Muqaddima


Download 4.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/264
Sana03.11.2023
Hajmi4.57 Mb.
#1743031
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   264
Bog'liq
Normal Fiziologiya Qodirov

Parabioz. N.Ye.Vvedenskiy ba'zi fizikaviy va kimyoviy omillar (kuchli elektr toki
ezish, efir va boshqalar) ta'siridan so'ng nervdan qo'zg'alish o'tishini o'rganib, nerv 
o'tkazuvchanligi pasayganini qayd qildi. Bu tajribalar baqaning nerv-muskul preparatida 
o'tkazilgan. Buning diqqatga sazovorligi shundaki, nervning shikastlangan qismidan 
oldin kuchli va kuchsiz impulslar o'tayotib tenglashgan. Kuchli va kuchsiz ta'sirotga 
muskulning bir xil qisqarishi shundan dalolat bergan. Bu davrni N.Ye>Vvedenskiy 
tenglashtiruvchi davr deb atadi. Shikastlovchi omil davom etsa, jarayon chuqurlashib, 


42 
paradoksal (g'ayri-tabiiy) davr boshlanadi. Paradoksal davrda nervning shikastlangan 
qismidan kuchsiz impulslar o'tishi davom etgan, buni muskul qisqarishi ko'rsatib turgan. 
Kuchli impulslar esa qisqartira olmay qolgan. Demak, nervning shikastlangan joyidan 
kuchli qo'zg'alish o'tmagan. Oxirida kuchli ta'sirotga ham, kuchsiz ta'sirotga ham 
muskulda hech qanaqa javob bo'lmagan. Endi tormozlanish davri boshlanib, nervning 
shikastlangan 
qismi 
o'tkazuvchanlikni 
umuman 
yo'qotgan. 
Bu 
jarayonni 
N.Ye.Vvedenskiy parabioz deb atadi. Uning fikricha, shikastlovchi omil ta'sir qilgan 
joyda turg'un qo'zg'alish o'chog'i hosil bo'lsdi. Bu holatni membrananing 
giperpolyarizatsiyalanishi deyish mumkin. Bu o'choqqa periferiyadan keladigan 
impulslar giperpolyarizatsiya darajasini oshiradi. Shuning uchun tenglashtiruvchi davrda 
kuchsiz impulslar parabiozga uchragan joyda giperpolyarizatsiyani biroz oshiradi, o'zi 
esa uncha qarshilik ko'rmay o'tadi. Kuchli impuls giperpolyarizatsiyani sezilarli darajada 
oshirganidan katta qarshilikka uchrayda, o'zi esa kuchsizlanib o'tadi. Kuchsiz va kuchli 
impulslar paydo qiladigan qisqarish tenglashadi. Paradoksal davrda kuchli impulslar 
parabiozga uchragan membrananing giperpolyarizatsiyasini juda oshirib yuboradi va 
nervning bu qismidan o'tmay qoladi. Kuchsiz impulslar o'tishda davom etadi. 
Tormozlovchi davrda giperpolyarizatsiya shikastlovchi omil ta'sirida shu darajaga 
yetadiki, hatto kuchsiz impuls ham, kuchli impuls ham o'tmay qoladi. 
Parabiotik holatning rivojlanishida tolalar o'rtasidagi efaptik munosabatlar ma'lum 
ahamiyatga ega, degan fikr bor. Bu munosabbatlar sog'lom nervlarda uncha kuchli emas. 
Nervning shikastlangan qismida ayni bir vaqtda qo'zg'algan juda ko'p tolalar pardasidan 
tashqariga chiqqan elektr toklaru kuchayadi. Ular toladan o'tayotgan harakat 
potensiallarini kuchsizlantirib, o'tishiga halaqit beradi. 

Download 4.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling