Muqaddima
MIOFIBRILLALARNING TUZILISHI VA QISQARISH
Download 4.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Normal Fiziologiya Qodirov
MIOFIBRILLALARNING TUZILISHI VA QISQARISH
VAQTIDA O’ZGARISHI Skeletning ko‘ndalang targ‘il muskuli umumiy qobiqqa o‘ralgan juda ko‘p muskul tolalaridan iborat. Bu tolalar suyaklarga yopishgan paylarga ulangan. Skelet muskul tolasi diametri 10-100 mkm, bo‘yi 1-2 sm bo`lgan ko‘p yadroli hujayra desa bo`ladi. Tola yuzasi oddiy mikroskopda tiniq bo`lgan membrana – sarkolemma bilan qoplangan. Har 2-3 mkm masofada membrana tola ichiga botib kirib, ko‘ndalang naychalar hosil qiladi. Tola protoplazmasi – sarkoplazmada diametri taxminan 1 mkm bo`lgan juda ko‘p iplar – miofibrillalar uzunasiga joylashgan. Hujayra kiritmalaridan mitoxondriyalarni uchratish mumkin. Ko‘ndalang targ‘il muskuldagi miofibrillalar birin-ketin kelgan polyarizatsiyalangan (yorug‘likni turli darajada sindiradigan) disklardan iborat. Yorug;likni ikki marta (ikki Muskul tuzulishining turlari 28 yuzaga) sindiradigan disklar oddiy mikroskopda qoramtir ko‘rinadi. Bular anizotrop disklar deyiladi. Tolaning bu disklarga yondosh qismlari yorug‘likni bir yuzada sindiradi, mikroskopda tiniq ko‘rinadi va izotrop disklar deyiladi. Anizotrop disklar A harfi bilan, izotrop disklar I harfi bilan belgilanadi (9-rasm). Anizotrop disk o‘rtasida yorug‘ H hoshiyani ko‘ramiz. Izotrop disk o‘rtasidan qoramtir Z chiziq o‘tgan. Z chiziq – yupqa membrana teshiklaridan o‘tuvchi miofibrillalar bu membranaga birikkan. Shu tufayli, muskul tolasida parallel yotuvchi miofibrillalar disklarning qisqarish vaqtida bir-biriga nisbatan siljib ketmaydi. 9- расм. Кўндаланг-тарғил мускул саркомерининг қисқариш Еақтида ўзгариши . Miofibrillalarning har biri o‘rta hisobda 2500 protofibrillalardan tuzilgan. Protofibrillalar esa miozin va aktin oqsillarining polimerlangan cho‘ziq molekulalaridan iborat. Miozin protofibrillalar (iplar) aktin iplarga nisbatan ikki marta yo‘g‘onroq, diametri taxminan 10 nm. Muskul tolasi tinch holatda bo`lganida ingichka uzun aktin iplarining uchlari yo‘g;onroq va kaltaroq miozin iplari o‘rtasidagi yoriqlarga kirib turadi. Izotrop (I) disklar faqat aktin iplaridan, anizotrop (A) disklar esa miozin va aktin iplaridan iborat. Anizotrop diskning o‘rtasida aktin iplardan hosil bo`lgan yorug‘ H hoshiya joylashgan. Miofibrillalarning bir-biriga yaqin bo`lgan ikkita Z chiziqlar oralig‘idagi qismi bir sarkomerni tashkil qiladi. Demak, miofibrilla birin-ketin takrorlanuvchi juda ko‘p sarkomerlardan iborat. Har bir sarkomerga esa ikkita I disklarning yarimlari va bitta A disk kiradi. Bo‘shashgan muskul tolasi sarkomerining uzunligi 3,6 mkm, tola qisqarganda 2,0-2,2 mkm ni tashkil qiladi. Download 4.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling