Muqaddima
MARKAZIY NERV TIZIMINING UMUMIY
Download 4.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Normal Fiziologiya Qodirov
MARKAZIY NERV TIZIMINING UMUMIY
FIZIOLOGIYASI Odam organizmi juda murakkab o‘z-o‘zini boshqara oladigan tizim. Boshqa tizimlar kabi u tashkiliy unsurlardan – a‘zo va to‘qimalardan tuzilgan. Muayyan faoliyatlarni yuzaga chiqaradigan a‘zolar ma‘lum tizimlarga birlashgan. Ammo tirik organizm 33 tashqi va ichki muhit o‘zgarishlariga doimo bir butunligicha javob beradi. A‘zolar va to‘qimalarni birlashtirishda, shuningdek bir butun organizmning muhit o‘zgarishlariga moslashishida markaziy nerv tizimining ahamiyati juda katta. Benihoya murakkab bo`lgan odam organizmidagi tizimlar ko‘p pog‘onali. Odatda yuqori pog‘onadagi tizimlarga pastki pog‘onadigilari bo‘ysunadi va birinchilar tomonidan boshqarilib turiladi. Markaziy nerv tizimini boshqaruvchi tizimlarning eng yuqori pogonasi, desa bo`ladi. Tizimlarni tashkil qiluvchi a‘zolar, turli tisimlar o‘rtasida uzluksiz axborot almashinuvi ro‘y berib turadi. 11-расм. Орқа миянинг соматик ва висцерал рефлекс ёйлари... - . 1—рецептор, 2—афферент нейрон, 3—орқа мия, 4—эфферент нейронлар, 5—ишчи аъзолар, 6—спинал тугун, 1—симпатик тугўн.. Nerv tizimining axborot almashinuvidagi o‘rnini boshqa tizimlar, masalan, gumoral boshqaruv tizimi bosa olmaydi. Nerv tizimi o‘tkazadigan axborot turli impulslar shaklida bo`lib, bu impulslar bir-biridan chastotasi, guruhlarga birlashishi, guruhlarni tashkil qilgan impulslar soni va ular o‘rtasidagi masofa bilan farqlanadi va hokazo. Mana shu impulslar yordamida boshqarish jarayoni yuzaga chiqadi, a‘zo va tisimlar o‘zaro ta‘sirlanadi, xatti-xarakatlar shakllanadi, organism o‘zgaruvchan sharoitlarga moslashadi. Nerv tisimining asosiy faoliyat mexanizmi - refleks. Refleks so‘zi lotincha bo`lib, qaytaraman degan ma‘noni bildiradi. Refleks tushunchasi to‘g‘risida birinchi bo`lib so‘z yuritgan farangistonlik faylasuf Rene Dekartning fikricha, oyna o‘zida tushgan nurni qaytarganifek, miya organizmni ta‘sirlagan narsalarni qaytarib, ularga javob shakllaydi. Xozirgi vaqtda organizmning markaziy nerv tizimi ishtrokida ro‘y beradigan har qanday reaksiyani refleks deyiladi. Refleks yuzaga chiqishi uchun uning morfologik asosi - reflektor yoy mavjud bo`lishi shart. Reflektor yoy besh qismdan iborat. 1) retseptor - tashqi yoki ichki muhitning muayyan ta‘surotlarini qabul qilishga ihtisoslashgan tuzilma; 2) retseptorda hosil bo`luvchi impulslarni nerv markaziga yetkazuvchi afferent (sezuvchi) neyron ; 3) odatda orqa yoki bosh miyada joylashgan nerv markasi ; 4) o‘z aksoni yordamida impulsni markazdan ischi a‘zoga yetkazuvchi efferent ( harakatlantiruvchi) neyron; 5) tegishli faoliyatni bajaruvchi ishci a‘zo (effektor) - muskul yoki bez. Chin refleks vujudga kelishi uchun qo‘zg‘alish reflektor yoyning hamma yeridan o‘tishi kerak. 34 Tabiiy sharoitda kuzatiladigan reflektor reaksiyalar ancha murakkab. Ularning yuzaga chiqarilishida markaziy nerv tizimining turli qismlari ishtrok etadi, bu reaksiyalar aniq bo`lishi va maqsadga yetishni ta‘minlashi uchun qaytar bog‘lanishlarning ahamiyati katta. Reflaktor yoyni faqat yoqorida ko‘rsatilgan 5 qismdan iborat, deb faraz qilsak, unda ro‘y beradigan voqealarni quyidagicha tasavvur qilish mumkin. Ta‘sirot retseptorni qo‘zg‘atadi va hosil bo`lgan impuls afferent tolalar bo‘ylab nerv markaziga yetib keladi; markaz bbu afferent impulslarni qayta ishlab, ularga javoban ishchi a‘zoga buyruq – efferent impulslar shakllaydi va bu buyruq efferent neyron orqali ishchi a‘zoga yetib keladi, uni ishga soladi. Ammo buyruqnning qaysi tarzda bajarilgani haqida markaz ahborot olmaydi. Balki muskul qisqarishi keragidan kuchli, balki kuchsiz bo`lgandir. Maqsadga tez va aniq erishish uchun effektorlar ishiga markaz uzluksiz aralashib, o‘zgarishlar kiritib tirishi zarur. Buning uchun markaz buyruqning qanday bajarilayotgani to‘g‘risida ishchi a‘zodan uzluksiz axborot olib turishi kerak. Bu axborotlarni markazga ishchi a‘zoda joylashgan retseptorlar bilan bog‘liq bo`lgan afferent tolalar – qaytar bog‘lanish yo`llari yetkazadi. Qaytar afferentatsiya asosida nerm markazi effektor faoliyatiga tegishli tuzatishlar kiritib turadi: faollik darajasi yeterli bo`lmasa, u kuchaytiriladi, yuqori bo`lsa, susaytiriladi. Biologik va texnikaviy tizimlarning boshqarilishida muhim ahamiyatga ega bo`lgan qaytar bog‘lanish to‘g‘risidagi tushunchaning shakllanishida I.M.Sechenov va P.K.Anoxinlarning roli juda katta. Turli fiziologik jarayonlar manfiy va musbat qaytar bog‘lanishlar tamoyilida boshqariladi. Masalan, biror sababdan arterial qon bosimi ko‘tarilib ketsa, ana shu o‘zgarishning o‘zi ko‘rsatkichni kamaytirib, asli holiga qaytaruvchi mexanizmlarni ishga soladi: qon tomirlar kengayadi, yurak ishi sustlashadi, natijada ko‘tarilib ketgan bosim mo‘tadil darajaga tushadi. Musbat qaytar bog‘lanishlarni namoyish qiluvchi misollar kam emas. Boshqariladigan jarayonda o‘zgarishlar ro‘y berib bo`lganidan keyin qaytar bog‘lanish ishga tushadi va vujudga kelgan nomutanosiblikning bartaraf etilishini ta‘minlaydi. Ammo, organizmda boshqa tamoyilda ishlaydigan boshqaruv mexanizmlari ham bor. Bunday boshqaruv tizimlarning bosh qismida jarayonni o‘zgartirishi mumkin bo`lgan ta‘sirotlar kuchini aniqlovchi qurilmalar bor. Agar ta‘sirot kuchi kerakligidan ortiq bo`lib, boshqariluvchi jarayonda nomatlub o‘zgarishlar yuzaga keltirish qobiliyatiga ega bo`lsa, tizimda bunday ta‘sirotlarning oldini olish va jarayonni me‘yorida saqlab qolishni ta‘minlaydigan o‘zgarishlar ro‘y beradi. Demak, bunday tizimlar ro‘y beradigan o‘zgarishlarni tuzatishga emas, balki keraksiz o‘zgarishlarni oldini olishga qaratilgan. Birinchi tamoyildagi tizimlar chiqqan yong‘inni o‘chirishga imkoniyat tug‘dirsa, ikkinchisi yong‘inni oldini oladi. Organizmning aksariyat fiziologik reaksiyalari yuzaga chiqishida aytib o‘tilgan har ikki tamoyilda ishlaydigan boshqaruv tizimlarning mavjudligini va ularning bir-biriga ko‘maklashishini kuzatish mumkin. Reflektor faoliyatlarning ro‘yobga chiqishida ko‘rsatilgan tuzilma va mexanizmlardan tashqari, solishtirishni va buyruqlarni shakllaydigan hamda boshqa ishlarni amalga oshiradigan apparatlar ishtirok etadi. Bular P.K.Anoxinning fikricha, funksional tizimni tashkil qiladi. Umurtqali hayvonlarning nerv tizimi markaziy va periferik qismlarga bo`linadi. Bosh va orqa miyaning tarkibiy qismlari markaziy nerv tizimini (MNT) tashkil qiladi. Periferik 35 nerv tizimi tugunlar va nervlardan iborat. Bosh miya, orqa miya va tugunlar ikki xil hujayralardan – nerv va gliya hujayralaridan tuzilgan. Markaziy nerv tizimining juda murakkab faoliyatlari asosiy nerv hujayralari – neyronlar bilan bog‘liq. Markaziy nerv tizimining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 1. Nerv tizimi organizmdagi hujayra, to‘qima, a‘zo va tizimlar faoliyatini uyg‘unlashtirib hamda birlashtirib, integrativ faoliyatni boshqaradi. 2. Nerv tizimi organizmni tashqi muhit bilan aloqasini va muhit bilan bog‘lanishini, shuningdek muhit o‘zgarishlariga moslashishini ta‘minlaydi. 3. Nerv tizimi organizmning maqsadga erishishga qaratilgan xulq-atvorini shakllaydi. 4. Nerv tizimi trofik faoliyatga ega. Bu faoliyat o‘sish, yetilish va modda almashinuvini boshqarishdan iborat. Yuqorida aytib o‘tilgan faoliyatlarning yuzaga chiqishi nerv boshqarilishi deyiladi. Nerv to‘qimasining quyidagi xususiyatlari bor. Bular: nerv to‘qimasining yuqori qo‘zg‘aluvchanligiga bog;liq bo`lgan kuchsiz ta‘sirotlarni qabul qila olish qobiliyati; nerv tizimida sodir bo`ladigan reaksiyalarning juda tezligi; nerv ta‘sirotlarining aniq yo‘nalishi. MNT tuzilishi va faoliyati to‘g‘risidagi zamonaviy tasavvurlar neyron nazariyasiga asoslangan. Bu nazariyaga ko‘ra, bosh va orqa miya alohida-alohida neyronlarning funksional birligidir. Neyronlarning tuzilma unsurlari (neyrofibrillar va gialoplazma) bir hujayradan ikkinchi hujayraga o‘tmaydi. Tuzilishi chegaralangan neyronlar bir-biri bilrn sinnapslar yordamida bog‘langan. Sinapslar neyronlarni reflektor tamoyil asosida faollik ko‘rsatadigan guruhlarga birlashtirib turadi. Download 4.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling