Muqaddima


Download 4.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/264
Sana03.11.2023
Hajmi4.57 Mb.
#1743031
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   264
Bog'liq
Normal Fiziologiya Qodirov

STATOKINETIK REFLEKSLAR 
Statokinetik reflekslar vestibulyar reflekslarning bir guruhi. Bu reflekslar tananing 
fazodagi harakat tezligi o‘zgarganda, vaziyatni saqlab qolishga qaratilgan. Labirintning 
yarim aylana kanallaridagi endolimfaning harakatga kelib, bu yerdagi retseptorlarni 


67 
qo‘zg‘atishi statokinetik reflekslarning yuzaga chiqishiga sabab bo`ladi. Statokinetik 
refleksning yo‘nalishi tezlashish vaqtida uchta yarim aylana kanaldan qaysi biri 
qo‘zg‘alganiga bog‘liq. Agar to‘g‘ri chiziqli harakat sekinlashsa (tananing tezlanishi 
manfiy bo`lsa), sagittal kanal retseptorlari qo‘zg‘aladi. Muskullar tonusining o‘zgarishi 
gavdani oldinga egadi. 
Tananing musbat tezlashishi ham, masalan, avtobusning birdan tez yurishi, shu kanal 
retseptorlarini qo‘zg‘atadi. Ammo, bu safar muskullar tonusining qayta taqsimlanishi 
gavdani orqaga tortadi. Shuning uchun harakat tezligi o‘zgarishiga qarshilik ko‘rsatib, 
muvozanatni saqlaymiz. 
Tana vertikal yo‘nalishda harakat tezligi o‘zgarishiga uchrasa, vestibulyar lift 
reflekslari yuzaga chiqadi. Lift ko‘tarila boshlaganda oyoqni yozuvchi muskullarning, 
pastga tusha boshlaganda esa bukuvchi muskullarning tonusi ortadi. 
Tana burchak tezlashishiga ham uchrashi mumkin. Bu holat gavdani aylantirilganda 
ham uchraydi. Yana o‘sha yarim aylana kanallardagi retseptorlarning qo‘zg‘alishi o;ziga 
xos statokinetik reflekslarni – bosh va ko‘z nistagmini hosil qiladi. Gavdani 
aylantirilganda, avvalo bosh gavdaning aylanayotgan tomoniga qarama-qarshi holda 
sekin-asta buriladi, so‘ngra tez harakatlanib, tanaga nisbatan asli holiga qaytadi. 
Aylanish davom etadigan bo`lsa, bosh nistagmi deb ataluvchi bu holat takrorlanaveradi. 
Aylanish vaqtida ko‘z nistagmi ham kuzatiladi: ko‘z soqqasi aylanishga aylanishga 
qarama-qarshi tomonga sekin buriladi va tezlik bilan dastlabki holatiga qaytadi. 
Bosh va ko‘z nistagmi aylanayotgan vaqtda ko‘z oldidagi nnarsalarni uzoqroq 
kuzatish imkonini beradi. 
Statokinetik reflekslarni yuzaga chiqaradigan impulslar vegetativ yadrolarga ham 
yoyilib, vestibulo-vegetativ reflekslarni vujudga keltirishi mumkin. Bu reflekslar ichki 
a‘zolarning faoliyati o‘zgarishi sifatida namoyon bo`ladi.
Yurak o‘ynab, qon bosimi pasayadi yoki ko‘tariladi, hazm tizimi harakatlari 
kuchayadi, odamning ko‘ngli aynab qusadi. 
Vestibulo-vegetativ reflekslari kuchli bo`lgan odamlar dengiz flotida, aviatsiyada, 
transportda ishlay olmaydilar. Demak, miya stvolining stato-kinetik reflekslarini 
o‘rganish kasb tanlashda amaliy ahamiyatga ega. 
TO‘RSIMON FORMATSIYA FAOLIYATLARI 
To‘rsimon (retikulyar) formatsiya miya stvolining muhim tuzilmalaridan biri. U 
uzunchoq miyadan boshlanib, Varoliy ko‘prigi irqali o‘rta miyaga ko‘tariladi. To‘rsimon 
formatsiya sohasidagi qon tomirlarni harakatlantiruvchi, nafas va hazm tizimi faoliyatini 
boshqarib turuvchi muhim markazlar haqida yuqorida aytib o;tgan edik. Bu tuzilma 
miya stvolidan o‘tgan ko‘tariluvchi va tushuvchi yo`llardan chetroqda bo`lsada, uning 
neyronlarida o‘tkazuvchi tolalarning yon shoxlari sinapslar hosil qilib, to‘rsimon 
fermatsiyani bosh miyaning hamma sohalari bilan, miyacha bilan, orqa miya bilan 
bog‘lab turadi. 
Keyingi 30-40 yil davomida to‘rsimon firmatsiyaning miyaning boshqa sohalariga
aloqadorligini va formatsiya bilan orqa miya, formatsiya bilan bosh miyaning o‘zaro 
funksional munosabatlarini o‘rnatishga katta ahamiyat berildi. Bu borada G.Megun va 
uning hamkorlari katta tadqiqot ishlari olib bordilar. 

Download 4.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling