Muqaddima
Download 4.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Normal Fiziologiya Qodirov
LABILLIK
To‘qimalar qo‘zg‘aluvchanligini baholashda ta‘sirot bo‘sag‘asi, foydali vaqt, xronaksiyalardan tashqari labillik tushunchasi ishlatiladi. Bu tushunchani ifodalagan N.Ye.Vvedenskiy labillik yoki funksional harakatchanlik deganda ―… mazkur apparatning fiziologilk faoliyatiga hamroh bo`ladigan oddiy reaksiyalarning ozmi- ko‘pmi tezligi‖ni tushungan. Olimning tasavvuriga ko‘ra, qozg‘aluvchanlik to‘qimaga tez-tez ketma-ket beriladigan ta‘sirotlar tufayli shu to‘qima 1 sekundda qancha ko‘p harakat potensialini yuzaga chiqara olsa, o‘shancha harakat potensialining miqdori labillik oichovi hisoblanadi. Ixtiyoriy harakatlarni vujudga keltiruvchi harakatlantiruvchi nerv tolalaridan o‘tdigan impulslar soni bir sekundda 50 tadan oshmaydi. Sezuvchi nnerv tolalari o‘tkazishi mumkin bo`lgan impulslar soni 1 sekundda 1000 tadan ortiq. Demak, sezuvchi tolalarning labilligi harakatlantiruvchi tolalarnikiga nisbatan anchagina yuqori. 22 To‘qimalarning labilligi ularning faoliy holatiga qarab o‘zgarib turadi. Uning oshishi yoki kamayishi ham membrananing ionlar uchunn o‘tkazuvchanligi o‘zgarishiga va bu o‘zgarishlar natijasida taraqqiy etadigan refrakterlikka bog‘liq. REFRAKTERLIK Qo‘zg‘alish vaqtida qo‘zg‘aluvchanlikni aniqlashga qaratilgan tajribalar natijasiga ko‘ra, mahalliy javob vaqtida nerv tolasining qo‘zg‘aluvchanligi biroz oshadi. Harakat potensiali cho‘qqiga ko‘tarilganida tola qo‘zg‘aluvchanligi mutloq yo‘qoladi. Repolyarizatsiya boshlanishi bilan, qo‘zg‘aluvchanlik asta sekin tiklanadi. Membrana qo‘zg‘aluvchanligi umuman yo‘qolgan vaqt mutloq refrakterlik davri, deb atalgan. Bu holatning rivojlanishiga natriy kanallari deyarli toia inaktivatsiyalangani, kaliy uchun membrana q‘tkazuvchanligi oshgani sabab bo`ladi. Repolyarizatsiya natriy kanallarining faolligi tiklanishiga va kaliy oqimining sekinlashishiga olib keladi. Natijada qo‘zg‘aluvchanlik sekin tiklanadi. Bu vaqqtni refrakterlikning nisbiy davri deymiz. Nerv tolalarida mutloq refrakterlik davrining davomiyligi 1 ms dan kam, nisbiy refrakterlik esa 5-10 ms davom etishi mumkin. Odamning yurak muskuli tolalari olinsa, bu fazalarning davomiyligi 270 ms (mutloq refrakterlik) va 30 ms (nisbiy refrakterlik) tashkil qiladi. Juda qisqa mutloq refrakterlikka ega bo`lgan nerv tolasi 1 sekundda 1000 ta harakat potensialini vujudga keltirishi mumkin, yurak muskuli esa shu vaqt davomida faqat 3-4 marta qo‘zg;alish qobiliyatiga ega. Demak, nerv tolasining labilligi yurak miskulinikiga nisbbatan 250-300 marta yuqori. Nerv yoki muskul tolalarining qo‘zg‘alishi iz potensiali bilan tugasa, bu davrda ham qo‘zg‘aluvchanlik o‘zgaradi. Iz depolyarizatsiyalanish vaqtida qo‘zg‘aluvchanlik odatdagidan biroz yuqori, iz giperpolyarizatsiyalanish vaqtida esa biroz past bo`ladi. Download 4.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling