Muqaddima


ORALIQ MIYA VA PO’STLOQ OSTI YADROLARI


Download 4.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/264
Sana03.11.2023
Hajmi4.57 Mb.
#1743031
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   264
Bog'liq
Normal Fiziologiya Qodirov

ORALIQ MIYA VA PO’STLOQ OSTI YADROLARI 
Oraliq miya miya stvolining bir qismi bo`lib, uning asosiy tuzilmalarini ko‘ruv 
do‘mbog‘i – talamus, do‘mboq usti va do‘mboq osti sohalar – epitalamus va gipotalamus 
tashkil qiladi. 
Hidlov yo`llaridan tashqari, katta yarim sharlaga boruvchi barcha afferent yo`llar 
talamus orqali o‘tadi. 
Talamusga joylashgan neyronlar 40 taga yaqin yadro hosil qiladi. Funksional nuqtai 
nazardan ularni spetsifik, nospetsifik, assotsiativ va motor yadrolarga bo`lish rasm 
bo`lgan. 
Spetsifik yadrolarning neyronlari po‘stloqning muayyan sohalariga boglangan. 
Ularning shikastlanishi ma‘lum sezgilarning yo‘qolishiga olib keladi. Bu faqat spetsifik 
yadrolarning impulslarni chetdagi retseptorlardan katta yarim sharlar po‘stlog‘iga 
o‘tkazuvchi bekat ekanidan dalolat beradi. Spetsifik yadrodagi neyronlar faqat bir turdagi 
retseptorlardan kelgan impulslarga javob beradi. 
Lateral tizzasimon tana ko‘ruv tizimining sensor yadrosi bo`lib xizmat qiladi. Bu 
yadro yorug‘lik darajasini aniqlashda va rang sezishda ishtirok etadi. Lateral tizzasimon 
tana to‘rt tepalikning oldingi do‘mboqlaridan tolalar oladi, undan chiqqan tolalar esa 
bosh miya po‘stlog‘ining ko‘ruv sohasida tugaydi. 
Orqa do‘mboqlar bilan afferent tolalar yordamida bog‘langan medial tizzasimon tana 
eshituv tizimining spetsifik talarnik yadrosi hisoblanadi. Bu yadrodagi neyronlarning bir 
guruhi ma‘lum chastotadagi tovushlarni qabul qilishga moslashgan. Medial tizzasimon 
tana akustik axborotni tahlil qiladi va po‘stloqning eshituv markaziga o‘tkazadi. 
Sensomotor tizimning ham talamusda o‘ziga xos (spetsifik) yadrolari bor. 
Talamusning assotsiativ yadrolari ayrim sezgi tizimidan emas, balki bir vaqtning 
o‘zida bir nechta sezgi yo`llaridan impulslar oladi. Bu yadrolar po‘stloqdagi assotsiativ 
sohalarga bog‘langan. Talarnik assotsiativ yadrolarning fuksiyalari haligacha yaxshi 
aniqlanmagan. Talamusning motor yadrolariga ventro-lateral yadro kiradi. Unga miyacha 
va bazal tugunlardan tolalar kirgan. Chiquvchi tolalar esa yadroni miya po‘stlog‘idagi 
motor soha bilan bog‘lab turadi. Ventro-medial yadro harakatlarni boshqaruvchi 
tizimning bir qismi. 
Impulslar nospetsifik yadrolardan avval po‘stloq osti tuzilmalariga o‘tkaziladi, 
so‘ngra bu tuzilmalardan parallal ko‘tariluvchi yo`llar orqali miya po‘stlog‘ining 
ko‘pgina qismlariga borib yetadi. 
Talamusning nospetsifik yadrolari o‘rta miyadagi to‘rsimon formatsiyaning davomi 
hisoblanadi. To‘rsimon formatsiyaning po‘stloqni faollashtiruvchi ko‘tariluvchi ta‘siri 
talamusning nospetsifik yadrolari orqali o‘tadi. 
Talamus katta yarim sharlar po‘stlog‘iga intiluvchi sensor (sezuvchi) signallar yo`lida 
o‘ziga xos darvoza bo`lib, juda muhim ahamiyatga ega ma‘lumotlarni po‘stloqqa 
o‘tkazadi. Kuchsiz, ahamiyatsiz signallar bu yerda to‘xtalib, o‘tkazilmaydi. 
Talamus nospetsifik 
yo`llar orqali katta yarim sharlardagi neyronlar 
qo‘zg‘aluvchanligiga ta‘sir qiladigan bo`lsa, po‘stloq ham o‘z navbatida talamusga 
tormozlovchi va yengillashtiruvchi ta‘sir o‘tkazadi. Bu ta‘sirlar ham spetsifik, ham 
nospetsifik yadrolarga yetib keladi. 
Talarno-kortikal tizim uxlash va uyg‘onish, bedorlik va boshqa jarayonlarni 
boshqarishda ham ishtirok etadi. Talamus og‘riqni sezishning oliy markazi hamdir. 


73 

Download 4.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling