Muqaddima
LIMBIK TIZIM VA HISSIYOTLAR
Download 4.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Normal Fiziologiya Qodirov
LIMBIK TIZIM VA HISSIYOTLAR
Limbik tizim hissiyotlarni nazorat qilib, organizmning hamma ichki omillarini jipslashtirish yo`li bilan inson va hayvonlarning intilish faoliyatini boshqaradi. Birinchi galda bu tizim organizmning uzluksiz ravishda o‘zgarib turuvchi tashqi muhit sharoitlariga moslashishlarini yengillashtiradi. Limbik tizimning shikastlanishi natijasida xulq-atvor sharoitga nisbatan noqobil bo`ladi, individ va turni saqlashga qaratilgan faoliyatlar va jinsiy ahloq buziladi. Masalan, maymun miyasining ikki tomonidan chakkaa sohasini bodomsimon tana va gippocampga qo‘shib olib tashlansa, ularning ahloqida juda qiziq o‘zgarishlar ro‘y beradi. Operatsiyadan oldin ilonni ko‘rganda vahimaga tushadigan endi undan sira qo‘rqmaydi. O‘zini himoya qilish va guruhdagi munosabatlarni saqlab qolish uchun ishlatiladigan qo‘rqitish, tajovuzkorlik, umuman yo‘qoladi. Hayvonlarning jinsiy faolligi kuchayib, ular faqat o‘z turi bilan emas, balki boshqa turdagi hayvonlar bilan ham jinsiy aloqada bo`lishga harakat qiladi. Yeb bo`lmaydigan narsalarni og‘ziga tiqadi. Xullas, miyaning bu qismlarini olib tashlash maymunlarni yaxshini yomondan ajratish qobiliyatidan mahrum qiladi, xulqlarida sharoitga nisbatan noqobollik paydo bo`lishiga olib keladi. Miyasining chakka sohalari shikastlangan odamlarda ham shunga o‘xshash o‘zgarishlarni kuzatish mumkin. Bunday bemor yaxshi tanish bo`lgan odam va narsalarni birinchi marta ko‘rayotgandek bbo`ladi. Bu odam narsalarning nimaga kerakligini tushunmaydi. Qoiiga tushgan narsani og‘ziga soladi. Hamma narsaga, atrofidagi odam va voqealarga beferq qaraydi. Noma‘qul xatti-harakatlar qilishi mumkin. Demak, chakka va bodomsimon sohalarda hissiyot va xatti-harakatlarning shakllanishiga javobgar nerv tuzilmalari mavjud. Balki, bbu tuzilmalarda asosan ko‘ruv va eshituv analizatorlari orqali tashqi muhitdan tushgan ma‘lumotlar xotiradagi ma‘lumotlarga taqqoslanar. Taqqoslash ma‘lumotlarning organizm uchun ahamiyatini baholash imkonini beradi va bodomsimon tana orqali oldingiga o‘xshash sharoitda organizm uchun foydali bo`lgan hissiyot va xatti-harakatlarni yuzaga chiqaradi. Odam va hayvonlarning xatti-harakatlarini shakllantiradigan neyronlar tizimining me‘yorida faoliyat ko‘rsatishi uchun dofaminergik, noradrenergik va serotoninergik tuzilmalarning ahamiyati juda katta. Bu monoaminergik tizim tuzilmalari miya stvolidan boshlanib, bosh miyaning deyarli hamma qismini nervlaydi. Noradrenergik neyronlarning chegaralangan guruhlari uzunchoq miya, ko‘prik va havoranng dog‘ga joylashgan. Ularning aksonlari oldingi miyaning turli tuzilmalarini, birinnchi galda bodomsimon tana, gippokamp, belbog o‘zagini va yangi po‘stloqni nervlaydi. 77 Dofaminergik neyronlar tanalari o‘rta miyaning ventral bo`limlarida joylashgan. Qora substansiyadagi neyronlar po‘stloq osti yadrolari – po‘choq, dumli yadro va ularga yondosh yadrolarni nervlaydi. O‘rtaroqdagi neyronlar esa asosan limbik tizim tuzilmalarini, bodomsimon tana, to‘siq va hid sezuvchi do‘mboqlarni, shuningdek bosh miya po‘stlog‘ining bu tizimni boshqarib turuvchi sohalarini nervlaydi. Dofaminergik aksonlarning ko‘p qismi noradrenergik neyronlar o‘simtalari bilan oldingi miyaning medial tutamida o‘tadi. Dofaminergik neyronlar gipotalamusda ham topilgan. Ular rilizing-omillarning ajralishini ta‘minlashda ishtirok etadi degan taxmin bor. Umuman, miyadagi dofaminergik tuzilmalar ta‘siri noradrenergik ta‘sirning tarqalish doirasidan torroq. Serotoninergik neyronlarning somalari uzunchoq miyaning o‘rta choki sohasida joylashgan. Ularning aksonlari ham medial tutam tarkibida bo`lib, oldingi va oraliq miyaning deyarli hamma qismini nervlaydi. Noradrenergik va serotoninergik tolalar miyacha va orqa miyani ham nervlaydi. Monoaminergik tizimlarning uchtasi ham odam va hayvon xulq-atvori, istaklarining yuzaga chiqishida muhimligi odam va hayvonlarda o‘tkazilgan o‘z-o‘zini ta‘sirlash tajribalaridan ma‘lum. J.Olds ilk bor kalamushda o‘tkazgan bu tajriba shunday bo`lgan: mikroelektrodlar stereotksis usul yordamida limbik tizim, gipotalamus va to‘rsimon formatsiyaning aniq nuqtalariga o‘rnatilgan. Kalamush maxsus katakda bo`lib, tepkiga panjasi bilan bosganda elektrodlarga tok o‘tib, o‘ziga yaqin neyronlarni qo‘zg‘atgan. Turli neyronlarning qo‘zg‘alish natijasi ularning joylashishiga qarab har xil bo`lgan. Ba‘zi tuzilmalarni, masalan, oldingi miyaning o‘rta tutamini rag‘batlantirish hayvonlarda rohatlanish reaksiyasini paydo qilgan. Shu sohada elektrodlar bo`lgan kalamushlar boshqa hamma narsadan voz kechib, faqat tepkiga bosish bilan ovora bo`lgan. Ular bir soatda miyasiga 7000 gacha impuls yuborgan. Miyaning boshqa sohasida, masalan, o‘rta va oraliq miyaning paraventrikulyar sohalarida elektrodlar bo`lgan kalamushlar tepkini bir marta bosib ko‘rganidan keyin, bu ishni qayta qilmagan. Demak, bu sohaning qo‘zg‘alishi hayvonga yoqmagan. Rohatlanish, qanoatlanishni yuzaga chiqaradigan sohalarni musbat, aks natijaga olib keladigan sohalarni manfiy effekt sohalari ham deyisgadi. Neyroxirurgik operatsiyalsr vaqtida bemorlarda olib borilgan kuzatishlar hayvonlarda olingan bu qonuniyatlarni odam miyasi faoliyatiga ham qo`llasa bo`ladi, degan xulosaga olib keladi. Mahalliy og‘riqsizlantirish qo`llangani uchun bemor bilan muloqatda bo`lish, miyasidagi qiziqtirgan sohaga elektrod qo‘yib, stimullash va bu vaqtda u nima sezganini so‘rab olish mumkin. Hayvonlarda manfiy samara chaqiradigan soha bemorda qo‘zg‘atilsa, u yoqimsiz – havotirlanish, qo‘rqish va shunga o‘xshash holatlarni his qilgan. Musbat sohalarning elektr toki bilan ta‘sirlanishi esa mamnunlik, xotirjamlik, quvonch hislarini tug‘dirgan. Tekshirishlar natijasida musbat samara beradigan sohalarning deyarli hammasi katexolarninergik neyronlardan iboratligi, manfiy samara beradigan sohalar esa serotoninergik neyronlar ekanligi aniqlandi. Bu ma‘lumotlar amaliy ahamiyatga ega. Havotirlanish, serjaxllikni serotonin almashinuvini susaytiruvchi dorilar (seduksen, elenium) bilan yaxshi davolash mumkin. Download 4.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling