Muqaddima
MIYA YARIM SHARLARINING MOTOR SOHALARI
Download 4.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Normal Fiziologiya Qodirov
- Bu sahifa navigatsiya:
- PO’STLOQ SOHALARI TUZILISHIDA USTUNLAR TAMOYILI
MIYA YARIM SHARLARINING MOTOR SOHALARI
Miya po‘stlog‘iga elektr toki ta‘sir ettirilganda, aniq harakatlarni yuzaga chiqaruvchi sohalar ajralib turadi. Bu sohalar odam miyasi po‘stlog‘ining markaz oldi pushtasida (gyrus precentralis) joylashgan. Bundan tashqari, po‘stloqnning medial yuzasida qo‘shimcha harakatlantiruvchi soha ham bor. Harakat sohalarining muayyan nuqtalari ta‘sirlanganda muayyan muskullar qisqaradi. Buni 4-sohaga elektr toki bilan ta‘sir qilinganda aniq ko‘rish mumkin. 4-sohaning beshinchi qavatida juda katta piramidal hujayralar, gigant piramidal hujayralar joylashgan. Bu neyronlarning aksonlari orqa miyaning kaudal segmentlarigacha tushadi va orqa miya motoneyronlarida qo‘zg‘atuvchi sinapslar hosil qiladi. To‘rtinchi soha yoki pastga tushuvchi piramida yo`li shikastlanganda, qoi barmoqlari nafis va aniq harakatlar qila olmaydi, ixtiyoriy harakatlar qiyinlashadi. Boshqa muskul guruhlarida ham harakatlar o‘zgarishi mumkin. Gigant piramidal neyronlarning aksonlari qizil yadro va to‘rsimon formatsiyaga ham borib to‘xtaydi va bu aksonlar orqali kelgan efferent impulslar qizil yadro va retikulyar formatsiya neyronlariga ta‘sir qilib, harakatlarni boshqarishda ishtirok etadi. Po‘stloqninhg motor sohalariga sensor (sezuvchi) ma‘lumotlar ham kirib keladi. Bu impulslarning asosiy qismi muskul va qon tomirlarda vujudga keladi. Shu sabaabdan ular motosensor sohalar ham deyiladi. PO’STLOQ SOHALARI TUZILISHIDA USTUNLAR TAMOYILI 1950-yillarning oxirida V.Mautkals mushuk miyasi po‘stlog‘ining har xil ohanngdagi rag‘batlarga javobini o‘rganib, qiziq ma‘lumotlar oldi. Agar mikroelektrodlar po‘stloq yuzasiga perpendikulyar yo‘nalishda sekin-asta botirilsa, elektrodga duch kelgan barcha neyronlar ma‘lum ohangdagi qo‘zg‘alishga (masalan, teriga sekin tegishga) bir xilda javob beradi. Elektrodlar po‘stloqqa burchak ostida kiritilsa, muayyan ta‘sirotga har xil ohangda javob beradigan neyronlarga duch keladi. Bu tajribalar natijasida sensomotor po‘stloq oddiy faol birliklardan – ustunlardan iborat, degan xulosa qilindi. Har qaysi faol ustun besh-oltita jips joylashgan neyronlarni o‘z ichiga olgan morfologik modullardan iborat. Mikromodulda bir nechta piramidal hujayralar bo`lib, ularning apikal dendritlari bir-biriga juda yaqinlashgan.Bu yaqinlik tutamga yig‘ilgan dendritlar o‘rtasida o‘zaro 81 25- расм. Ярим шарлар пўстлоғининг устунлар та- мойилида тузилишини кўрсатувчи схема. 1—оралиқ нейронлар; 2— оралиқ нейронларда тугай-. диган афферент толалар; 3—пирамида нейронларда тугайдиган афферент тола- лар; 4—тормоаловчи нейронларда тугайдиган ён шох; 5—устундан ташқарига чиқувчи _аксон- лар; 6—устун ичида боғланишларни таъминлов-чи ён шох; 7—пирамида ҳужайралар elektrotonik ta‘sirlanishlarni yuzaga chiqarish uchun asos bo`lib, neyronlarning sinxron faoliyatini ta‘minlasa kerak. Vertikal bo‘yicha tartibli joylashgan piramidal hujayralar atrofidagi yulduzsimon hujayralar talarno- kortikal tolalarga sinapslar orqali ulangan (25-rasm). Tormozlash qobiliyati bo`lgan ba‘zi yulduzsimon hujayralarning uzun dendritlari gorizontal yo‘nalishda qo‘shni ustunlarga o‘tgan. Piramidal hujayralarning aksonlari orqaga qaytgan yon shoxlarga ega bo`lishi mumkin. Bu yon shoxlardan qaytgan impulslar bitta modulga kirgan neyronlar qo‘zg‘aluvchanligini oshirishi mumkin, qo‘shni modullarga esa tormozlovchi ta‘sir o‘tkazadi. Bitta talarno-kortikal tola bilan bog‘liq neyronlar diametri 500-600 mkm bo`lgan mikromodul ustunni tashkil qiladi. Yuqorida aytib o‘tilganidek, har qaysi ustun funksional birlikni tashkil qiladi va undagi neyronlar ma‘lum ohangdagi ta‘sirotga bbir xilda javob beradi. Ustun tamoyilida tuzilish faqat somatosensor sohaga emas, balki ko‘ruv, eshituv va boshqa sohalarga ham xos. Miyaning sintetik faoliyatini bir talay modullar yig‘indisi ta‘minlaydi, degan fikr bor. Bu birlashmalar o‘zgaruvchan bo`lib, undagi modullar vaziyat o‘zgarganda boshqa modullar tarkibida faollik ko‘rsatishi mumkin. Katta yarim sharlar po‘stlog‘ining ustun tamoyilida tuzilishni va faoliyatlarni o‘zgaruvchan ustun – modullar birlashmalari yuzaga chiqarishini tan olish faoliyatlarni po'‘tloqda ma'‘um soha bilan bog'‘angan, degen tasavvurga zidlik qiladi. Download 4.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling