zolarda ularning tuzilishi va bajaradigan ishiga qarab, o‘ziga xos xususiyatga ega 
bo`ladi. 
Qon, limfa, to‘qima suyuqligining tarkibini aniqlash yo;li bilan muayyan a‘zo, 
to‘qima va umuman organizmdagi moddalar almashinuvi to‘g‘risida ma‘lum tasavvur 
hosil qilish mumkin. 
Ichki muhit uchun nisbiylik xosdir. Ichki muhitning barqarorligi organizm faoliyati 
uchun juda katta ahamiyatga ega. Farangistonlikbuyuk fiziolog Klod Bernar birinchi 
bo`lib ichki muhit sezilarli darajada o‘zgarmagandagina, organizm mustaqil hayot 
kechirishi mumkin, degan xulosaga keldi. 
Qon, limfa va to‘qima suyuqliklarining barqarorligi hujayralarning faoliyati uchun 
zarur bo`lgan sharoitni yaratadi. Bu barqarorlikning saqlanishi juda murakkab bo`lgan 


12 
maxsus mexanizmlarga bog‘liq. V.Kennon 1929-yilda ichki muhitning barqarorligi va 
organizmning uni ta‘minlash qobiliyatini gomeostaz, deb atadi. 
Gomeostaz deganda, bir-biriga muvofiqlashgan va ichki muhit barqarorligi 
saqlanishini yoki tiklanishini ta‘minlovchi reaksiyalaar majmuasi tishuniladi. 
Qon, limfa va boshqa ichki muhit suyuqliklarining kimyoviy va fizikaviy-kimyoviy 
holatining barqaror ko‘rsatkichlari (glyukoza miqdori, pH, osmotik bosim, elektrolitlar 
miqdori va boshqalar) gomeostaz ifodasidir. Tabiiyki, bu ko'rsatkichlarning barqarorligi 
mutloq emas. Ular tashqi yoki ichki sabablarga ko‘ra ma‘lum darajada o‘zgarib turishi 
mumkin. Ammo har bir ko‘rsatkichning o‘zgarishi uni eski holatga qaytaruvchi 
gomeostaz mexanizmlarini ishga soladi va odatda uni tiklaydi. Gomeostatik 
ko‘rsatkichlarning uzoq vaqt izdan chiqishi organizm faoliyatiga putur yetkazadi, hatto 
halokatiga olib keladi. 
Gomeostazning ta‘minlanishida nerv va endokrin tizimlarning roli juda muhim. Nerv 
tizimi tashqi va ichki muhitdagi o‘zgarishlarga juda sezgir bo`lganidan, birinchi galda, 
gomeostazni saqlovchi shosgilinch mexanizmlarni ishga soladi. Ko‘pgina gomeostatik 
ko‘rsatkichlarni (qonda glyukoza, Na
+
, Ca
++
miqdorlari va boshqalarni) endokrin tizim 
ishtirokisiz boshqarib bo`lmaydi. 
Ichki muhit barqarorligining organizm mo‘tadil faoliyati uchun katta ahamiyati 
borligi aytib o‘tildi. Buning isboti uchun misol keltiramiz. Shimoliy qotbda uchraydigan 
oq ayiq 60-70 darajadagi sovuqda bemalol yashaydi. U Toshkent hayvonot bog‘ida 
saraton vaqtidagi 35-40 daraja issiqqa ham moslasha oladi. Demak, bu hayvonning 
yashashi mumkin bo`lgan havo haroratining chegarasi taxminan 100-110
0
. Ayiq 
organizmidan ajralgan sun‘iy eritmada tirik saqlanadigan yakka-yakka hujayralarni 
olsak, ular faqat 36-38
0
da o‘z faoliyatini yo‘qotmaydi. Eritma haroratining juda tor 
bo`lgan bu chegaradan chetga chiqib ketishi hujayralarni halokatga yo`liqtiradi. Xuddi 
shu hujayralardan tashkil topgan bir butun organizm tashqi muhit harorati 100 darajadan 
ortiq o‘zgarsa ham, bu o‘zgarishlarga moslashib, faolligini yo‘qotmaydi. Buning sababi 
shundaki, organizmdagi hujayralarning asosiy qismi tashqi muhit bilan bevosita aloqador 
emas, ular atrofida barqarorligini yo‘qotmaydigan ichki muhit suyuqliklari bor. 
Tabiiyki, gomeostazning ma‘lum chegaralari bor. Ichki muhit ko‘rsatkichlarining bu 
chegaradan chiqib, sezilarli darajada oshib yoki kamayib ketishi organizm faoliyatiga 
kuchli ta‘sir ko‘rsatadi, yashab bo`lmaydigan holatga olib keladi. Demak, gomeostatik 
ko‘rsatkichlarning davomli va sezilarli o‘zgarishini kasallik belgisi, deb hisoblash 
mumkin. Bu ko‘rsatkichlarni bilish va aniqlash tashxis uchun katta ahamiyatga ega. 
Fiziologik funksiyalar (faoliyatlar). Organizmdagi biror bir natija olishga qaratilgan 
hayotiy o‘zgarish fiziologik funksiya hisoblanadi. 
Fiziologik funksiyalar xilma-xil bo`lib, hammasi organizmning moddalar almashinuvi 
va moslashishni ta‘minlashga xizmat qiladi. Funksiyalar sodda va murakkab, tig‘ma va 
hayotda orttirilgan, makromolekulyar yoki yaxlit organizm darajasida yuzaga 
chiqadigan, vegetetiv va somatik, himoya va hokazo bo`ladi. Modda, energiya va 
ma‘lumot almashinuvi mavjud funksiyalarning asosi hisoblanadi. 
Ma‘lumot almashinuvi hujayralarning bir-biri bilan bevosita aloqada bo`lishi, 
moddalarning to‘qima suyuqligi, limfa va qon tarkibida tashilish yo`li bilan va 
elektropotensiallarni hujarradan hujayraga juda tez o‘tishi natijasida ro‘yobga chiqadi. 
Ko‘p hujayrali organizmlarda elektr signnallari shaklida kodlangan ma‘lumotlarni qabul 
qiluvchi, o‘tkazuvchi, qayta ishlovchi, saqlovchi va tahlil qiluvchi maxsus tizim bor. Bu 
odamda yuqori darajada rivojlangan nerv tizimidir. 


13 
Nerv tizimi har qanday tirik organizmning o‘z-o‘zini boshqarishida, xilma-xil 
ta‘sirotlarga yaxlit javob berishida, tashqi muhit o‘zgarishlariga moslashishida juda katta 
ahamiyatga ega. Bu murakkab ishni nerv tizimi elektr impulslar yordamida bajaradi. 
Muskullar va bez to‘qimasining faoliyatlari ham elektr impulslarga bog‘liq. 
Bioelektrik hodisalarni yaxshi tushunish uchun birinchi galda qo]zg‘aluvchan to‘qimalar 
– nerv, muskul va bez to‘qimalarining ba‘zi bir umumiy fiziologik xossalariniko‘rib 
chiqqish kerak. 

Download 4.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling