Muqaddima
MUSKUL QISQARISHINING MEXANIZMI
Download 4.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Normal Fiziologiya Qodirov
MUSKUL QISQARISHINING MEXANIZMI
Hamma sarkomerlarda miozin iplarni aktin iplar bilan birlashtirib turadigan ko‘ndalang ko‘prikchalar bor. Muskul tolasi qisqarganda miozin va aktin iplar kalta bo`lmaydi, biri ikkinchisi ustida ―sirg‘ana‖ boshlaydi: aktin iplar miozinn iplar orasiga sirg‘anib kiradi, natijada I disklar kaltalashadi. A disklarning uzunligi o‘zgarmaydi. Bir- biriga ulangan sarkomerlarning har qaysisining bo‘yi taxminan 30% kamayadi, tola ham kaltalashadi. 29 10- расм. Кўндаланг кўприкчаларнинг мускул қисқаришидаги иштироки. Aktin iplar ko‘ndalang ko‘prikchalarning harakatlari tufayli miozin iplar oralig‘iga sirg‘anib kiradi. Miozin iplar shoxlanib, har qaysisi taxminan 150 miozin molekulasidan tashkil topgan ko‘p boshchalarni hosil qiladi. Bu boshchalar miozin ipning o‘siqlari bo`lib, uni qisqarish vaqtida atrofdagi aktin iplar bilan bog‘lab turadi (10rasm). Ko‘ndalang ko‘prikchalarning boshchalari eshkaksimon harakat qilib, aktin iplarnni miozin iplar oralig‘iga siljitadi. Ko‘prikchalar harakatlarining amplitudasi 20 nm, chastotasi sekundiga 5-50 tebranishdan ibborat. Har qaysi ko‘prikcha goh aktin ipiga ulanib, uni tortadi, goh undan uzilib, yana birikish imkoniyatini tug‘diradigan sharoitni ―kutib‖ turadi. Ko‘prikchalar asinxron ravishda harakatlansada, ular jida ko‘p bo`lganidan vujudga keladigan tortish kuchi qisqsrish davomida bir me‘yorda saqlanadi. Tinch holatda ko‘prikcha energiyaga boyiydi, ammo aktin ipi bilan bbirika olmaydi, ular o‘rtasida joylashgan troponin globulasi (zarrachasi) bilan birikkan tropomiozin ipi bunga halaqit beradi. Muskul faollashganda uning mioplazmasida erkin kalsiy ionlari paydo bo`ladi. Bu ionlarga juda ―o‘ch‖ bo`lgan troponin kalsiy bilan birikib, o‘z konformatsiyasini (shaklini) o‘zgartiradi va tropomiozin ipini surib, ko‘ndalang ko‘prikchalarning aktin iplari bilan birikishiga imkoniyat tug‘diradi. Birikish natijasida ko‘prikchaning konformatsiyasi keskin o‘zgaradi, uning boshchasi egiladi, aktin ipi bir qadar (20 nm ga) suriladi. Bu harakat uchun sarflangan energiya fosforillangan aktomiozin tarkibidagi makroergik fosfat bog‘lanish hisobidan ajraladi. ATF-aza aktivligiga ega bo`lgan aktomiozin makroergik fosfatlar parchalanishini ta‘minlaydi. Bundan keyin aktin va miozin iplar atrofida Ca 2+ miqdori kamayishi tufayli tropomiozin troponindan ajraladi va ko‘ndalang ko‘prikcha bilan aktin ipi o‘rtasida yana to‘siq bo`lib qoladi. Miozin ATF hisobiga fosforillanadi. ATF faqat miozinni energiyaga boyitish uchun emas, balki iplarni bir-biridan vaqtincha ajratish uchun zarur bo`lgan modda. Bu ajralish muskulni yumshatib, cho‘zilishiga imkoniyat tug‘diradi. Qisqsrish ro‘yobga chiqishi uchun zarur bo`lgan kalsiy ionlari muskulning tinch holatida toladagi sarkoplazmatik retikulumda saqlanadi. Bu sharoitda retikulum membranasini kalsiy uchun o‘tkazuvchanligi juda past, oz miqdorda mioplazmaga chiqqan ionlarni kalsiy nasosi retikulum ichiga haydab, u yerda kalsiy konsentratsiyasi yuqori bo`lishini saqlab turadi. Sarkoplazmatik retikulum bo‘shlig‘ida kalsiy ionlari konsentratsiyasi mioplazmadagiga nisbatan 10000 marta yuqori. Sarkoplazmatik retikulum membranasining faollanisi undagi kalsiy kanallarining ochilishiga va konsentratsion gradiyent bo‘yicha Ca 2+ ni aktin va miozin iplar atrofiga chiqishiga olib keladi. Retikulum membranasi faollanishi uchun muskul tolasining tashqi membranasida vujudga kelgan qo‘zg‘alish ko‘ndalang naychalar T-tizimi orqali sarkoplazmatik retikulum membranasiga tarqalishi kerak. T-tizim tashqi membranani sarkomerning ichiga botib kirgan qismidir. Ko‘ndalang naychaning diametri 50 nm. Umurtqali hayvonlarning muskul tolalarida bu naychalar disklar muzofotida miofibrillalarga yaqinlashadi. 30 Ko‘ndalang naychalarga perpendikulyar bo`lib, miofibrillalarga parallel holda uzunchoq naychalar joylashgan. Uzunchoq naychalarning ikki uchi kengayib, sisternalar hosil qiladi. Ko‘ndalang naycha va ikki tarafdagi sisternalar uchliklarga birlashgan. Ko‘ndalang naycha va sisternalar membranasi o‘rtasida elektr sinapslar mavjud, degan fikr bor. Demak, motor nerv tolasi orqali muskul tolasiga yetib kelgan impuls tashqi membranada harakat potensialini vujudga keltiradi, bu potensial ko‘ndalang naycha orqali tarqalib, sisterns membranasini faollashtiradi va kalsiy ionlarini erkinlikka chiqarib, aktin va miozin iplar atrofida ko'‘ayishiga olib keladi. Kalsiy esa, yuqorida aytilganidek, qisqarish mexanizmini ishga soluvchi omil. Shunday qilib, muskul qisqarishini ta‘minlovchi jarayonlar quyidagilardan iborat: ta‘sirot; harakat potensialining vujudga kelishi; uning miofibrilla ichkarisiga (uchliklariga) o‘tkazilishi; Ca 2+ ionlarining erkinlashishi va aktin va miozin iplar atrofiga diffuziyalanishi; aktin iplarining miozin iplar oralig‘iga sirg‘anishi va sarkomerning kaltalanishi; kalsiy kanallarinning faollanishi va erkin kalsiy konsentratsiyasi kamayishi; miofibrillalarning bo‘shashishi. Download 4.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling