Muqaddima
Download 4.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Normal Fiziologiya Qodirov
2-jadval Klinik ahamiyatga ega bo'lgan orqa miya reflekslari Refleksning nomi Qo'llaniladigan ta'sirot Refleks natijasi Refleks markazining orqa miyada joylashishi Pay (cho'zilish) reflekslari: Tirsak Bolg'acha bilan sal bukilgan qo'lning ikki boshli muskuli payiga uriladi Ikki boshli muskul qisqaradi va qo'l bukiladi V-VI bo'yin segmentlarida Tizza Bolg'acha bilan sonning to'rt boshli muskuli payiga uriladi To'rt boshli muskul qisqarib, oyoq tizza bo'gimida yoziladi II-IV bel segmentlarida Axill Bolg'acha bilan Axill payiga uriladi Oyoq panjasi kaft tomonga bukiladi I-II dumg'aza segmentlarida Qorin reflekslari: yuqoridagi Qorin terisiga chiziqli ta'sir berish: pastki qovurgalarga parallel qilib Qorin muskullarining tegishli qismlari qisqaradi VIII-IX ko'krak segmentlarida o'rtadagi kindik yonida gorizontal yo'nalishda IX-X ko'krak segmentlarida pastdagi chov burmasiga parallel qilib XI-XII ko'krak segmentlarida Kremaster refleksi Sonning ichki yuzasiga chiziqli ta'sir etish Kremaster muskuli qisqarib, moyakni ko'taradi I-II bel segmentlarida 58 Anal refleks Anus yaqinida chiziqli yoki sanchish bilan ta'sir etish To'g'ri ichakning tashqi sfinkteri qisqaradi IV-V dumg'aza segmentlarida Oyoq kafti refleksi Oyoq kaftiga sekin chiziqli ta'sir etish Oyoq barmoqlari bukiladi I-II dumg'aza segmentlarida 3-jadval Orqa miyaning asosiy o'tkazuvchi yo'llari O'tkazuvchi yo'llar Orqa miya ustuni Fiziologik ahamiyati A. Ko'tariluvchi (sezuvchi) yo`llar - tutamlar 1. Goll tutami orqa Taktil sezgi, tananing fazodagi holatini sezish, tananing passiv harakatlarini sezish, tebranishlarni sezish 2. Burdax tutami orqa Shuning o'zi 3. Dorsolateral yon Og'riqni va haroratni sezish 4. Fleksig tutami yon Propriretseptorlardan hamda terining bosimni va tegishni sezuvchi retseptorlardan impulslarni o'tkazish 5. Govers tutami yon Shuning o'zi 6. Dorsal spinotalarnik yon Og'riqni va haroratni sezish 7. Spinotektal yon Aniq emas 8. Ventral spinotalarnik yon Taktil sezgi B. Tushuvchi (harakatlantiruvchi) yo'llar - traktlar 1. Lateral kortikospinal (piramida yo'li) yon Ixtiyoriy harakatlarni yuzaga chiqaruvchi impulslarni muskullarga o'tkazish 2. Rubro-spinal (Monakov) yon Skelet muskullarining tonusini saqlab turuvchi impulslarni o'tkazish 3. Dorsal vestibulo- spinal yon Muvozanat va vaziyat saqlanishini ta'minlovchi impulslarni o'tkazish 4. Olivo-spinal yon Aniq emas 5. Retikulo-spinal oldingi Skelet muskullari tonusini saqlash, vegetativ markazlar holatini va muskul yoylari sezgirligini boshqarishda ishtirok etadigan impulslarni o'tkazish 6. Ventral vestibulo- spinal oldingi Vaziyat va muvozanatni saqlashni ta'minlovchi impulslarni o'tkazish 7. Tekto-spinal oldingi Birlamchi ko'ruv va eshituv reflekslarining (to'rt tepalik reflekslarini) yuzaga chiqishini ta'minlivchi impulslarni 59 o'tkazish 8. Vental ko'rtiko-spinal (piramida yo'li) oldingi Ixtiyoriy harakatlarni yuzaga chiqaruvchi impulslarni skelet muskullariga yetkazish Ko‘tariluvchi Goll va Burdax tutamlari spinal tugunlardagi sezgir hujayralar aksonlaridir. Ular impulslarni muskul va pay proprioretseptorlaridan, qisman teri va ichki retseptorlardan uzunchoq miyagacha yetkazadi. Bu yerdagi Goll va Burdax yadrolarida yoining ikkinnchi neyroni somasi joylashgan. Ikkinchi neyronning o‘simtalari kesishib, talamusning qarama-qarshi yadrolarida sinapslar hosil qiladi. Ana shu yadrolardan uchinchi neyron boshlanadi, aksonlari miya po‘stlog‘idagi IV qavat neyronlarida tugaydi. Goll va Burdax titamlarini miyelinli tolalar tashkil qiladi. Ulardan qo‘zg‘alishning o‘tish yezligi 60-100 m/s. Bu tutamlardan periferiyadagi ta‘sir chegarasini, joylashishini va vaqtda o‘zgarishini aniq sezishni ta‘minlovchi impulslar o‘tadi. Spino-talarnik yo`llar og;riq, harorat, taktil sezgilarni shakllaydigan impulslarni o‘tkazadi. Ular orqa miyaga o‘tishi bilan yoki bir necha segmentga ko‘tarilgandan keyin kesishib, qarama-qarshi tomonga o‘tadi. Ko‘ruv do‘mboqlarida tugaydigan tolalar shu segmentlardan boshlanadi. Uchinchi neyron miya po‘stlog‘ida tugaydi. Spino-talarnik yo`llar ta‘sirotning sifati to‘g‘risidagi axborotni o‘tkazadi. Orqa miyani miyacha bilan bog‘laydigan Fleksig va Govers tutamlari impulslarnni yuqori tezlikda (120 m/s) o‘tkazadigan tolalardan tashkil topgan. Ulardan asosan muskul va paylarning proprioretseptorlaridan muskul tonusi, vaziyat va muvozanatni, harakatlarni bajarish uchun zarur bo`lgan impulslar o‘tadi. Tushuvchi yo`llarnning asosiylari kortiko-spinal (piramida), rubro-spinal, vestibulo- spinal va retikulo-spinal yo`llardir. Piramida yo`li bosh miya po‘stlog‘ining harakatlantiruvchi sohasidagi piramidal hujayralarning aksonlaridir. Bu aksonlar oraliq, o‘rta, uzunchoq miyadan o‘tar ekan, ko‘pgina yon shoxlar beradi va uzunchoq miyaning past qismida ularning ko‘pi kesishadi. Kesishmagan tolalar orqa miyaga tushib, tugaydigan segmentlarda qarama-qarshi tarafga o‘tadi. Piramida yoining hamma tolalari orqa miyaning oldingi shoxlaridagi motoneyronlarda sinapslar hosil qiladi. Bu yoining asosiy vazifasi ixtiyoriy harakatlarni yuzaga chiqaruvchi impulslarni o‘tkazishdan iborat. Rubro-spinal (Monakov) yo`li o‘rta miyaning qizil yadrosidagi nneyronlarning aksonlaridir. Tolalar yadrodan chiqib, qarama-qarshi tomonga o‘tadi. Ularning bir qismi miyacha va to‘rsimon formatsiyaga, qolganlari esa orqa miyaga yoi oladi. Bu yoidan o‘tadigan impulslar muskullar tonusini va beixtiyor harakatlarni boshqaradi. Vestibulo-spinal yoini Deyters yadrosidagi neyronlarning aksonlari tashkil qiladi. U vestibulyar nerv markazi va miyachadan impulslarni orqa miya motoneyronlariga yetkazadi. Vestibulo-spinal yoining shikastlanishi muskul tonusi, muvozanatni saqlash, harakatlar uyg‘unligi buzilishiga olib keladi. Orqa miyadan yuqori bo`lgan tuzilmalar tushuvchi yo`llar orqali spinal neyronlarning hammasini (motoneyronlarni, oraliq va afferent neyronlarnni) nazorat qilib turadi. Har qaysi tushuvchi yoining tolalari ma‘lum ishni bajaruvchi motoneyronlarni faollashtiradi. Kortiko-spinal yoi tolalari asosan oyoq-qo`llarning distal qismidagi muskullarga (panja va barmoqlarni harakatlantiruvchi muskullarga) ta‘sir o‘tkazsa, retikulo- va vestibulo- spinal yoi proksimal muskullarga impulslar yetkazadi. 60 Tushuvchi yo`llar maxsus tormozlovchi neyronlar (masalan, Renshou hujayralari) yordamida, presinaptik va postsinaptik tormozlanishni vujudga keltirib, orqa miyaning ikkilarnchi afferent va oraliq neyronlari qo‘zg‘aluvchanligiga ta‘sir qilishi mumkin. Demak, supraspinal tuzilmalar orqa miya faoliyatini uzluksiz ravishda nazorat qilib turadi. Orqa miyaning toia yoki qisman ko‘ndalangiga kesilishi bu nazoratning toia yoki qisman yo‘qolishiga, binobarin orqa miya faoliyatining keskin buzilishiga olib keladi. Download 4.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling