Muqaddima


QO’ZG’ALISHNING NATRIY-KALIY


Download 4.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/264
Sana03.11.2023
Hajmi4.57 Mb.
#1743031
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   264
Bog'liq
Normal Fiziologiya Qodirov

QO’ZG’ALISHNING NATRIY-KALIY 
NASOSIGA TA’SIRI 
Kalmarning gigant aksonida har bir harakat potensiali vujudga kelishi membrananing 
kvadrat mikron yuzasidan 20000 natriy ionlari ichkariga o‘tishi va shuncha kaliy ionlari 
tashqariga chiqishiga olib keladi. Bu miqdor aksondagi ionlar umumiy miqdoriga 
nisbatan juda oz. Ammo tabiiy sharoitda nerv tolalariga impulslar chastotasi yuqoriligini 
(sekundiga 100-500 impuls) e‘tiborga olsak, davomli ta‘sirlash membrana atrofidagi 
ionlar konsentratsiyasidagi farqning yo‘qoloshiga olib kelishi mumkin edi. Tirik 
hujayrada bu farq saqlanib qoladi, chunki qo‘zg‘alish natriy-kaliy nasosining faolligini 
oshiradi. Nasosning faollanishi protoplazmada natriy miqdori ko‘payishiga bog‘liq. 
Nasos ishi jadallashishi natijasida natriy hujayradan tashqariga haydaladi, kaliy esa 
ichkariga o‘tkaziladi. Natijada ionlar miqdoridagi membrana atrofidagi farq tiklanadi. 
O‘tkazish faol tashilish mexanizmi asosida sodir bo`lgani uchun energiya sarfi oshadi, 
makroergik fosfatlar parchalanishi va qayta sintezlanishi tezlashadi, issiqlik ajralishi 
ko‘payadi va h.k. 
MUSKUL FIZIOLOGIYASI 


23 
 
Muskullar kimyoviy energiyani bevosita mexanik energiyaga va issiqlikka 
aylantiruvchi a‘zolardir. Umurtqali hayvonlarda skeletning ko‘ndalang targ‘il muskuli, 
yurakning ko‘ndalang targ‘il muskuli va ichki a‘zolarning, qon tomirlarning hamda 
terining silliq muskullari tafovut qilinadi. 
Ko‘ndalang targ‘il muskullar birinchi galda tana va qismlarining fazodagi 
harakatlarini, ko‘z harakatlarini, chaynash va boshqa faoliyatlarni bajaradi. Skeletning 
ko‘ndalang targ‘il muskullari inson idrokiga bo‘ysunadi, ular yordamida ixtiyoriy 
harakatlar bajariladi. Bu muskullar faoliyati MNT tomonidan toiiq boshqarilib turadi. 
Silliq muskullar asosan ichki a‘zolar harakatlarini ta‘minlaydi. Ular avtomatiyaga ega 
bo`lib, ko‘proq kavak a‘zolar devorida joylashgan. Intramural yoki metasimpatik nervlar 
chigali tomonidan boshqariladi. Silliq muskullar faoliyatini ixtiyoriy ravishda o‘zgartirib 
bo`lmaydi.

Download 4.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling