Muqaddima
Download 4,57 Mb. Pdf ko'rish
|
Normal Fiziologiya Qodirov
- Bu sahifa navigatsiya:
- HARAKAT POTENSIALINING VUJUDGA KELISH MEXANIZMI
IZ POTENSIALLARI
Ba‘zi nerv va muskul tolalarida repolyarizatsiyaning oxirgi qismi ancha cho‘ziq bo`ladi. Repolyarizatsiya boshlannib, taxminan 1 ms o‘tgandan keyin, chiziq bukiladi va potrnsialning tiklanishi sekinlashadi. Boshqa bir tolalarda egri chiziqning repolyarizatsiya qismi tez pastga tushib, tinchlik potensiali darajasidan o‘tib ketadi. Bu vaqtda membrananing potensiali tinchlik potensialiga nisbatan manfiyroq bo`ladi. Egri chiziqning bu qismi ifodalaydigan potensial giperpolyarizatsion iz potensiali deyiladi. Ayrim qo‘zg‘aluvchan to‘qimalarda iz potensialining depolyarizatsiya qismi ham kuzatilishi mumkin. Nerv va ko‘ndalang targ‘il muskul tolalarining harakat potensiali 0,1-5 ms HARAKAT POTENSIALINING VUJUDGA KELISH MEXANIZMI Harakat potensialining vujudga kelishi nerv va muskul tolalari membranasining Na + va K + ionlariga nisbatan o‘tkazuvchanligining o‘zgarishiga bog‘liq. Ta‘sirlovchi, odatda elektr toki, membranani oz miqdorda depolyarizatsiyaga uchratadi. Bu boshlang‘ich depolyarizatsiya natriy kanallarining bir qismini ochib, hujayra ichiga qaratilgan kuchsiz natriy oqimi hosil qiladi. Oqim depolyarizatsiyani kuchaytiradi, ochilgan kanallar soni ko‘payib, membrananing natriy kationlari uchunn o‘tkazuvchanligi bir zumda 10-20 baravar oshib ketadi. Natijada musbat zaryadli natriy elektr kimyoviy gradiyent bo‘yicha katta tezlikda hujayra ichiga kira boshlaydi. 4- расм. Хужайра мембранасидаги натрий канали Membranadagi potensiallar qutbi o‘zgaradi: uning ichki yuzasi tashqi tomonga nisbatan musbat zaryadga ega bo`lib qoladi. Bu harakat potensialining depolyarizatsiya bosqichi. Demak, depolyarizatsiyani, ya‘ni natriy kanallarining ochilishi va hujayra ichiga musbat natriy ionlarining tez o‘tishini vujudga keltiradi. 20 Ion kanallarini membranani kesib o‘tgan juda ingichka nay, deb tasavvur qilish mumkin (4-rasm). Bu nayning devori oqsil makromolekulalaridan iborat. Kanal tashqi uchiga yaqin joyda 0,3-0,5 nm gacha torayadi. Demak, kanallardan diametri shunga yaqin bbo`lgan zarrachalar o‘tishi mumkin. Kanalning toraygan qismi kationlarni saralab o‘tkazadi. Shunning uchun u tanlovchi (selektiv) filtr deyiladi. Kanallarning soni aksariyat hujayralarda ko‘p emas: membraananing bir necha million lipid molekulalaridan iborat bo`lgan bir kvadrat mikrometr sathida 20-30 kanal mavjud. Kanalning hujayra ichiga qaratilgan qismi ancha keng, bbu yerda ikki tavaqali ―darvoza‖ joylashgan. Darvoza tavaqalarining ochilib-yopilishi biri-biriga bog‘liq emas. Shuning uchun ularni ikkita mustaqil darvoza deb hisoblashadi. Darvozalardan biri membrananing depolyarizatsiyalanishi ta‘sirida tez ochiladi. Bu aktivatsion darvoza. Uning ochilishi Na + ning hujayra ichiga kirishiga yoi beradi. Hujayra tinch holatda bo`lganda bu darvozalar yopiq turadi. Ayni vaqtda ikkinchi xil darvozalar ochiq bo`ladi. Ular inaktivatsion darvozalar deyiladi. Inaktivatsion darvozalar membrana depolyarizatsiyalanganda, nisbatan sekin yopiladi. Shuning uchun harakat potensialining depolyarizatsiya bosqichining boshida aktivatsion darvozalar ochilgan bo`lsa, inaktivatsion darvoza yopilib ulgurmaydi.Bu davrda ikkala darvoza ochiq bo`lib, kanaldan natriy kationining o‘tishiga to‘siq bo`lmaydi. Ammo depolyarizatsiya hali davom etaveradi, u inaktivatsion darvozani sekin yopib, kanalni berkitadi. Natriyni hujayra ichiga o‘tishi to‘xtaydi. Depolyarizatsiya to‘xtagandan so‘ng inaktivatsion darvoza sekin ochiladi, aktivatsion darvoza esa tez yopiladi – kanallar asli holiga qaytadi. Aktivatsion darvozalarning ochilib-yopilishi membrana potensialiga bog‘liq. Ularning membranaga botiq uchi musbat zaryadga ega. Hujayra tinch holatda bo`lganda membrananing ichki yuzasidagi manfiy zaryadlar uni o‘ziga tortadi. Darvoza kanalga nisbatan ko‘ndalang holatda uni to‘sib turadi. Depolyarizatsiya boshlanib, membrananing qutblari o‘zgaradi. Darvozaning musbat zaryadli ucchini manfiy zaryadga ega bo`lib qolgan tashqi yuza torta boshlaydi. Darvoza kanal ‖qirg‘og‘ida‖ faraz qilingan nuqtadagi o‘q atrofida aylanib, kanaalga nisbatan uzunasiga joylashadi, kanal ochiladi. Bu gaplar natriy kanallari faoliyatiga taalluqli. Natriy kanallari faoliyatini to‘xtatib qo‘yadigan maxsus modda – tetrodotoksin yordamida olingan natijalarga muvofiq, kanallar soni turli hujayralar membranasining kvadrat mikronida bir necha o‘n onnadan bir necha minggacha yetishi mumkin. Kaliy kanallarining tuzilishi va faoliyat ko‘rsatishi natriy kanallarinikiga o‘xshash, farqi faqat bu kanallarnning selektivlik (tanlab o‘tkazish) darajasida va inaktivatsiya rivojlanishining tezligida. Kaliy kanallarining tanlab o‘tkazish qobiliyati juda yuqori, ulardan boshqa kationlar, masalan Na + deyarli o‘ta olmaydi. Nerv tolalaridagi kaliy kanallarining inaktivatsiyasi depolyarizatsiya bir necha sekund davom etsagina yuzaga chiqadi. Demak, ta‘sirot membranada boshlang‘ich depolyarizatsiyani yuzaga keltiradi, u esa natriy kanallarining oz qismi ochilishiga sabab bo`ladi. Kanallarning ochilishi hujayra ichiga qaratilgan natriy oqimini hosil qiladi. Bu oqim boshlang‘ich depolyarizatsiyani kuchaytiradi va boshqa kanallarning ochilishiga olib keladi. Natriy kationlarining hujayraga juda tez kirishi depolyarizatsiyani cho‘qqisiga yetkazadi. Inaktivatsion darvozalar yopilishi bilan natriy oqimi to‘xtaydi. Shu vaqtning o‘zida depolyarizatsiya natijasida kaliy kanallari sekin-asta ochiladi va tashqariga qaratilgan kaliy oqimi tezlashadi. Musbat kaliy ionlarining tashqariga chiqishi membranani repolyarizatsiyalaydi. Kaliy oqimi davomli bo`lsa, membrana 21 giperpolyarizatsiya holatiga o‘tishi mumkin. Bu vaqtda membranadagi potensiallar farqi tinchlik potensiali miqdoridan oshib ketadi. Harakat potensialining egri chizig‘ida iz potensiallarining giperpolyarizatsiya (musbat) bosqichi paydo bo`ladi. Download 4,57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling