Muqaddima


Nerv tolalarida qo'zg'alishga aloqador kimyoviy va


Download 4.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/264
Sana03.11.2023
Hajmi4.57 Mb.
#1743031
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   264
Bog'liq
Normal Fiziologiya Qodirov

Nerv tolalarida qo'zg'alishga aloqador kimyoviy va 
boshqa o'zgarishlar. 
Qo'zg'alishning nervlardan o'tishi ularda modda almashinuvini 
kuchaytiradi. Qo'zg'alishdan keyin membrana atrofidagi ionlar 
miqdoridagi farqni asl holiga keltirish uchun neyronlarda 
sintezlanadigan ATF ning 70% sarflanadi. Qo'zg'algan nervda 
kislorod sarfi oshadi, glyukozaning anaerob parchalanishi 
tezlashib, sut kislota miqdori ko'payadi. Ammiakning ko'plab 
ajralishi oqsillar almashinuvi jadallashganidan dalolat beradi. 
Nuklein kislotalar va fosfolipidlar almashinuvi ham tezlashadi. 
Qo'zg'algan nervlarda ATF parchalannishi bilan bir qatorda, 
uning qayta sintezlanishi ham tezlashadi. Bu jarayonga 
sarflangan energiyaning yarmi issiqlikka aylanadi. Hosil bo'lgan issiqlik miqdori juda oz 
– 1 g nerv to'qimasiga hisoblaganda 1 daqiqada 4,14x10
-3
1x10
-2
kkal. Bu miqdor muskul 
qisqarganda ajraladigan issiqlik miqdoridan 1000000 marta kam. 
Qo'zg'alishning nerv tolalarida o‘tishi uchun juda oz energiya kerak bo`ladi. Shuning 
uchun ham nervning qon bilan ta‘minlanishi me‘yorida bo`lsa, u deyarli charchamaydi. 
N.Ye.Vvedenskiy atmosfera havosida nerv 8-10 soat davomida uzluksiz ta‘sirlanganda 
ham qo‘zg‘alishni o‘tkazish qobiliyatini saqlab qolishini aniqlagan. 
SINAPSLARNING TUZILISHI VA ISHLASH MEXANIZMLARI 
15-
расм. Нерв мускул синапсининг 
(
охирги пластинканинг) тузилиши.


43 
Sinaps – bir neyronni ikkinchi neyron bilan, neyronni muskul tolasi yoki bez 
hujayrasi bilan bog‘lovchi tuzilma. Ularni quyidagi tamoyillar asosida tasniflash 
mumkin. 
1. Sinaps qurilishida ishtirok etuvchi hujayralarga qarab, nerv-muskul va neyro-neyronal 
sinapslar tafovut qilinadi. Neyronlarning sinapslar joylashgan qismiga qarab akso-
somatik, akso-dendritik, akso-aksonal sinapslarni ajratish mumkin. 
2. Sinapslar faollashganda rivojlanadigan jarayonni ko‘zda tutib qo‘zg‘atuvchi va 
tormozlovchi sinapslar tafovut qilinadi. 
3. Qo‘zg‘alishning o‘tish uslubiga ko‘ra kimyoviy, elektr va aralash sinapslar farqlanadi.
Aksonlarning oxirgi tarmoqchalari biroz kengayib tugayda. Bu sinapsdan oldingi 
(presinsptik) kengayish sinapsning birinchi galda zarur bo`lgan tarkibiy qismi (15-rasm). 
Boshqa bir neyron, muskul tolasi yoki sekretor hujayra membranasining presinaptik 
kengayish ro‘parasidagi qismi postsinaptik (sinapsdan keyingi) membrana, deb ataladi. 
Bu har bir sinapsning ikkinchi zaruriy qismi. Presinaptik va postsinaptik membranalar bir 
biriga tegib turmaydi, ular o‘rtasida sinapsning uchinchi zaruriy qismi – sinnaps yirig‘i 
bor. 

Download 4.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling