Muqaddima


MIYA PO’STLOG’INING HARAKATLARNI BOSHQARISHDAGI


Download 4.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/264
Sana03.11.2023
Hajmi4.57 Mb.
#1743031
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   264
Bog'liq
Normal Fiziologiya Qodirov

MIYA PO’STLOG’INING HARAKATLARNI BOSHQARISHDAGI 
ISHTIROKI 
Tana harakatlarini va vaziyatini boshqaruvchi tuzilmalar (harakatlantiruvchi yoki 
motor markazlar) MNT ning hamma qismlarida bor. Bu markazlarning joylashishida 
ham, faoliyatida ham aniq iyerarxiya (bosqichma-bosqich bo‘ysunish) ko‘zga tashlanib 
turadi. Markazlarning ko‘p pog‘onaligi harakatlarning evolyutsiya jarayonida tobora 
murakkablashishiga bog‘liq. Bu jarayon davomida erta shakllangan markazlar qayta 
qurilmagan, faqat o‘zgartirilgan va ulardan teparoqda yangi markazlar paydo bo`lib, 
eskilarini o‘ziga bo‘ysundirgan. Natilada MNT hamma qismida ma‘lum joy egallagan 
motor markazlar piramidasi shakllangan. Yuzaga chiqadigan harakatlar doirasi va 
murakkabligini, ichki a‘zolar faoliyatiga uyg‘unlashishi darajasini hisobga olsak, bu 
piramidaning cho‘qqisi orqa miyada, asosi bosh miya po‘stlog‘ida bo`ladi. 
Orqa miya mono- va polisinaptik reflekaslarni yuzaga chiqarsa, miya stvoli asosan 
tana vaziyatini ta‘minlaydi. Po‘stloq osti markazlari tug‘ma va hayotda orttirilgan 
maqsadli harakatlarni boshqarsa, bosh miya po‘stlog‘i faoliyat g‘oyasini aniqlab, 
harakatlar rejasini tuzib, faoliyatning boshlanishini ta‘minlaydi. 
Yuqorida miya po‘stlog‘ining ikkita motor sohasi borligi aytilgan edi. Ularning 
tuzilishida ikkita qonuniyat bor. Bular: 1) sohaning tashkil topishidagi somatotopiklik – 
tana qismlarining motor sohaga tartibli proyeksiyalanishi; 2) tana qismlari vakil topgan 
motor sohalarning ko‘pligi. 
Markaz oldi egatdagi Brodmanning 4- va 6-paykallari yarim sharlar po‘stlog‘ining 
eng muhim motor sohasi hisoblanadi. Bu sohada tananing behisob nafis harakatlarini 
bajaradigan qismlari – qoi panjalari, lablar, til vakilliklari ko‘p joyni egallagan. Qo‘pol 
harakatlarni bajaruvchi katta qismlari – gavda, oyoqlar proyeksiyasi nisbatan oz joyni 
olgan. 
Miya po‘stlog‘ida aytib o‘tilgan birlamchi motor sohadan (M I) tashqari ikkilarnchi 
motor soha (M II) ham bor. U yarim sharlar oralig‘ida joylashgan birlamchi motor 
sohaga yondosh. Bu sohalarga afferennt sezuvchi tolalar ham kiradi. Shuning uchun 
ularni birlamchi va ikkilarnchi motosensor sohalar (MsI va MsII) deyishhadi. Xuddi 
shunga o‘xshab, po‘stloqdagi birlamchi va ikkilarnchi sensor sohalardan afferent 
harakatlantiruvchi tolalar boshlanadi, ularni birlamchi va ikkilarnchi sensomotor sohalar 
(SmI va SmII) deyish mumkin. Demak, po‘stloqda to‘rtta motor soha bor, deyish 
mumkin (MsI, MsII, SmI va SmII). Sezuvchi sohalar soni ham to‘rtta – SmI, SmII, MsI 
va MsII. Biroq, po‘stloqning motor sohasi deganda odatda motosensor soha tushuniladi. 
Motor soha neyronlarining ustunlarga birlashishi to‘g‘risida yuqorida aytgan edik. Bu 
ustunlar biir-biriga bog‘liq muskullarni nazorat qiladi. Ammo bu muskullar harakat 
qilganda ularni boshqarib turuvchi ustunlarda ro‘y beradigan o‘zgarish bir xil bo`lmaydi: 
ustunlarning ba‘zilari qo‘zg‘aladi, ikkinchilari tormozlanadi, uchinchilarida hech qanday 
o‘zgarish kuzatilmaydi. Hozir taxmin qilishlaricha, motor sohadagi ustunlarning asosiy 
vazifasi u yoki bu muskulni harakatga solishda emas, balki bo‘g‘imning ma‘lum holatini 
ta‘minlashda. Bo‘g‘imdagi boshlang‘ich vaziyatga ko‘ra, ustun yo bukuvchi, yo 


84 
yozuvchi muskullarni qisqartirib, bo‘g‘imda tegishli burchakni hosil qilishi kerak. 
Demak, po‘stloqning motor ustuni - bo‘gimning hamma muskullairga ta‘sir 
o‘tkazadigan neyronlar birligidir. Po‘stloq harakatlarni boshqrishda ayrim muskullarni 
qisqartirib emas, balki bo‘g‘imda ma‘lum holatno ta‘minlovchi buyruqlarni shakllab, 
ishtirok etadi. 
Motor sohalar – MsI va CmI harakatlarni boshqaruvchi ta‘sirlarni uchta yoi orqali 
quyi markazlarga o‘tkazadi: 1) bevosita motoneyronlarga; 2) boshqa motor markazlar, 
masalan miyacha orqali; 3) talamus va boshqa sohalardagi sezuv markazlaridan 
axborotning o‘tishi va qayta ishlanishini o‘zgartirib. Bu yo`llardan birinchisi asosiy va 
eng muhimi. Motor sohaning orqa miya motoneyronlariga bevosita ta‘sirini kortikospinal 
yoi ta‘minlaydi. Unda 1 mln ga yaqin efferent tolalar bo`lib, ularning 75-90% uzunchoq 
miyada qarama-qarshi tomonga o‘tadi. Tolalarning oz qismi kesim hosil qilmaydi va 
bo‘yin hamda ko‘krak segmentlarida kesishib, tugaydi. Kortikospinal yoi orqali orqa 
miyaga tushgan impulslar asosan bukuvchi muskullarni qo‘zg‘atib, yozuvchi 
motoneyronlarni tormozlaydi. 
Yarim sharlar po‘stlog‘ining harakatlarni boshqarishdagi eng muhim va murakkab 
muammo quyidagicha. Odam ongida harakat to‘g‘risida fikr paydo bo`ldi, deylik. 
Xo‘sh, fikr qaysi yoi bilan, qaysi mexanizmlar yordamida harakatga aylanadi? Bu 
hozirgacha aniqlanmagan. Tekshirishlar shuni ko‘rsatadiki, odam ma‘lum vaqtdan keyin 
harakat qilishi kerakligidan habardor bo`lsa, harakat boshlanishidan 800 ms oldin miya 
po‘stlog‘ida sekin o‘sib boruvchi manfiy potensial paydo bo`ladi. Bu tayyorlik potensiali 
deyiladi. Tayyorlik potinsiali ihtiyoriy harakatdan oldin uning rejasi tuzilishni aks ettirsa 
kerak. Bu jarayonga miyaning ko‘p qismlari jalb etiladi. Shuning uchun u ma‘lum vaqt 
talab qiladi. 

Download 4.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling