Muqaddima


YUZAGA CHIQARILGAN POTENSIALLAR


Download 4.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/264
Sana03.11.2023
Hajmi4.57 Mb.
#1743031
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   264
Bog'liq
Normal Fiziologiya Qodirov

YUZAGA CHIQARILGAN POTENSIALLAR 
Yarim sharlar po‘stlog‘i faoliyatini o‘rganishda yuzaga chiqarilgan potensiallarni 
qayd qilish usuli ham samarali natija beradi. Retseptorlar, periferik nervlar va sensor 
signallarni o‘tkazuvchi boshqa tuzilmalarni ta‘sirlagandan so‘ng po‘stloq yuzasida qayd 
qilinadigan elektr reaksiyasi yuzaga chiqarilgan potensial deb ataladi. Bu usul yordamida 
miyaning tutrli tuzilmalarga axborot o‘tkazuvchi yo`llarini va ta‘sirotni qabul qiluvchi 
sezgir tizimlarning po‘stloqdagi manzilini aniq tekshirish mumkin. 
Ma‘lum retseptiv sohadan yoki afferent yoidan kelgan impulslarni bevosita tahlil
qiladigan po‘stloq sohasida yuzaga chiqarilgan potensial amplitudasi eng yuqori bo`ladi. 
Bu sohadan qancha uzoqlashilsa, potennsialning kuchi shunchalik kamayadi, latent davri 
ortadi. Afferent impulslarni bevosita tahlil qiluvchi sohalarda yakka rag‘bat yuzaga 
chiqargan potensial birlamchi javob deb ataladi. Chin birlamchi javob amplitudasi 400-
600 mkV bo`lib, ikkita bosqichga bo`linadi. Avval 10-12 ms davomida manfiy tebranish 
ro‘y beradi. Birlamchi javob chegeralangan jarayon bo`lib, faqat proyeksion sohaning 
o‘zida qayd qilinadi. Uning shi xususiyatidan foydalanib, po‘stloqdagi proyeksion 
sohalar manzilini bexato topish mumkin. 
Birlamchi javobbning boshlang‘ich musbat qismi piramida hujayralar tanasi va 
asosidagi dendritlarda hosil bo`ladigan sinaptik potensiallar yig‘indisidir. Manfiy 
bosqich neyronlar uchidagi dendritlarning faollanishiga bbog‘liq. 
Birlamchi javoblar uchun qisqa latent davridan tashqari, yuqori ritmda (120 marta/s) 
yuzaga chiqish, narkozga sezgirlik xos. 


83 
Ikkilarnchi javoblar o‘zgaruvchan bo`lib, ularni paydo qilgan impulslar tezligi 
sekundiga 5 dan yuqori bo`lsa, narkoz berilganda yo‘qolib ketadi. Ikkilarnchi javoblar 
qo‘zg‘alishni birlamchi proyeksion sohadan yon-atrofdagi assotsiativ sohalarga 
o‘tkazilishi bilan bog‘liq. 

Download 4.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling